23-mavzu. Mamlakatimizda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali import tovarlarini kamaytirish
yilning aprel oyidan bekor qilindi
Download 34.47 Kb.
|
23 mavzu Mamlakatimizda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish
2018 yilning aprel oyidan bekor qilindi.
Bundan tashqari, mahalliy iste’molchilarga tanlov imkoniyatini berish, halol raqobat, bozordagi adolatli narx va yuqori sifat ko‘rsatkichlariga erishish maqsadida aksariyat import mahsulotlari bo‘yicha bojxona tariflari isloh qilindi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, mamlakatda mahalliy xomashyolar asosida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda yirik sanoat korxonalari bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini yanada kengaytirishni ta’minlash maqsadida qo‘yidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi: 1) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari faoliyatida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini kengaytirishni jadallashtirish eng muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri etib belgilandi; 2) Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish jarayonlarini chuqurlashtirish bo‘yicha vakolatli organ sifatida belgilandi; 3) Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmalarida hokimning ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimi joriy etildi; 4) Tarmoq xo‘jalik birlashmalari va yirik ishlab chiqarish korxonalarida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalarida korxona rahbarining mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda axborot-texnologiyalari masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi joriy etildi; 5) 2020-2021 yillarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga qaratilgan manzilli dastur ishlab chiqilib, 2020 yilda 1396 ta loyiha doirasida 26,4 trln. so‘mlik (shundan hududlarda 674 ta, 4,1 trln. so‘mlik), 2021 yilda 1644 ta loyiha doirasida 37,6 trln. so‘mlik (shundan, hududlarda 787 ta loyiha, 6,1 trln. so‘mlik) mahalliylashtirilgan sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi va bunda o‘rtacha mahalliylashtirish darajasi 60-85 foizni tashkil etadi. (Ma’lumot uchun, mahalliylashtirish dasturiga asosan 2018 yilda 707 ta loyiha doirasida 14,9 trln. so‘mlik va 2019 yil yakuni bilan 873 ta loyiha doirasida 18,9 trln. so‘mlik mahalliylashtirilgan sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishi kutiladi) 3. Mamlakatimizda 2017-2019 yillarda keng ko‘lamda olib borilayotgan iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirish, yangi investitsion loyihalarni, aholi farovonligini va eksport salohiyatini oshirish bilan bog‘liq islohotlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan va mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan tovar resurslarini import hisobiga ta’minlanishi. Aholi daromadlarining o‘sishi natijasida mahsulotlarga bo‘lgan talabning oshishi va uni chetdan keltirilgan tovarlar hisobiga qondirilishi. Ma’lumot uchun: Oziq ovqat mahsulotlari importi 2017 yilda 1,27 mlrd. doll.ni tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilda 1,58 mlrd. doll.ni o‘sish sur’ati 24,2 foizni tashkil etgan. 2019 yilning 11 oyi davomida esa ushbu mahsulotlar importi 1,67 mlrd. doll.ni tashkil etib, o‘sish sur’ati esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,4 foizni tashkil etgan. Mamlakatimizda so‘mning horij valyutalariga erkin ayirboshlash sharoiti yaratilishi natijasida milliy valyutadagi ichki investitsiyalarning chetdan mahsulot sotib olish qobiliyati chet el valyutasi bilan tenglashganligi natijasida import tovarlariga talabning oshishi. Tijorat banklari kreditlarining (156,2 foiz) yuqori sur’atlar bilan o‘sishi va kredit mablag‘larining katta qismi iqtisodiyotning noreal ishlab chiqarish sohalariga yo‘naltirilishi (57%), o‘z navbatida ma’lum bir tovar va xizmatlari importini oshishiga sabab bo‘lmoqda. Chet el investitsiyalarining o‘sishi (2019 yilning birinchi yarmida 2 marta ko‘paygan). Tovar ishlab chiqarish hajmi o‘sish darajasi(7-8%)ning jalb etilgan investitsiyalar hajmi o‘sish sur’ati (1,5 marta)dan pastligi. Chet eldan pul o‘tkazmalarining ko‘payganligi (2018 - 5,2 va 2019 - 5,8 mlrd.doll.) Tovarlar eksportining (maxsus eksportdan tashqari) 22,7 foizga va aholi real daromadlarining o‘sish darajasi tovar ishlab chiqarish hajmiga nisbatan ko‘payishi natijasida iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabning oshishi. 4. ‘qimachilik sanoatida qo‘llaniladigan texnologik uskunalar va butlovchi qismlarga solinadigan import bojxona to‘lovlari stavkalarini kamaytirish o‘qimachilik sanoatida qo‘llaniladigan texnologik uskunalar va butlovchi qismlarga solinadigan import bojxona to‘lovlari stavkalarini kamaytirish. yig‘ilishda yuk mashinalari, quyultirilgan sut, alkilbenzol va soya oqsili izolatlari import bojlarini o‘zgartirish (pasaytirish) Shu bilan birga, butlovchi buyumlar, shu jumladan, yig‘uv ishlab chiqarishga mo‘ljallangan buyumlarga TIF TN kodlarini tasniflashni yanada takomillashtirish, mahsulot va ishlab chiqarish jarayonlarining texnik jihatdan tartibga solinishi va texnik reglamentlarini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar qabul qilishga e’tibor qaratilishi lozimligi qayd etilgan. Shu bilan birga, butlovchi buyumlar, shu jumladan, yig‘uv ishlab chiqarishga mo‘ljallangan buyumlarga TIF TN kodlarini tasniflashni yanada takomillashtirish, mahsulot va ishlab chiqarish jarayonlarining texnik jihatdan tartibga solinishi va texnik reglamentlarini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar qabul qilishga e’tibor qaratilishi lozimligi qayd etilgan. 0105-tovar pozitsiyasida ko‘rsatilgan 2022 yilning 31 dekabriga qadar O‘zbekiston hududiga olib kirishda import bojining nol stavkasi qo‘llanadigan tovarlar ro‘yxati: yangi so‘yilgan, sovitilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi go‘shti va qo‘shimcha ozuqabop mahsulotlar; bug‘doy uni yoki bug‘doy-javdar uni; 1006-tovar pozitsiyasida ko‘rsatilgan guruchdan tashqari boshqa usullarda qayta ishlangan (masalan, oqishoq yoki yanchilgan ko‘rinishda po‘sti tozalangan, bosilgan, yorma qilib qayta ishlov berilgan, (oqlangan) boshoqli donlar; butun, yorma ko‘rinishida bosilgan yoki yanchilgan boshoqli don murtagi; kimyoviy tarkibi o‘zgartirilmagan holda tozalangan yoki tozalanmagan kungaboqar, maxsar yoki paxta moyi va ularning fraksiyalari; sovun; tarkibiga sovun qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan, bruslar shaklidagi yoki qoliplangan buyumlar ko‘rinishidagi sovun sifatida ishlatiladigan yuzaga faol ta’sir ko‘rsatuvchi organik moddalar va vositalar; suyuqlik yoki krem ko‘rinishidagi va chakana sotish uchun qadoqlangan, tarkibiga sovun qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan, yuzaga faol ta’sir ko‘rsatuvchi organik moddalar va terini yuvish vositalari; yuzaga faol ta’sir ko‘rsatuvchi organik moddalar (sovundan tashqari); tarkibiga sovun qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan (3401-tovar pozitsiyasidan tashqari) yuzaga faol ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar, yuvish vositalari (shu jumladan yordamchi yuvish vositalari) va tozalash vositalari. Unga ko‘ra, 21 turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar hamda 14 turdagi sanoat uskunalariga bojxona imtiyozlari beriladi. Prezidentning tegishli qarori bilan 2025-yilga qadar ayrim turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarga import bojxona boji nol stavkada qo‘llanilishi belgilandi. Unga ko‘ra, quyidagi 21 turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarga import bojxona boji qo‘llanilmaydi: himoyalangan tuproq uchun o‘simliklar (tomir otgan qalamchalar va yosh o‘simliklar, gul yoki g‘unchali gullaydigan o‘simliklar, kaktuslardan tashqari); shakarni rafinadlash yoki ajratib olish natijasida olingan melassa; qayta ishlanmagan yoki dag‘al bo‘laklangan marmar va travertin yoki ohaktoshli tuf; rang beruvchi moddalar (kimyoviy tarkibi aniq yoki noaniq bo‘lgan, titan dioksidi asosida tayyorlangan boshqa pigmentlar va preparatlar); konsentratsiyalangan yoki konsentratsiyalanmagan, qattiq yoki qattiq bo‘lmagan boshqa siyohlar; birlamchi shakldagi etilen polimerlari; birlamchi shakllardagi propilen va boshqa olefinlarning polimerlari; plastmassadan qilingan boshqa katushkalar, shpulkalar, bobinalar va shunga o‘xshash buyumlar; yuklama indeksi 121 dan yuqori bo‘lgan, avtobuslar yoki yuk tashish uchun belgilangan motorli transport vositalari uchun yangi pnevmatik rezina shinalar va pokrishkalar; havo kemalarida foydalanish uchun yangi pnevmatik rezina shinalar va pokrishkalar; qishloq xo‘jaligi yoki o‘rmon xo‘jaligi transport vositalari va mashinalari uchun yangi pnevmatik rezina shinalar va pokrishkalar; sun’iy va sintetik kompleks iplardan gazlamalar; tarkibida sintetik tolalar 85% yoki undan ortiq bo‘lgan sintetik tolalardan gazlamalar; paxta tolalari bilan aralashtirilgan sintetik tolalardan gazlamalar; sintetik va sun’iy tolalardan gazlamalar; poliuretan qoplamali yoki dublirlangan to‘qimachilik materiallari. Shuningdek, import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar ro‘yxatiga kiritilayotgan texnologik asbob-uskunalar ro‘yxati ham belgilandi:
Download 34.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling