26-variant test
Download 472.9 Kb.
|
Moliya fanidan Joriy nazorat
4. Kapital bahosi - Kapital (lotincha: capitalis — bosh, asosiy), sarmoya — keng ma'noda — o'z egasiga daromad keltirish xususiyatiga ega bo'lgan jami vositalar va mablag'lar; yangi qiymat keltiruvchi, o'zini o'zi ko'paytiruvchi qiymat. Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun kishilar tomonidan yaratilgan resurslar; tor ma'noda — ishlab chiqarish vositalari ko'rinishidagi ishga qo'yilgan, ishlab turgan daromad manbai (ashyoviy kapital). Kapitalning paydo bo'lishiga tovar ishlab chiqarish, tovar muomalasi dastlabki shart hisoblanadi. Bozorda o'ziga xos, alohida tovar — ish kuchining paydo bo'lishi bilan oddiy tovar ishlab chiqarish kapitalistik ishlab chiqarishga aylanadi, tovar ishlab chiqarishning shu davrida tovar muomalasidagi pul kapitaliga aylanadi. Kapital ko'p sikllar davomida ishlab chiqarishda ishtirok etadigan asosiy kapital va bir sikl davomida ishtirok etadigan va to'liq sarflanadigan aylanma kapitalga bo'linadi. Pul kapitali (sarmoya) — ashyoviy kapital sotib olish uchun sarflanadigan pul vositalarini ifoda etadi, ya'ni pul kapitalga aylanishi uchun ishlab chiqarishga avanslanadi. Iqtisodiy nazariyada kapital ishlab chiqarish omillaridan biri tarzida izohlanadi. Qiymatning ko'payishi inson mehnati (ish kuchi) va ishlab chiqarish vositalari (xom ashyo, mashina, stanoklar) birlashganda, ya'ni ishlab chiqarish sharoitida yuz beradi. Kapital sanoat kapitali, savdo kapitali, ssuda kapitali, sudxoʻrlik kapitali (tarixiy) shakllarida faoliyat ko'rsatadi. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitlarida kapitalning korxona, firma, banklar kapitali, turli aksiyadorlik jamiyatlariga tegishli aksiyadorlik kapitali, zahira kapitali, ustav kapital singari ko'rinishlari mavjud. Tadbirkor jismoniy shaxslarga tegishli kapital dastmoya deyiladi va har gal tovar olib sotishda ishlatiladi
5 .Dividend- Dividend (lotincha: dividendum — taqsimlanadigan narsa) — aksiyadorlar jamiyati foydasidan aksiya egasiga har yili beriladigan va uning daromadiga aylangan qismi. Dividend miqdori aksiyadorlar jamiyatining sof foydasi, aksiyalar soni va qiymatiga bogʻliq. Dividend har yili (soliqlar toʻlanib, i.ch.ni rivojlantirish uchun ajratmalar chiqarilib, zaxiralar toʻldirilgach, obligatsiyalar boʻyicha foizlar va direktorlarga beriladigan mukofot haqi toʻlangandan soʻng) aksiyadorlarning qoʻlidagi aksiya miqdori va turiga muvofiq taqsimlanadi. Taqsimlanadigan hissa Dividend massasi, aksiyalar nominali qiymatlariga koʻra foizlarda ifodalangan daromad esa Dividend stavkasi deb ataladi. Dividend miqdori oddiy aksiyalar boʻyicha jamiyatning oʻsha yilda koʻrgan foydasiga bogʻliq. Imtiyozli aksiyalarning nominal qiymatiga qatʼiy foiz stavkasi miqdorida oldindan belgilanadi. Eng yuqori Dividend olinganda baʼzan ularning bir qismi qoʻshimcha chiqarilgan bepul aksiyalar tarzida aksiyadorlarga toʻlanadi. Qoʻlida aksiyalarning asosiy hissasini toʻplagan aksiyadorlar va korporatsiyalar Dividendning eng koʻp qismini oladi. Dividend yilda bir marta beriladi MASALALAR . 0- masala. (Murakkab foizda r ni hisoblash) siz do’stingizga $10 000 qarz berdingiz do’stingiz 5 yil yakunida 27 027 dollar to’lab beradi. Siz do’stingizga qanday foizda qarz bergansiz? SAVOLLAR Download 472.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling