24-iyul 2014 yil ma’lumot


Download 251.04 Kb.
bet1/2
Sana06.04.2023
Hajmi251.04 Kb.
#1332550
  1   2
Bog'liq
XXR va Uyg‘urlar muammosi






Nima uchun Xitoy va Uyg‘urlar orasida nizo bor?



24-iyul 2014 yil ma’lumot


X
itoyning Shinjon muxtor mintaqasi yerli aholisi bo‘lgan etnik uyg‘urlar va Xitoy hukumati o‘rtasidagi ixtilof tarixi uzoq yillarga borib taqaladi.

Uyg‘urlar o‘tmishda Shinjon aholisi aksarini tashkil qilgan
Shinjon qayerda va u yerda kimlar yashaydi?
Shinjon muxtor o‘lkasi Xitoy g‘arbidagi juda katta hududni egallaydi.
Xitoy boshqaruv mintaqalari orasidan eng yirigi hisoblangan Shinjon sakkiz mamlakat - Mo‘g‘iliston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston, Pokiston va Hindiston mamlakatlariga chegaradosh.
Shinjonga katta sonda Xitoy xanlarini ko‘chirib keltirish boshlanishidan oldin uyg‘urlar aholining aksar qismini tashkil qilishgan.
Uyg‘urlar musulmon va Islom ularning hayoti va shaxsiyatining muhim qismi hisoblanadi. Ular turkiy uyg‘ur tilida so‘zlashadilar.


Uyg‘urlar madaniyati ko‘proq Markaziy Osiyo xalqlariniki bilan o‘xshash


Uyg‘urlar madaniy va etnik kelib chiqishlari jihatdan o‘zlarini ko‘proq Markaziy Osiyo xalqlariga yaqin sanaydilar.
Mintaqa iqtisodi asosan qismini qishloq xo‘jaligi va savdoga tayanadi. Qoshg‘ar kabi shaharlar qadimiy va mashhur Ipak yo‘lida joylashgan.
Ammo, taraqqiyot mintaqaga yangi odamlarni olib keldi. 2000 yilgi aholini ro‘yxatga olish jarayonida Xitoy xanlari mintaqa aholisining 40 foizni tashkil qilishi aniqlangan. Mintaqada joylashtirilgan qo‘shinlar va qayddan o‘tmagan muhojirlar bundan istisno.
Shinjon qachondan Xitoy tarkibiga kirgan?

Shinjon 1949 yil rasman Xitoy tarkibiga kiritilgan


Mintaqa tarixda vaqti-vaqti bilan muxtor o‘lka, ba‘zi-ba‘zida mustaqil davlat maqomida bo‘lib kelgan. Biroq, Shinjon ilk bor 18 asrda Xitoy boshqaruviga o‘tgani ma‘lum.
1949 yil Shinjonda Sharqiy Turkiston davlati e‘lon qilingan. Biroq, bu mustaqillikning umri qisqa bo‘lgandi. Xuddi shu yili Shinjon rasman Xitoy tarkibiga qo‘shib olingan.
1990 yillar Sho‘rolar Ittifoqi qulashi va Markaziy Osiyoda aksar musulmonlar yashovchi mustaqil davlatlar paydo bo‘lishi ortidan bo‘lginchilarga ochiq dastak kuchaydi.
Ammo, Pekin namoyishlarni bostirdi va faollar yashirin faoliyatga o‘tishdi.

Download 251.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling