23-mavzu. Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning iqtisodiy roli
Download 100.36 Kb.
|
cc
23-mavzu. BOZOR IQTISODIYOTINI TARTIBGA SOLISHDA DAVLATNING IQTISODIY ROLI 1. Quyidagilardan qaysi biri davlatning iqtisodiyotga to‘g‘ri- dan-to‘g‘ri aralashuvini ifodalamaydi? a) amortizatsiya siyosatini yuritish; b) huquqiy normativlar ishlab chiqish; c) ma’muriy tartibga solish; d) iqtisodiyot sektorida faoliyat yuritish; e) qonunlar qabul qilish. 2. Mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, bu … a) iqtisodiyotning erkin bo‘lishi uchun sharoit yaratish; b) milliy pulning qadri tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik; c) ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlab, iqtisodiyotni falaj holatiga yo‘l qo‘ymaslik; d) aholini hayot kechirish farovonligini oshirish; e) iqtisodiy samaradorlikka erishish. 3. «Monetar qoida»ga muvofiq: a) davlat yalpi talab bilan yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashi kerak; b) davlat real YAMMning potensial o‘sish sur’atiga mos ravishda pul taklifining o‘sish sur’atini ta’minlash va u amal qilayotgan qonunchilikda o‘z ifodasini topishi kerak; c) davlat byudjetining xarajat va daromadlarini muvofiqlashtirishni ta’minlash kerak; d) davlat naqd pullar va boshqa moliyaviy aktivlar o‘rtasidagi doimiy nisbatlarni ushlab turishi kerak; e) davlat inflyatsiyani eng past darajada ushlab turishga mas’ul. 4. Sof ijtimoiy tovarlar ... a) faqat davlat tomonidan ishlab chiqariladi; b) ulardan bir iste’molchi foydalanishi bilan boshqalar uchun kamayib qolmaydi; c) iste’mol qilishni faqat bu tovarlarga pul to‘laganlar bilan cheklab bo‘lmaydi; d) b) va c) javob to‘g‘ri; e) a) va b) javob to‘g‘ri. 5. Davlat qarzi nima? a) davlatning xorijiy davlatlardan qarzi; b) davlatning sof eksportdagi ulushining qisqarishi; 236 c) davlat byudjetidagi taqchillikning o‘sishi; d) davlatning o‘z fuqarolari, banklar, korxonalar, shuningdek xorijiy mamlakatlardan qarzi; e) yuqoridagilarning barchasi. 6. Davlat tomonidan tartibga solishning bevosita usullari, bu... a) tovar va xizmatlarning davlat tomonidan xarid qilinishi; b) davlat transfert to‘lovlari; c) ochiq bozordagi operatsiyalar; d) foydaga solinadigan soliqlar; e) yuqoridagilarning barchasi. 7. Davlatning soliqlarni tartibga solish siyosati quyidagilardan qaysi birida ifodalanadi? a) monetar siyosatda; b) pul taklifi o‘zgartirishga qaratilgan siyosatda; c) tashqi iqtisodiy siyosatda; d) fiksal siyosatda; e) ijtimoiy siyosatda. 8. Davlatning xarajatlar va soliqlar bilan bog‘liq bo‘lgan siyosati, bu… a) ijtimoiy-iqtisodiy siyosat; b) monetar siyosat; c) fiskal siyosat; d) ijtimoiy siyosat; e) yuqoridagilarning barchasi. 9. Davlat daromadlarini qayta taqsimlashni qanday amalga oshiradi? a) pul-kredit siyosati orqali; b) transfert to‘lovlari orqali; c) daromadlar siyosati orqali; d) monopoliyalarga qarshi olib boradigan siyosat orqali; e) soliqlar va transfert to‘lovlari orqali. 10. Fiskal siyosatning asosiy dastagi qaysi? a) foiz stavkasi; b) soliqlar; c) hisob stavkasi; d) ayirboshlash kurslari; e) yuqoridagilarning barchasi. 11. Monetar siyosatning asosiy dastagi qaysi? a) davlat byudjeti; 237 b) pul taklifi; c) foiz stavkasi; d) narx tizimi; e) yuqoridagilarning barchasi. 12. Bozor iqtisodiyoti sharoitida quyidagi muammolarning qaysi biri bilan davlat shug‘ullanishi kerak? a) o‘z vazifalarini bajarish uchun sarflanadigan markazlashtirilgan pul fondlarining shakllanishi va uni to‘g‘ri taqsimlash bilan; b) ishlab chiqarish korxonalari olgan pul daromadlaridan samarali foydalanish usullarini belgilab berish bilan; c) tovar ishlab chiqarishning hajmi va uning turlarini rejalashtirish bilan; d) jamiyatga zarur bo‘lgan tovarlar va xizmatlar doirasini aniqlash bilan; e) mehnat muhofazasi bilan. 13. Davlat monopoliyalarga qarshi faoliyatni qaysi maqsadda amalga oshiradi? a) monopoliyalarni bartaraf etish maqsadida; b) raqobatni yo‘qotish maqsadida; c) tadbirkorlik va erkin raqobatni himoya qilish maqsadida; d) bozor mexanizmlari harakatini cheklash maqsadida; e) iste’molni cheklash maqsadida. 14. Quyidagilardan qaysi biri davlatning iqtisodiyotni bilvosita tartibga solish usuliga kiradi? a) tartibga solishning ma’muriy vositalaridan foydalanish; b) narxlar va ish haqini “qotirib” qo‘yish; c) mehnat birjasi faoliyatini tashkil qilish; d) davlatning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalari; e) monopoliyaga qarshi qonunchilik. 15. Bozor iqtisodiyotini tartibga solishni nimalar zarur qilib qo‘yadi? a) makroiqtisodiy muvozanatlikni ta’minlab borish zarurligi; b) milliy iqtisodiyotning samarali faoliyat yuritishga erishishi talabi; c) iqtisodiy o‘sishga erishib borish zarurligi; d) makroiqtisodiy muvozanatlikni ta’minlash orqali barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish va aholi farovonligini oshirib borish talabi; e) iqtisodiyotni samarali boshqarish va ichki tartibni saqlash zarurligi. 238 16. Bozor iqtisodiyotini tartibga solishning qaysi usuli raqobat, narx, talab va taklif nisbatiga asoslanadi? a) davlat mexanizmi; b) bozor mexanizmi; c) davlat va bozor mexanizmi; d) an’anaviy usullar; e) ma’muriy usullar. 17. Davlatning iqtisodiyotdagi rolini cheklash va uni tartibga solishda bozor mexanizmiga ustuvorlik berish masalasi ilk bor kim tomondan ilmiy jihatdan asoslab berilgan (“Xalqlar boyligining tabiati va sabablari xususida tadqiqotlar” asarida)? a) DJ.Keyns; b) A Smit; c) M .Fridman; d) R.Solou; d) A. Marshall. 18. A.Smitning iqtisodiyotni tartibga solishning bozor mexaniz- mi xususidagi uchta asosiy qoidasi, bu… a) davlat aralashmasligi, iqtisodiy usullar, samarali talabni rag‘bat- lantirish; b) davlat aralashmasligi, “ko‘rinmas qul”, bozor o‘z-o‘zini boshqa- rishi; c) ma’muriy usullar, normativlar, davlat dasturlari; d) bozor mexanizmi, ma’muriy usullar, prognozlar; e) iqtisodiy dastaklar, talab va taklif, raqobat. 19. Davlatni iqtisodiyotdagi rolini oshirish zarurligi to‘g‘risida- gi qarash kimga tegishli (“Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” kitobida bayon qilingan)? a) A .Smit; b) Dj.M.Keyns; c) M.Fridman; d) A.Marshall; e) D.Rikardo. 20. Qaysi oqim davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi g‘oyasini himoya qilishni davom ettiradi? a) neokonservatizm; b) neoklassik; c) monetarizm; d) ratsional kutish; 239 e) taklifni moslashtirish nazariyasi. 21. Qaysi oqim davlat xususiy firmalar va xo‘jalik faoliyatiga aralashmasligi zarur degan qarashni qo‘llab chiqadi? a) neokonservatizm; b) neoklassik; c) monetarizm; d) ratsional kutish; e) taklifni moslashtarish nazariyasi. 22. Qaysi oqim davlatning iqtisodiyotga eng kam darajada aralashuvi pul muomalasi doirasida bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi? a) neokonservatizm; b) neoklassik; c) monetarizm; d) ratsional kutish; e) taklifni moslashtarish nazariyasi. 23. Qaysi nazariyada davlatning iqtisodiyotni tartibga solish siyosatida ustuvorlik tovarlar taklifini yalpi talabga moslashtirishga berilishi lozimligi qayd qilinadi? a) neokonservatizm; b) neoklassik; c) monetarizm; d) ratsional kutish; e) taklifni moslashtarish nazariyasi. 24. Davlat bozor konyukturasida kutilayotgan inqirozli holat- larni oldindan taxminlash va uning oqibatlarini yumshatishi bo‘yi- cha chora-tadbirlar belgilashga qaratish zarurligini qayd qilgan oqim, bu… a) neokonservatizm; b) neoklassik; c) monetarizm; d) ratsional kutish; e) taklifni moslashtarish nazariyasi. 25. Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiyotga davlatning arala- shishini taqozo qiluvchi omillar toifasiga kirmaydi? a) milliy xo‘jalikda bozor vositasida bajarish mumkin bo‘lmagan vazifalarni hal qilish; b) ijobiy samaradan foydalanishni tartiblash va salbiy oqibatlarni bartaraf qilish; c) foydali iste’molini kengaytirish va sog‘lik uchun zararli tovarlar 240 iste’molini cheklash; d) bozorning salbiy oqibatlarini yumshatish; e) raqobatni rivojlantirish, narxlarni erkinlashtirish. 26. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish (IDTTS) qanday xarakterdagi tadbirlar tizimidan iborat? a) qonunchilik, ijro etish va nazorat qilish; b) boshqarish, buyruq berish va rejalashtirish; c) istiqbolni belgilash, ishlab chiqarish, prognozlash; d) tartibni saqlash, mudofaa, ijtimoiy himoya; e) talabni rag‘batlantirish, investitsiya kiritish va ishlab chiqarishni tashkil qilish. 27. IDTTSning qaysi vazifasi uning maqsadini to‘laroq ifoda- laydi? a) huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta’minlash; b) raqobatni himoya qilish; c) daromad va boyliklarni qayta taqsimlash; d) resurslarni qayta taqsimlash; e) iqtisodiyotni barqarorlashtirish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlan- tirish. 28. Davlatning ijtimoiy muhitni ta’minlash borasidagi qaysi vazifasi iste’molchilar huquqini himoya qilishga ham qaratiladi? a) milliy pulni muomalaga kiritish; b) ichki tartibni saqlash; c) mahsulot sifati va og‘irligiga andozalar belgilash; d) bozor infratuzilmasini vujudga keltirish; e) muassasaviy o‘zgarishlarni amalga oshirish. 29. Davlatning bozor iqtisodiyoti huquqiy asosini yaratishga qaratilgan qaysi vazifasi uning barcha subyektlari manfaatini qamrab oladi? a) mulkchilikka oid qonunlar qabul qilish; b) korxonalar maqomini belgilash; c) xususiy mulkchilik huquqini aniqlash; d) shartnomalar amal qilishini kafolatlash; e) ishlab chiqaruvchi, resurs egalari va iste’molchilar o‘rtasidagi munosabalarni tartibga soluvchi qonuniy bitimlarni ishlab chiqishi. 30. Quyidagilardan qaysi biri davlatning raqobatni himoya qilishi vazifalari tarkibiga kirmaydi? a) monopol faoliyatni cheklash; b) monopol faoliyat ustidan nazorat qilishi; 241 c) raqobatni rivojlantirish; d) iste’molchilar huquqini va tadbirkorlar manfaatini himoya qilish; e) bozor infratuzilmasini vujudga keltirish. 31. Davlatning daromadlarni qayta taqsimlashga qaratilgan qaysi vazifasi bozorni tartibga solishga qaratiladi? a) transfert to‘lovlarni amalga oshirish; b) ijtimoiy ta’minot dasturlarini qo‘llash; c) talab va taklif ta’sirida shakllanadigan narxlarni o‘zgartirish; d) imtiyozli narxlarni belgilash; e) ish haqining minimal darajasini belgilash va o‘zgartirish. 32. Quyidagilardan qaysi biri davlatning resurslarni taqsim- lash va qayta taqsimlash vazifasiga kirmaydi? a) iste’mol uchun zarur ayrim tovarlar foydasiga resurslarni qayta taqsimlash; b) ishlab chiqarishni subsidiyalash orqali ayrim tovarlar takliflarini kengaytirishga resurslar oqimini ta’minlash; c) ayrim iste’mol tovarlarini davlat sektorlarida ishlab chiqarishni kengaytirish; d) byudjet mablag‘lari hisobiga resurslarni xususiy sohadan bo‘shatib, ijtimoiy ne’matlar ishlab chiqarishga yo‘naltirish; e) tovarlar bozorida raqobatni rivojlantirish. 33. Bozor tizimining resurslarini qayta taqsimlashga layoqat- sizligini ko‘rsatuvchi holatni toping: a) resurslarni talab yuqori bo‘lgan tovarlar ishlab chiqarish foydasiga taqsimlaydi; b) resurslarni foyda yuqori bo‘lgan tarmoqlarga qayta taqsimlaydi; c) ishlab chiqarilishi o‘zini oqlamagan tovarlarga resurslarni ajrata olmaydi; d) resurslarni talab yuqori bo‘lgan xizmat ko‘rsatish sohalari foydasiga taqsimlaydi; e) resurslarni foyda kam bo‘lgan yoki zarar ko‘ruvchi tarmoqlardan foyda normasi yuqori bo‘lgan sohalarga qayta taqsimlaydi. 34. Quyidagilardan qaysi biri davlatning iqtisodiy o‘sishini rag‘batlantirish vazifasiga kirmaydi? a) to‘liq bandlikni ta’minlash; b) soliq stavkasini pasaytirish; c) dotatsiya va subsidiyalar berishni kengaytirish; d) korxonalar huquqiy maqomini belgilash; e) tranfert to‘lovlarini ko‘paytirish. 242 35. Davlatning iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatishiga qaratilgan be- vosita usullaridan qaysi biri YAIMda o‘zining ulushini ko‘pay- tirishga qaratiladi? a) iqtisodiyotning ayrim bo‘g‘inlarini bevosita boshqarish; b) davlat tadbirkorligini kengaytirish; c) narxlar va ish haqini ”qotirib” qo‘yish; d) mehnat birjalari faoliyatini tashkil qilish; e) iqtisodiy sohani tartibga solishga qaratilgan qonunlar qabul qilish. 36. Quyidagilardan qaysi biri davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi bilvosita usullariga kirmaydi? a) narxlarni “muzlatib” qo‘yish; b) hisob stavkalarini o‘rnatish va o‘zgartirish; c) tijorat banklari majburiy ehtiyojlari minimal darajasini belgilash; d) davlatning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalari; e) byudjet daromadlari va xarajatlari nisbatini o‘zgartirish. 37. Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishga qaratilgan bilvo- sita usullaridan qaysi biri yalpi talabni kengaytiradi? a) soliq turlari, stavkalari va imtiyozlarini belgilash; b) davlat kreditlari, subsidiya va moliyaviy kafolatlarini amalga oshirish; c) byudjet mablag‘lari hisobiga investitsiyalar qo‘yish; d) jadallashgan amortizatsiyani rag‘batlantirish; e) davlat maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. 38. Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishga qaratilgan tashqi iqti- sodiy usullaridan qaysi biri tashqi savdoni me’yorlashtirishga qaratiladi? a) tovarlar, kapital va innovatsiya yutuqlari eksportini rag‘batlantirish; b) eksportni davlat mablag‘lari hisobiga kreditlash; c) chet el investitsiyalari va kreditlarini kafolatlash; d) tashqi savdoga tarifli va tarifsiz cheklashlar kiritish; e) davlatning xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlarda qatnashishi. 39. Davlatning iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatishining ma’muriy vositasi (dastagi)ni toping: a) bankning majburiy ehtiyoti; b) soliqlar; c) pensiya va ishsizlik nafaqasi; d) qonunlar va huquqiy bitimlar; e) import kvotalari. 40. Davlatning iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatishining kreditli das- tagini toping: a) qarorlar, farmoyishlar va boshqa me’yoriy bitimlar; 243 b) hisob stavkasi; c) subsidiya va dotatsiyalar; d) ish haqining minimal darajasi; e) boj to‘lovlari. 41. Davlatning iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatishining moliyaviy vositasi, bu… a) qonunlar, qarorlar va boshqa me’yoriy hujjatlar; b) valyuta kurslari; c) davlat investitsiyalari; d) litsenziyalar; e) mahsulot sifatiga standartlar. 42. Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi ijtimoiy dastagi, bu… a) hisob stavkasi; b) soliqlar; c) dotatsiyalar; d) pensiyalar; e) boj to‘lovlar. 43. Davlatning iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatishining tashqi iqtiso- diy dastagi, bu… a) bankning majburiy ehtiyotlar normasi; b) subsidiyalar; c) soliqlar; d) import kvotalari; e) dotatsiyalar. 44. Monetaristik qarashni toping: a) jamg‘arma daromadga bog‘liq; b) investitsiya kutilayotgan foyda va foiz stavkasiga bog‘liq; c) pul taklifini o‘zgartirish bevosita narx va ishlab chiqarish natija- siga ta’sir ko‘rsatadi; d) odamlar ratsional qarorlar qabul qiladi; e) talab o‘z taklifini vujudga keltiradi. Download 100.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling