2/3 mavzu 8- seminar topshiriqlari Reja
Download 25.32 Kb.
|
8-seminar
2/3 mavzu 8- seminar topshiriqlari Reja: Buxoro xonligida ashtarxoniylar sulolasiga oid manba va adabiyotlar Ashatarxoniylar sulolasining hokimyat tepasiga kelishi Xonlikning ma’muriy hududiy tuzilishdagi o’zgarishlar. Balx shahrining markaz sifatidagi ahamiyati. Ashtarxoniylar davrida markaziy va mahalliy boshqaruv. Mansab va unvonlar. Harbiy soha va sud tizimi. Mazkur davr haqida so’z borar ekan biz avvalo o’shqa davr manbalariga diqqatimizni qaratishimiz kerak bo’ladi. Biz uchun muhim jihati shundan iboratki, Temuriylar va undan keying Shayboniylar davrida ham shakllanib kelayotgan tarixnavislik ilmi Antarxoniylar davrida ham davom etdi. Bu esa mazkur sulola tarixiga iod manbalar bazasining asosi sanaladi. Mahmud ibn Valining “Baxr ul- asror” asari. Bu asrda XVI asr oxiri XVII asr boshiga oid Xuroson va Movarounnahr tarixiga oid ma’lumotlar o’z aksini topgan edi. Muhammad Yusuf Munshiyning o’sha davrdagi Balx xokimi Muqimxonga bag’ishlab yozilgan “Tarixi Muqimxoniy” asari; Xoja Samandar Termiziyning “Dastur al-mulk” asari ham badiiy asar bo’lishi bilan birga unda o’sha davr tarixiy ma’lumotlari ham o’z aksini topgan edi; Mir Muhammad Amin Buxoriyning “Ubaydullanoma” asari; Muhammad Vafo Karmanagiyning “Tuxfat ul xoniy” asari ham boy tarixiy ma’lumotlarga ega asardir. Keyinchalik uning ikkinchi qismi Saido Nasafiy tomonidan to’ldirilgan. Abdurahmon Tol’e ning “Tarixi Abulfayzxon” asari ham o’sha davr haqida birlamchi ma’lumotlarni beruvchi boy manbalar hisoblanadi. Masanlan, Abulfayzxon Tarixi asarida xon hokimyati va uning ulug’lanishi, xonlikdadi siyosiy jarayonlar va uning inqirozi azaldan shakllaninb kegan turli rivoyatlar va afsonalar ham o’z aksini topgan edi. 1598- yilda Abdullaxon II ning vafot etishi munosabati bilan hokimyatga birin ketin Abdulmo’min undan keyin Balx hokimi Pirmuhammad lar kelishdi. Bu esa asta sekinlik bian davlatning siyosiy parokandalik sari olib bormoqda edi. Bundan tashqari Eronlik hukmdorlarning Sabzavor va uning atrofidagi harbiy harakatlari davlatning tashqi siyosatini ham murakkab holatga olib kelib qo’ymoqda edi. Shunday vaziyatda Ashtarxoniylar siyosiy maydonga kelib chiqishdi. Ashatarxoniylar sulolasi- XV asrning 80-yillaridan boshlab Astraxanda hokimlik qilishgan va Ivan IV davridan bu hudud egallangach, ular Yormuhammad boshchiligida Buxoroga kirib kelishgan. u og’lini Iskandarxonning qizi Zuhrobegimga uylantiradi. Ulardan: Din Muhammad,Boqi Muhammad va Vali muhammadlar dunyoga kelishdi. Tez orada ular voyaga yetgach Din Muhammad Obivard va Boqi Muhammad esa Samarqandga hokim etib tayinlanadi. O’zro urushlar natijasida buxorolik zodagonlar Jonibekdan davlatni idora qilishini so’rashadi ammo u o’z o’g’liga qoldiradi. Din Muhammad Buxoroga yetishda Qizilboshlilar tomonidan o'ldiriladi. endi asossiy taxt nomzodi bu Boqi Muhammad edi. Pirmuhammad va Boqi Muhammad o’rtasida Bog’I Shamol atrofida jang bo’ladi va Pirmuhammad yengiladi. Shu tariqa Ashtarxoniylar hukmronligi boshlanadi. Shayboniylar davridagi ma’muriy boshqaruv bilan Ashtarxoniylar davridagi boshqaruv o’rtasida unchalik katta farq bo’lmasada, ammo bu davrda davlat hududi qisqardi. Manbalarda , XVIII asr boshida Ashtarxoniylar qo’l ostidagi 6 taviloyat tilga olinadi. Buxoro, Samarqand, Sagaraj, O’ratepa, Shaxrisabz, va Xuzor viloyatlari. Imomqulixon davrida Xisor, Turkiston, Farg’ona va Balx viloyatlari qaytarib olinadi. Bu esa davlat hududining kengayishi edi. Ammo tez orada Abulfayz hukmronligi vaqtida Xiva va Qo’qonning mustaqilligi davlatning ma’muriy hududiy jihatdan ham qisqarishlarga olib keldi. Bu davrda ham viloyatlar o’z navbatida tumanlarga bo’lib idora etilgan edi. Har bitta sulola davrida bo’lgani singari muayyan shaharlar valiahd shahri hisoblangan. Ya’ni shu shaharda hokimlik qilayotgan shg’zoda keyinchalik bevosita davlatni boshqargan va otasi o’rniga o’tirgan. Bu shahar vazifasini Ashtarxoniylar davrida Balx shahri bajargan. Va shunig uchun ham Balx shahri nufuz jihatdan boshqa shaharlardan ustun turgan.
Bu davrda ham Dvalatning oliy hukmdori xon sanaladi. U davlatning oliy hukmdori edi. Davlat boshqaruvi ikki yirik bo’limga –Markaziy va Mahlliy boshqaruvga bo’lib idora etiladi. Markaziy boshqaruv Saroy amaldorlari, mahalliy boshqaruv esa Viloyat hokimlari qo’l ostida jamlangan edi. Bu yerda ham naqib, otaliq, devonbegi, qo’shbegi, va boshqa mansablar mavjud edi. Ammo tarixchi Azamat Ziyoning takidlashicha, shayboniylar davrida ham mavjud bo’lgan Otaliq mansabi mavqe jihatdan ko’tarilib ketadi. Bu jarayon Abdulazizxon davrida yaqqol ko’rindi. U taxtda kelganidan keyin nufuzi baland bo’lgan Yalangto’shbiyga otaliq mansabini beradi. Bu narsani Ubaydullanoma asaridan ham bib olishimiz mumkin, unda otaliq mansabiga Umdat ul umaro ya’ni butun amirlar tabaqasining tayanchi deb baho berilgan edi. Buni Abulfayzxon davrida Otaliq mansabida bo’lgan Hakimxonning mamlakatdagi nufuzi baland bo’lganidan ham bilib olishimiz mumkin. Bu davrda qu O’shbegi mansabi ham o’sgan. Bunga sabab qilib u mansabdagi shaxs mavei yuqori bo’lganligi bilan izohlanadi. Masalan Ubaydullanoma asarida takidlanishcha, To’raquli Qo’shbegi mansabga tayinlash va unvon berish jarayonida xon yorlig’isiz shxsan o’zi amalga oshirgan va o’z davrida barcha amirlarning ulug’I deb e’tirof etilgan. 5.Ilgarigi davrda bo’lgani kabi bu davrda ham hokimyatda nafaqat saroy amaldorlari yoki xon balki yana 2 ta soha vakillari ham bor ediki ularning ham davlat ishlarida bevosita ta'siri yaqqol nomoyon bo'lmoqda edi. bular : 1) harbiylar 2) din vakillari Bulardan biri yani harbiylar davlat xavfsizligi, chegaralar daxlsizligi shuningdek, xon siyosatining ijrosi ham aynan harbiylar qo’lida edi. Ikkinchisi din vakillari asosan 2 ta soha da yetakchi edilar birinchisi bu albatta adliya o’sha davrdagi shariat orqali sudlov jarayonigamasul edilar. Ikkinchisi ular senzura organlari va madralar sohasiga ham bevosita tasir qilishagn edi. Har bir viloyatning O’z qozisi bo’lib, ular diniy, oilaviy, vorislik masalalarini bajarishgan. Mamalakatda Qozi askar lavozimi ham bo’lib ular harbiy sudlarning vazifasida edilar. Shuningdek sud sohasida yana Muftiy lavozimi ham bo’lib ular mamlakatda bosh huquq sohasi vakili sifatida qaralgan edi. Download 25.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling