23-mavzu. Hujjatlarning zaruriy qismlari, rasmiylashtirish tartibi. Ishonchnoma
Download 73.36 Kb. Pdf ko'rish
|
23-mavzu. Hujjatlarning zaruriy qismlari, rasmiylashtirish tarti
23-mavzu. Hujjatlarning zaruriy qismlari, rasmiylashtirish tartibi. Ishonchnoma. Muayyan muassasa yoki ayrim shaxs o'z nomidan ish ko'rish uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolatli hujjat. Ishonchnomalar o'z mazmuniga ko'ra, mol-mulkni boshqarish, pul va moddiy-buyum boyliklarini olish, sud hamda notarial idoralarda, shuningdek, boshqa davlat va nodavlat idoralarda ish olib borish va boshqa ishlarni amalga oshirishni ifodalaydi. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 134-moddasida ishonchnomaga quyidagicha ta’rif berilgan: «Bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxs (ishonchli vakil)ga uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi. Ishonchli vakil o'ziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar doirasida ish olib boradi». Muayyan harakatni bajarishga vakolat berish kim tomondan (muassasa tomonidanmi yoki ayrim shaxs tomonidanmi) rasmiylashtirilishiga qarab ishonchnomalar rasmiy (xizmat) va shaxsiy turlarga bo'linadi. Rasmiy (xizmat sohasidagi) ishonchnomalar davlat muassasalari kasaba uyushmasi, jamoa xo'jaligi, jamoat tashkilotlari muayyan lavozimli shaxsga uning muayyan tashkilot nomidan ish yuritishga vakil qilinganini bildirish uchun beriladi. Bunday ishonchnomalar muassasa rahbari tomonidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlanishi kerak. Ayrim hollarda ishonchnoma qonun talabiga ko'ra notarial tasdiqdan o'tishi zarur bo'ladi. Mazmun hamda vakolatning ko‘lamiga ko'ra ishonchnomalar bir martalik, maxsus va umumiy turlarga bo'linadi. Download 73.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling