28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari
MOLIYAVIY HISOBOT SHAKLLARINI TO’LDIRISH BO’YICHA
Download 0.95 Mb.
|
buxgalteriya hisobi fanidan
MOLIYAVIY HISOBOT SHAKLLARINI TO’LDIRISH BO’YICHA
KO’RSATMALAR. UMUMIY QOIDALAR Mazkur Ko’rsatmalarga muvofiq moliyaviy hisobotni O’zbekiston Respublikasining qonun xujjatlariga binoan yuridik shaxs hisoblangan, barcha mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar (xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar, auditorlik tashkilotlari, sug’urta tashkilotlari va banklar bundan mustasno), shuningdek mulkida, xo’jalik yuritishi yoki tezkor boshqaruvida molmulki bo’lgan va o’z majburiyatlari bo’yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shu jumladan mustaqil balans va hisob-kitob varag’iga ega, soliq qonunchiligiga muvofiq soliq to’lovchilar hisoblangan aloxida bo’linmalar taqdim etadilar. YUridik shaxs maqomiga ega byudjet tashkilotlari moliya organlariga faqat «Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot» 2-son shaklini taqdim etishlari kerak. Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2000 yil 15 iyunda 47-son bilan tasdiqlangan Choraklik va yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari to’g’risida nizomga binoan belgilanadi (ro’yxat raqami 942, 2000 yil 3 iyl , «O’zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo’mitalari va idoralarining me’yoriy xujjatlari axborotnomasi», 2000 yil, 13-son). 2.Yillik moliyaviy hisobot quyidagi shakllar hajmida taqdim etiladi: Buxgalteriya balansi – 1-son shakl: Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot – 2 – son shakl: v) Asosiy vositalar xarakati to’g’risida hisobot-3-son shakl: g) Pul oqimlari to’g’risida hisobot – 4-son shakl: Xususiy sarmoya to’g’risida hisobot-5-son shakl: Debitorlik va kreditorlik qarz to’g’risida malumotnoma – 2-son shakl. Yillik moliyaviy hisobotga ilova qilinadi: Hisobot yilida korxona faoliyatining yakuniy natijalariga,korxona yillik moliyaviy hisobotni kurib chiqish va sof foydani taqsimlash yakunlari bo’yicha qarorlarga tahsir ko’rsatgan asosiy omillar bayon etilgan tushuntirish xati: Moliyaviy hisobotning to’g’riligi to’g’risida auditorlik xulosasi (O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida» qonuni 10-moddasida ko’rsatilgan korxona va tashkilotlar uchun «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi axborotnomasi» to’plami, 2000 yil , 5-son) Agar balans yil boshida o’zgartirilgan bo’lsa, tushuntirish xatida o’zgartirish sabablari tushuntiriladi. Unda, agar keyingi yil uchun qabul qilingan hisob siyosati hisobot yilida qabul qilinganidan farqlansa, u ham keltiriladi. 4. Yarim yillik moliyaviy hisobot quyidagi shakllar xajmida taqdim etiladi: Buxgalteriya balansi -1-son shakl: Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot –2-son shakl: v) Pul oqimlari to’g’risida hisobot – 4-son shakl: g) Debitorlik va kreditorlik qarzi to’g’risida ma’lumotnoma-2 a-son shakl: 5. Choraklik moliyaviy hisobot quyidagi shakllar xajmida taqdim etiladi: Buxgalteriya balansi – 1-son shakl: Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot-2-son shakl: v) Debitorlik va kreditorlik qarzi to’g’risida malumotnoma –2-a-son shakl: 6. Kichik tadbirkorlik sub’ektlari faqat Buxgalteriya balansi-1-son shakl va Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot-2-son shakldan iborat bo’lgan choraklik va moliyaviy hisobotlarni taqdim etadilar. Yillik moliyaviy hisobotga mazkur Ko’rsatmalar 3-bandida nazarda tutilgan holatlar va tartibda tushuntirish xati va auditorlik xulosasi ilova qilinadi. Moliyaviy hisobot shakllarida barcha nazarda tutilgan ko’rsatgichlar keltiriladi. Korxonada tegishli aktivlar, passivlar, operatsiyalar yo’qligi sababli u yoki bu modda (satr, ustun) to’ldirilmagan taqdirda ushbu modda (satr, ustun) chizib qo’yiladi. Moliyaviy hisobot shakllarining manzil qismi quyidagi tartibda to’ldiriladi: a)«Korxona, tashkilot» rekviziti-korxonaning to’liq nomi (belgilangan tartibda ro’yxatga olingan tahsis xujjatlariga muvofiq) va KTUTga binoan uning kodi: b)«Soxa (faoliyat turi)» rekviziti-korxonaning sohasi (faoliyat turi) va XXTUT ga binoan soha (faoliyat turi)ning kodi ko’rsatiladi: v)«Davlat mol-mulkini boshqarish organi» rekviziti-ixtiyorida korxona to’rgan (agar shunday bo’lsa) va unga moliyaviy hisobot yuboriladigan organning nomi ko’rsatiladi: g)«Manzil» rekviziti-korxonaning to’liq yuridik manzili ko’rsatiladi: d)«Nazorat summasi» rekviziti- korxonalar tomonidan to’ldirilmaydi. 9. Moliyaviy hisobotni tuzish chog’ida O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonuni, O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Buxgalteriya hisobi milliy standartlari, shuningdek buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish masalalari bo’yicha boshqa amaldagi me’yoriy-xuquqiy hujjatlarga amal qilish lozim. Korxona va tashkilot barcha alohida bo’linmalari faoliyatining ko’rsatgichlari moliyaviy hisobot shakllari ko’rsatgichlarining ma’lumotlariga kiritilishi kerak. Moliyaviy hisobotni tuzish chog’ida hisobot sanasi bo’lib hisobot davrining oxirgi taqvimiy kuni hisoblanadi. Hisobot yilida tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan korxona yil boshidan tugatish (qayta tashkil etish) paytiga qadar bo’lgan davr uchun yillik moliyaviy hisobotning amaldagi shakllari bo’yicha hisobot taqdim etadi. Yangi tashkil etilgan korxonalar moliyaviy hisobotda mablag’lar va ularning manbalarini belgilangan tartibda ular ro’yxatga olingan oyning 1-kunidan hisobot yilining 31 dekabriga qadar, hisobot yilining 1 oktyabridan keyin tashkil etilgan korxonalar esa davlat ro’yxatiga olingan sanadan boshlab keyingi yilning 31 dekabriga qadar ko’rsatadilar (mazkur tartib tugatilgan (qayta tashkil etilgan) korxonalar va ularning alohida bo’linmalari negizida barpo etilgan korxonalarga tatbiq etilmaydi). Korxona balansi moddalari puxta o’tkazilgan aktivlar va pasivlar inventarizatsiyasi bilan asoslanishi kerak. Inventarizatsiya O’zbekiston Respublikasi vazirligining 1999 yil 19 oktyabrda EG\17-19-2075-son bilan tasdiqlagan «Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tqazish» O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (19-son BHMS) (ro’yxat raqami 833,1999 yil 2 noyabr) bilan belgilangan tartibda o’tqaziladi. Bunda yillik moliyaviy hisobotni taqdim etishga qadar doimiy faoliyat ko’rsatadigan inventarizatsiya komissiyalari inventarizatsiya davomida aniqlangan, boyliklarning haqiqatdagi mavjudligi bilan buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridagi tafovutlarni tartibga solish kerak. Shuningdek, debitorlik va kreditorlik qarzlari inventarizatsiya qilinishi kerak, u solishtirish dalolatnomalari yoki o’zaro hisob-kitoblar sal’dosini tasdiqlash xatlari bilan rasmiylashtiriladi. O’tqazilgan inventarizatsiyalar soni va natijalari, shuningdek ularni o’tkazmaslik sabablari yillik moliyaviy hisobotga ilova qilinadigan tushuntirish xatida aks ettirilishi kerak. Moliyaviy hisobot shakllari rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi. Imzolar muhr bilan tasdiqlanadi. Moliyaviy hisobotda tuzatish va o’chirishlar bo’lmasligi kerak. Xatolar tuzatilgan taqdirda tegishli takidlar qilinadi, moliyaviy hisobotga imzo chekkan shaxslar tuzatish sanasini ko’rsatgan holda ularni tasdiqlaydilar. Joriy va o’tgan yillardagi hisobot ma’lumotlarini tuzatishlar (ular tasdiqlanganidan keyin) uning ma’lumotlari buzilishi aniqlangan hisobot davri uchun tuzilgan hisobotda amalga oshiriladi, bunda tuzatishlar hisobot davri (chorak, yil boshidan) uchun ma’lumotlarga kiritiladi. Yillik moliyaviy hisobotni tekshirish davomida ishlab chiqarish xarajatlariga (yoki muomala chiqimlariga) u bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlarni kiritish natijasida daromadlarni yashirish yoki moliyaviy natijalarni pasaytirish xollari aniqlanganda o’tgan yil uchun buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritilmaydi, balki hisobot davrida aniqlangan o’tgan yillar foydasi sifatida joriy yilda aks ettiriladi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling