29-§. Rus knyazliklari
1. O`rta asrlarda rus knyazlarining o’zaro tarqoqligi va qonli urushlarini qaysi xalqning hujumlari yanada murakkablashtirgan?
A) qipchoqlar B) pechenglar
C) naymanlar D) varvarlar
2. Knyazlarning birinchi syezdini chaqirgan shaxs, syezd bo`lib o`tgan vaqt va joy muvofiq berilgan javobni toping.
A) Vladmir Monomax, 1113-yil, Novgorodda
B) Yaroslav, 1097-yil, Kiyevda
C) Vladimir Monomax, 1097-yil, Lyubechda
D) Yaroslav, 1054-yil, Vladimirda
3. Vladimir Monomaxning otasi kim edi?
A) Yaroslav Donishmand
B) Yuriy Dolgorukiy
C) Vladimir
D) Igor
4. Vladimir Monomaxning knyazlarning birinchi syezdini chaqirishidan maqsad nima edi?
A) yangi yurishlar tashkil etish
B) o'zaro urushlarga chek qo'yish
C) qipchoqlarga qarshi kurash
D) salib yurishlarida qatnashish
5. Rus knyazlari birinchi syezdining "har kim o'z yeriga egalik qilsin” degan qaroridan ko’zlangan maqsad nima edi?
A) har bir knyaz o`z hududlariida ritsarlar bo`limini tuzish
B) har bir knyaz o`z hududlarida mudofaa qal`alarini qurish
C) o`zga knyazlilarga yurishlar tashkil etish
D) o'zga knyazliklarga qarshi bosqinlarni to'xtatish
6. Rus knyazlari birinchi syezdidan so’ng qaysi masalada Kiyev knyazi mavqeining pasayishi kuzatilgan?
A) knyazlar yig’ilishida hal qiluvchi rahbarlik rolini topshirganlikda
B) barcha knyazlar soliqlarni o’zlari belgilashga Kiyev bilan hisoblashmaslikka kelishib olganligida
C) ilgarigidek rus yerlarini o’g’illariga istaganicha bo’lib berish huquqidan voz kechganligida
D) boshqaruv huquqini Novgorod knyazligiga topshirib qo’yganligida
Do'stlaringiz bilan baham: |