28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari
Download 0.95 Mb.
|
buxgalteriya hisobi fanidan
BUXGALTERIYA BALANSI
(1-SON SHAKL) Buxgalteriya balansi (bundan keyin-balans) tuzishga qadar tahliliy hisobvaraqlar bo’yicha oborotlar va qoldiqlar hisobot davri oxirida Bosh daftar hisobvaraqlari bo’yicha oborotlar va qoldiqlar bilan solishtirilishi kerak. 3-ustunda balans bo’yicha yil boshidagi ma’lumotlar, ya’ni avvalgi yil uchun yillik moliyaviy hisobot balansi 4-ustunining ma’lumotlari ko’rsatiladi. Yil boshi va oxiridagi balans ma’lumotlarini taqqoslab olish uchun tasdiqlangan balans moddalari nomenklaturasi yil oxiridagi balans uchun belgilangan bo’limlar va moddalarning nomenklaturasi va guruxlanishiga muvofiqlashtirilishi kerak. «Asosiy vositalar» moddasi bo’yicha (010-satr) amaldagi va konservatsiyadagi asosiy vositalarga doir ma’lumotlar ko’rsatiladi. Mol-mulkni asosiy vositalar tarkibiga kiritishni buxgalteriya O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1998 yil 7 sentyabrdagi 46-son bilan tasdiqlagan «Asosiy vositalar» O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1998 yil 7 sentyabrda 46-son bilan tasdiqlangan. «Asosiy vositalar» O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (5-son BXMS) ga (ro’yxat raqami 491,1998 yil 23 sentyabr, O’zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat ko’mitalari va idoralarining me’yoriy xujjatlari axborotnomasi» 1999 yil , 6-son) binoan va pasport hamda tavsiflar, foydalanish bo’yicha yo’riqnomalar va ularni xarid qilish chog’ida olingan boshqa texnik xujjatlarga asosan amalga oshiradi. Ushbu modda bo’yicha yerlarni yaxshilash (meliorativ, quritish, irrigatsion va boshqa ishlar)ga kapital qo’yilmalar xam aks ettiriladi. Korxona tomonidan qonun xujjatlariga muvofiq mulk sifatida xarid qilingan yer uchastkalari ushbu modda bo’yicha xaridga doir haqiqatdagi xarajatlar hajmida ko’rsatiladi. Ushbu modda bo’yicha asosiy vositalarga ta’lluqli, «Uzoq muddatga ijaraga olinadigan asosiy vositalar» hisobvarag’ida hisobga olingan uzoq muddatga ijaraga olinadigan binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa obhektlar xam aks ettiriladi. Aloxida modda bo’yicha (011-satr) korxona tomonidan «Asosiy vositalar» va «Uzoq muddatga ijaraga olinadigan asosiy vositalar» hisobvaraqlarida hisobga olingan asosiy vositalar bo’yicha eskirishning hisoblab yozilgan summasi keltiriladi. Asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 7 sentyabrda 46-son bilan tasdiqlangan «Asosiy vositalar» O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (5-son BHMS) (ro’yxat raqami 491, 1998 yil 23 sentyabr, «O’zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo’mitalari va idoralarining me’yoriy xujjatlari axborotnomasi", 1999 yil, 6-son)da nazarda tutilgan belgilangan me’yorlar va usullar bo’yicha hisoblab yoziladi. 20. «Nomoddiy aktivlar» moddasi bo’yicha (020-satr) korxonaning uzoq muddatli davr davomida xo’jalik faoliyatida ishlatiladigan va daromad keltiradigan nomoddiy ob’ektlarga, tabiy resurslar, yer uchastkalari, patentlar, litsenziyalar, intellektuall mulk, tashkiliy xarajatlardan foydalanish xuquqiga doir sarf-xarajatlari ko’rsatiladi. Nomoddiy aktivlarni korxona muassasalari (mulkdorlari) korxonaning ustav sarmoyasiga ulushlar hisobiga kiritishlari, shuningdek korxona tomonidan uning faoliyat jarayonida xarid qilinishi mumkin. Mazkur modda bo’yicha nomoddiy aktivlar qiymati dastlabki va qoldiq baholarda alohida ko’rsatiladi, shuningdek hisoblab yozilgan eskirish summasi qayd etiladi. Nomoddiy aktivlar eskirishi mansublikka bog’liq holda xar oyda tannarxga va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligini 1998 yil 12 oktyabrda 49-son bilan tasdiqlagan «Nomoddiy aktivlar» O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (7-son BHMS) (ro’yxat raqami 506, 1998 yil 20 oktyabr, O’zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo’mitalari va idoralarining me’yoriy xujjatlari axborotnomasi» 1999 yil, 6-son)da nazarda tutilgan qo’llaniladigan usullarga binoan korxona tomonidan hisob-kitob qilingan me’yorlar bo’yicha davr xarajatlariga kiritiladi. Ishlatilish muddatini belgilash mumkin bo’lmagan nomoddiy aktivlar bo’yicha eskirish me’yorlari besh yil hisobidan (lekin korxonaning faoliyat ko’rsatish muddatidan ko’p emas) belgilanadi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling