28-dars. Ergashgan qo’shma gaplarning soda gaplar bilan ma’nodoshligi


Download 48.19 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi48.19 Kb.
#1364269
Bog'liq
28-dars


28-dars. Ergashgan qo’shma gaplarning soda gaplar bilan ma’nodoshligi.
Bilib oling:
Tarkibida ko’rstatish olmoshi mavjud bo’lgan ergashgan qo’shma gaplar tegishli soda gaplar bilan ma’nodosh bo’la oladi. Ergash gapni bosh gap tarkibida tegishli ko’rsatish olmoshi bilan ifodalangan gap bo’lagi o’rniga qo’yish orqali soda gapga aylantirish mumkin. Masalan: 1. Kim ko’p o’qisa, u ko’p biladi. // Ko’p o’qigan ko’p biladi. 2. Shuni Bilingki, kengga keng, torga tor dunyo. // Dunyoning kengga keng, torga torligini bilib oling.
Shuni sezdimki, oila a’zolari bir-biri bilan juda ittifoq ekan.
Kim oldin musht ko’tarsa, u ojiz bo’ladi.
123-mashq. Ko’chiring. Ergash gapni bosh gap tarkibidagi ko’rsatish olmoshi o’rniga qo’yib, qo’shma gapni sodda gapga aylantiring.
1. Siz kimga ishonch bildirsangiz, men uni sherik qilib olishim mumkin. (Rahmat Fayziy) 2. Shunga xursandmizki, bolalar o’z yo’lini topib ketishdi. (Yo’ldosh Sulaymon) 3. Kim ko’p bilsa, u kamgap bo’ladi. (Shuhrat) 4. Tilagimiz shuki, hammangiz el xizmatiga kamarbasta farzandlar bo’linglar. (Qamchibek Kenja)
“Zukkolar” o’yini. Ikki guruhga bo’lining, “Donolar” guruhi ko’rsatish olmoshi ishtirok etgan qo’shma gaplar topsin. “Zukkolar” guruhi bu gaplarni soda gapga aylantirsin. Qaysi guruh to’xtab qolsa, yutqizgan hisoblanadi.
124-mashq
125-mashq. Berilgan gaplarni sodda gaplarga aylantiring va ular o’rtasidagi farqlarni tushuntiring.
1. Shuni bilingki, dunyoda tinchlikdan ulug’roq ne’mat yo’q. 2. Kimki mustaqil fikr yuritmasa, uni boshqalar oson egib oladi. 3. Shuncha ishonch hosil qildimki, ko’p uxlagan oz yashaydi. 4. Kimki tinch yashashni istasa, pastkash odam bilan hech qachon do’stlashmaydi.
126-mashq. Gaplarni ko’chiring. Ularni soda gapga aylantiring. Qo’shma gapni sodda gapga aylantirish uchun qanday o’zgarishlar qilganingizni ayting.
1. Haqiqat shunday jonki, pardoz unining husnini buzadi. (Abdulla Qahhor) 2. Yozuvchining mahorati shundaki, butun bahorni atigi chigitdek, keladigan g’o’ra ichiga qamab bera oladi. (Abdulla Qahhor) 3. Kimki qanoat qilsa, uning yaxshi-yomon bilan ishi bo’lmaydi. (A. Qayumov) 4. Kim alam chekmabdi umrida bir bor, U meni anglamas, anglamas also. (A. Oripov)
127-mashq. Uyga vazifa. Tarkibida ko’rsatish olmoshi ishtirok etgan to’rtta qo’shma gap tuzing. Ko’rsatish olmoshining qanday gap bo’lagi vazifasida kelayotganini aniqlang
Download 48.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling