23-мавзу. Информатиканинг асосий тушунчалари ва асосий мавзуларини ўрганиш


Download 23.59 Kb.
bet1/6
Sana08.03.2023
Hajmi23.59 Kb.
#1251468
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
23-мавзу. Информатиканинг асосий тушунчалари ва асосий мавзуларини ўрганиш.


23-мавзу. Информатиканинг асосий тушунчалари ва асосий мавзуларини ўрганиш.
Informatika o’qitish metodikasi pedagogika fanlari qatoriga kiradi. Pedagogika fani quyidagi tarmoqlarga bo’linadi: 1. Pedagogika tarixi va nazariyasi. 2. Umumiy ta’lim pedagogikasi. 3. Maxsus pedagogika. 4. Metodika.
Informatika o’qitish metodikasi fani oliy o’quv yurti talabalari uchun umumiy o’rta ta’lim maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida informatika fanidan ta’lim berish, fanning tuzilishi va mazmunini ilmiy va psixologik-pedagogik nuqtai nazardan chuqur o’rganishlarini ta’minlovchi kurs hisoblanadi.
Informatika o’qitish metodikasi ta’lim va tarbiya bilan bog’langan quyidagi 3 ta asosiy savolga javob berishga yo’naltirilgan:

  • Informatikani nima uchun o’qitish kerak?

  • Informatikadan nimani o’rganish kerak?

  • Informatikani qanday o’qitish kerak?

Informatika o’qitish metodikasi kursi 2 qismdan tashkil topadi: 1. O’qitishning umumiy metodikasi. 2. O’qitishning xususiy (maxsus) metodikasi.
Informatika o’qitishning umumiy metodikasida: informatika o’qitish metodikasi fanining predmeti, informatikaning fan va o’quv predmeti sifatidagi tavsiflari, informatika metodikasining tavsiflari, informatikani umumta’lim maktablarida o’qitish maqsadlari, O’zbekistonda informatika fanini o’qitish islohotining muammolari, umumiy o’rta ta’lim Davlat ta’lim standarti, informatika o’qitishning uzluksiz tizimi, informatika kursining o’quv-uslubiy va dasturiy ta’minoti, informatika ta’limining shakl va usullari, informatika ta’limini tashkil etish, hisoblash texnikasi xonasining jihozlanishi, dars va uni tashkil etish masalalari, o’qituvchining darsga tayyorlanish tizimi, o’quvchilar bilim va ko’nikmalarini nazorat qilishning turlari, tekshirishning funktsiyalari va tamoyillari, tekshirishning usul va shakllari, tekshirish vositalari, informatika kursi bo’yicha o’quv jarayonini rejalashtirish, informatika bo’yicha qo’shimcha mashg’ulotlar va uning o’qitishdagi ahamiyati.

Download 23.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling