23-мавзу. Информатиканинг асосий тушунчалари ва асосий мавзуларини ўрганиш


Informatika o’qitishning xususiy metodikasida


Download 23.59 Kb.
bet2/6
Sana08.03.2023
Hajmi23.59 Kb.
#1251468
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
23-мавзу. Информатиканинг асосий тушунчалари ва асосий мавзуларини ўрганиш.

Informatika o’qitishning xususiy metodikasida informatika fanining alohida mavzusiga bir butun deb qarash, berilgan mavzuning mazmunini aniqlash, har bir aniq mavzuga taalluqli tushunchalarni kiritish metodikasi, berilgan mavzu bo’yicha o’quvchilar bilimini tekshirish va nazorat qilish tizimi ishlab chiqiladi, mavzuning amaliy yo’nalishi va fanlararo aloqasi aniqlanadi.
Informatika o’qitishning xususiy metodikasida quyidagi masalalar qarab chiqiladi: axborot tushunchasi, model va modellashtirish asoslari, algoritm va dasturlash asoslari, taqribiy hisoblash usullari, chiziqli dasturlash elementlari, operatsion tizim, matn muharriri, elektron jadvallar, kompyuter grafikasi, ma’lumotlar bazasi kabi mavzularni o’qitish metodikasi masalalari.

Informatika fanining eng asosiy tushunchalaridan biri axborot tushunchasidir. Axborot tushunchasi informatika fanida juda ko’p qo’llaniladigan tushuncha bo’lib, informatika fani ayni shu axborot ustida bo’ladigan turli xil jarayonlarni tashkil qilish va boshqarishning qonun - qoidalarini o’rganib boradi.


Axborot deganda atrof – muhit ob’ektlari va hodisalari, ularning o’lchamlari, xususiyatlari va holatlari to’g’risidagi ma’lumotlar tushuniladi.
Axborot so’zi lotincha «informatsiya» so’ziga mos kelib, tushuntirish, tavsiflash degan ma’nolarni bildiradi.
Axborot bu - biz barcha sezgi a’zolarimiz orqali qabul qila oladigan ma’lumotlar to’plamidir. Axborot atrofimizdagi har xil voqea-hodisalar haqidagi ma’lumotlar yig’indisidir. Shuning uchun axborotni kitoblarda, jurnallarda, yozuvimizda, o’zaro muloqotimizda, radio va televidenielar kabilarda uchratish mumkin.
Zamonaviy axborot texnologiyalaridan biri bo’lgan kompyuterda axborotlarni saqlash, qayta ishlash va bir joydan ikkinchi joyga uzatish ishlari bajariladi. Bunda axborotlar miqdorini bilish uchun uning o’lchov birliklaridan foydalaniladi.
Informatika va axborot texnologiyalari fanida bundan tashqari, algoritm, dastur, kompyuter, texnologiya, axborotlashgan jamiyat va boshqa tushunchalar ham mavjud.

Download 23.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling