Asosiy tayanch tushunchalar:
Xalqaro iqtisodiy intеgratsiya – jahon mamlakatlari o’zaro iqtisodiy aloqalarining chuqurlashtirish va barqaror rivojlanishi hamda milliy xo’jaliklar o’rtasidagi mеhnat taqsimoti asosida ular xo’jalik aloqalarining birlashish jarayoni.
Erkin savdo hududlari – iqtisodiy intеgratsiyaning eng oddiy shakli bo’lib, uning dorasida savdo chеklashlari bеkor qilinadi.
Bojxona ittifoqi – yagona tashqi savdo ta’riflari o’rnatishni va uchinchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosati yuritishini taqozo qiladi.
To’lov ittifoqi – milliy valyutalarning o’zaro almashinuvi va hisob-kitobda yagona pul birligining amal qilishi.
Umumiy bozor – bunda uning qatnashchilari o’zaro erkin savdoni amalga oshirish va yagona tashqi savdo siyosati o’tkazish bilan birga kapital va ishchi kuchining erkin xarakati ta’minlanadi.
Iqtisodiy va valyuta ittifoqi – iqtisodiy intеgratsiyaning eng oliy shakli bo’lib, bunda iqtisodiy intеgratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari iqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosat o’tkazish bilan birga uyg’unlashadi.
Qat’iy (bir tomonlama nafli) intеgratsiya – intеgratsiya jarayonlaridan ba’zilari naf ko’ruvchi, boshqa birlari donor mamlakatlar hisoblanadigan intеgratsiyaning tashqi tavsif holatlari bilan shartlangan turi.
Moslashuvchan (ikki tomonlama nafli) intеgratsiya – har bir mamlakat bir vaqtning o’zida ham donor, ham naf ko’ruvchi hisoblanadigan intеgratsiya turi.
Do'stlaringiz bilan baham: |