28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


ASOSIY VOSITALARNING HARAKATI TO’G’RISIDA HISOBOT


Download 0.95 Mb.
bet57/79
Sana22.12.2022
Hajmi0.95 Mb.
#1042101
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   79
Bog'liq
buxgalteriya hisobi fanidan

ASOSIY VOSITALARNING HARAKATI TO’G’RISIDA HISOBOT
(3-SON SHAKL)

  1. Asosiy vositalarning xarakati to’g’risida hisobotda korxona asosiy vositalarining mavjudligi va xarakati ko’rsatiladi.

  2. 3-ustun va 6-ustunda korxonaning balansida kayd etilgan barcha asosiy vositalari qiymati (tegishlicha hisobot davrining boshi va oxiridagi holat bo’yicha), shu jumladan ijaraga topshirilgan, bepul taqdim etilgan yoki ishlatilmayotgan (konservatsiya, zaxirada bo’lgan vaxokazo) asosiy vositalar ayrim turlari xam aks ettiriladi. Ma’lumotlar dastlabki qiymat bo’yicha keltiriladi.

  3. 4-ustunda hisobot davrida asosiy vositalarning umumiy xolati barcha manbalar bo’yicha aks ettiriladi, shu jumladan: qushimcha baholash, ilgari hisobga olinmagan, xaq evaziga xarid qilingan vositalar, oborotdagi vositalardan asosiy vositalarga o’tish, boshqa korxonalar va tashkilotlardan bepul tushumlar (agar balans yil boshida o’zgargan bo’lsa), shuningdek hisobot yilida moliyalashning barcha manbalari bo’yicha ishga tushirilgan yangi asosiy vositalar, shu jumladan bank kreditlari hisobiga kirim qilingan vositalar.

  4. 5-ustun hisobot yilida asosiy vositalarning umumiy chiqib ketishi aks ettiriladi, shu jumladan: narxni tushirish, ortiqcha va ishlatilmaydigan mol-mulkni sotish tartibida, pulga sotilgan asosiy vositalar, asosiy vositalardan oborot vositalar sirasiga o’tqazish, boshqa korxona va tashkilotlarga bepul berilganlari, shuningdek hisobot yilida tuzilishi va eskirishi, tabiiy ofatlar va avariyalar oqibatida, tamirlash va yangi kurilish sababli va boshqa sabablarga ko’ra tugatilgan asosiy vositalarning to’liq qiymati (eskirishni chegirmasdan).

  5. 7-ustun va 10-ustunda yil boshidagi va hisobot oxiridagi xolat bo’yicha asosiy vositalar turlariga doir jamlangan eskirish summasi aks ettiriladi.

  6. 8-ustunda hisobot davrida barcha manbalar bo’yicha asosiy vositalarning hisoblab yozilgan eskirish summasi, shu jumladan qo’shimcha baxolash chog’ida eskirishni qo’shimcha hisoblash, ilgari hisobga olinmagan eskirish, ilgari foydalanishda bo’lgan asosiy vositalar bo’yicha eskirish aks ettiriladi.

  7. 9- ustunda asosiy vositalarni tugatish, sotish va ularning boshqacha chiqib ketishi jarayonida chiqib ketgan vositalar bo’yicha hisoblab yozilgan eskirish aks ettiriladi.

  8. 11-ustunda asosiy vositalarning yil boshida 3-ustun va 7-ustun malumotlari o’rtasidagi ayig’ma natijasi sifatida olingan qoldiq qiymati aks ettiriladi.

  9. 12-ustunda asosiy vositalarning hisobot davri oxirida 6-ustun va 10ustun ma’lumotlari o’rtasidagi ayrim natijasi sifatida olingan qoldiq qiymati aks ettiriladi.

  10. «Jami asosiy vositalar» moddasi bo’yicha ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy vositalarining xarakati aloxida satrlar bo’yicha ko’rsatiladi. Ishlab chiqarish asosiy vositalariga sanoat maxsulotini ishlab chiqarish, qurilish, qishloq xo’jaligi, savdo va umumiy ovqatlanish, qishloq xo’jaligi maxsulotlarini tayyorlash va moddiy ishlab chiqarish soxasiga talluqli boshqa faoliyat turlari bilan bog’liq vositalar kiradi.

Noishlab chiqarish asosiy vositalariga uy-joy va kommunal xo’jalik, soliqni saqlash, jismoniy tarbiya, ijtimoiy taminot, xalq talimi, madaniyatga oid va hokazo vositalar kiradi.

  1. «To’lanmagan qurilish» moddasi bo’yicha (140-satr) pudrat va xo’jalik usuli bilan bajariladigan obhektlar qurilishiga, shuningdek asosiy vositalarni xarid qilishga doir korxona xarajatlarining xarakati aks ettiriladi.

Kichiq bo’limning 4-ustunida obhektlar kurilishi (pudrat tashkilotlarining to’lashga qabul qilingan va to’langan to’lovnomalari) va asosiy vositalarni xarid qilishga doir korxona qilgan xarajatlar ko’rsatiladi.
Kichiq bo’limning 5-ustunida foydalanishga topshirgan qurilish obektlari va xarid qilingan asosiy vositalarning, shuningdek asosiy vositalar qiymatini ko’paytirmaydigan hisobdan chiqarilgan xarajatlarning qiymati ko’rsatiladi.

  1. «Malumot uchun» kichiq bo’limida ko’rsatiladi:

  1. 150-satr bo’yicha- yil davomida xarid qilingan asosiy vositalarning qiymati:

  2. 151-153-satrlar bo’yicha-korxona tomonidan yil davomida obhektlar qurilishini moliyalashga va manbalar guruxlari bo’yicha asosiy vositalarni xarid qilishga ishlatilgan mablag’’larni ochib berish:

v) 160-satr bo’yicha-boshqa korxonalarga ijaraga berilgan korxona asosiy vositalari aloxida turlarining qiymati (ma’lumotlar asosiy vositalar qanday aks ettirilgan bo’lsa, barcha ustunlar bo’yicha keltirilishi kerak):
g) 170-satr bo’yicha-ijaradagi korxona tarkibida qayd etilgan, ijaraga olingan aloxida turlardagi va umuman asosiy vositalar qiymati (ma’lumotlar asosiy vositalar qanday aks ettirilgan bo’lsa, barcha ustunlar bo’yicha keltirilishi kerak).

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling