26-Mavzu: Shaxsning ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvor. Guruhlar muammosi. Reja
Download 28.92 Kb.
|
26-mavzu (1)
4.Oila psixologiyasi.
Ilk o‘spirinlik yoshida inson uchun eng muhim hissiyot sevgi vujudga keladi. U o‘rtoqlik, do‘st!ik tuyg‘ulari zamirida paydo bo‘ladi. Sevgi mazkur yoshdagi o‘quvchilaming hissiy dunyosida mutlaqo yangi holat bo‘lib, u o‘smirlaming shunday ichki kechinmalaridan tubdan farq qiladi. Ma’lumki, o‘smirlarda ham mehr-muhabbat tuyg‘usi, ishqibozlik, ko‘ngil qo‘yish, qumsash ko‘rinishlarida aks etadi. Lekin ilk o‘spirinning sevgisi chuqur, kuchli, otashin, haqiqiy bo‘ladi. Mana shu yoshdagi o‘g‘il-qizlar sevgisi o‘zining sofligi, beg‘uborligi, ma’sumligi, iboliligi, shirin kechinmalarga boyligi bilan ajralib turadi. Ilk o'spirinlik davrida vujudga keladigan his-tuyg‘ulami to‘g‘ri idora etish, yigit va qizlarga sevgi munosabatlarining naqadar nozikligini, bo‘lajak oilaning baxti haqidagi tushunchalami to‘g‘ri anglatish yaxshi natija beradi. Yigit va qizlaming ma’naviy olamida uchraydigan ayrim ziddiyatlami bartaraf etishda, ulami kelajakda oilaning taqdiriga yuzaki munosabatda bo‘lmasIikka o‘rgatishda va oila qurishga tayyorlashda jinsiy tarbiya muhim ahamiyatga molikdir. Erkak va ayollaming teng huquqliligi bir-biriga sodiqligi va hokazolami yoshlar ongiga singdirish zamr. Buning uchun o‘qituvchi o‘zbek milliy turmush tarzidan aniq misollar keltirishi lozim. Chunonchi, xotin-qizlarga past nazar bilan qarash huquqdagi notenglik hollarini yoshlaming ko‘z oldiga keltirish, ulami o‘ziga o‘zi o‘t qo‘ygan, sirka ichgan, o‘zini osgan ayollaming ayanchli ahvolidan xabardor qilish kerak. Ilk o‘spirin yigit va qizlar erkak va ayolning munosabatlarini yotig‘i bilan tushuntirish ota-ona, shifokor, sinf rahbari va o‘qituvchilaming muhim vazifalaridir. Ta’ILm tizimida ilk o‘spirinlarga o‘zlaridagi jismoniy, fiziologik va psixik o‘zgarishlar; yigit va qizlaming o‘zaro munosabatlari shakllanishi; sevgi, oilaviy turmush, uning maqsadi va ijtimoiy, gigienik, masalalari to‘g‘risida maxsus bilimlar berish lozim. Tarbiyaviy soatlar, shifokor bilan suhbat, oila a’zolarining maslahatlari kabi tadbirlarga jiddiy e’tibor berish kerak. Ota-onalar va o‘qituvchilar ilk o‘spirin yigit va qizlarga sevgining ikki turi - shahvoniy tuyg‘u zaminida vujudga keladigan beqaror sevgi va chinakam do‘stlik, insoniy munosabatlar asosida paydo bo‘ladigan haqiqiy sevgi borligini tushuntirishlari lozim. Qizlarda haqiqiy sevgi kurtaklari o‘g‘il bolalarga nisbatan erta uyg‘onadi, ular bir umr o‘zlariga yo‘ldosh va doimo g‘amxo‘rlik qiladigan kishining muhabbatiga sazovor boMishni orzulaydilar. Ba’zan qizlarda ham beqaror hislar yuzaga kelishi mumkin. Ota-onauing o‘zaro yaxshi munosabati, mehribonligi, g‘amxo‘rligi oiladagi farzandlaming munosabatlarini to‘g‘ri shakllantirishga yordam beradi. Ona qizida muloyimlik, shirinsuxanlik, qizlarga xos oriyat, uyatchanlik, ibo, iffat kabi fazilatlami tarbiyalash bilan birga, unga uy-ro‘zg‘or yumushlarini o‘rgatishi ham lozim. Aks holda nimalar bo'lishini ma’naviy qashshoq, yengil-yelpi hayotga ko‘nikib, tubanlik botqog‘iga botib qolgan ayrim ayollaming ayanchli qismatidan misol keltirish orqali tushuntirishi zarur. Ilk o‘spirinlami turmush qurishga tayyorlashda maktab bilan oilaning hamkorligi muvaffaqiyat garovi hisoblanadi. Ro‘y berishi mumkin bo‘lgan ruliiy, jismoniy iztiroblaming oldini olish juda murakkab ish. 0 ‘qituvchilar jamoasining o‘zi bu ishni bajara olmaydi. Shuning uchun uni ota-onalar va jamoatchilikka tayanib amalga oshirish zarur. Ilk o‘spirin yigit-qizlaming hayotiy rejalari bilan tanishishda ulaming mayli, qiziqishi va nafis tuyg‘ulariga, ezgu maqsad sari intilishlariga alohida ahamiyat berish lozim. Yigit yoki qizning nihiyati va ma’naviyatiga to‘g‘ri yo‘l topish orqali uning fe’I-atvorida o'zgarishlar hosil qilish mumkin. Oiladagi sog'lom muhit, odamiylik, insonparvarlik munosabatlari farzandning ruhiy dunyosiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Oiladagi tarbiyaviy ishlar ta’lim tizimida mustahkamlanishi va rivojlantirilishi, ilk o‘spirinlami turmush masalasiga ilmiy nuqtai nazardan qarashga o‘rgarish lozim. Yigit va qiz o‘rtasidagi munosabatlar ancha murakkab bo‘lib, ular asta-sekin shakllanadi, bu munosabatlaming rivojlanishi ko‘p jihatdan sinf rahbarining faoliyatiga bog‘liqdir. U o‘z ishini yigit va qiz o‘zaro do‘st!ik munosabatlarini a’lo o‘qish, namunali xulq, jamoat ishlarida faol qatnashish bilan amalga oshiradigan yo‘sinda tashkil etishi kerak. Shuningdek, ta lim tizimida ilk o‘spirin yigitlar qizlarga yordam beradigan, qizlar esa bu yordamni qadrlab ularga mehribonlik tuyg‘usini namoyon qiladigan vaziyatlami yaratish kerak. Akademik litsey va kollejda o‘qish davrida har ikkala jinsdagi o‘quvchilar o‘zaro do‘stona munosabatda bo‘lishIari, bir-biriga yordam berishlari, o‘zaro hurmatda bo‘lish!ari shart Lekin ular o‘rtasida muqaddas, hech buzilmaydigan parda, chegara bo‘lishi ma’qul. Yigitning burchi qizni avaylash, uning sharmhayosini paymol qilmaslik, taqdirga yuzaki qaramaslik; qiz esa o‘z navbatida uyatchan, sharm-hayoli, andishali, kamtar, qizlarga xos g‘ururli, nazokatli bo‘lishlari darkor. Qizlik or-nomusini paymol qiladigan xatti-harakat va hirsga berilmaslik kelajakdagi baxtiyorlik uchun zarurligini har bir qiz bilib qo‘ygani yaxshi. Ilk o‘spirinlarga oila qurish haqida tushuncha berishda baxtli, tinch-totuv yashash, bir-biriga ishonch, sadoqat bo‘lishi kerakligini uqtirish bilan birga, ulami oilaviy turmushda yuz berishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklardan ham ogohlantirish kerak, albatta. Ularga oilada bo‘lib turadigan janjallarda oxirini o‘yIab ish tutish zamrligini uqtirish lozim. Nikohga tayyorgarlikning muhimjihatlaridan biri kuyov-qayliqning o‘zaro qaynota, qaynOna, qarindosh-umg‘lar, xonadonning yaqin kishilari oldidagi burchlarini angiab olishdirf Mustahkam va barqaror oila qurishning asosiy shartlaridan biri - kelinning boshqa sharoitga ko‘nikishi, begona turmush tarziga moslashuvidir. Uning sinalmagan oilaga, undagi iqtisodiy-moliyaviy tartibga, notanish qadriyatlarga, an’analarga, marosimlar, rasm-rusmiarga o‘rganishi ham oson emas. Bulaming xammasi yosh kelinning jismoniy, axloqiy, ma’naviy va ruhiy jihatdan tayyorgarligini talab qiladi. 0 ‘qituvchilar akademik litsey va kasb-hunar kolleji o'quvchilarining otaonalari bilan olib boriladigan ishlarda asosiy e’tibomi bolalar ruhiy dunyosining murakkab tomonlarini yoritishga qaratishlari kerak. Ularda tanqid va o‘zini o‘zi tanqid, o‘zini tuta bilish, o‘z xatti-harakatini nazorat qilish va to‘g‘ri baholash, o‘zini idora qilish kabi xususiyatlami rivojlantirish zarur. Tarbiyaning muhim quroli nutq hisoblanadi. Shuning uchun ota-ona o ‘z nutqida yoqimsiz iboralami ishlatmasligi, mantiqsiz, yoqimsiz ohang bilan bolalami ranjitmasligi, ularda ishonch hissini vujudga keltirmaydigan, nosamimiy fikrlami aytishdan saqlanishlari kerak. Hayotda muloyimlikka, shirinsuxanlikka, samimiylikka, sof vijdonli bo‘lishga nima yetsin! Mazax qilish, ba’zan noo‘rin hazillashish orqali ham farzandlaming murg‘ak qalbini cho‘ktirish mumkin. Download 28.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling