28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


Download 0.95 Mb.
bet54/79
Sana22.12.2022
Hajmi0.95 Mb.
#1042101
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   79
Bog'liq
buxgalteriya hisobi fanidan

BXMS O’zR AV 14.02.2009 y. 1485-1-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MV Buyrug’iga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan
Aktivlardan mahsulot ishlab chiqarishda, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko’rsatishda yoxud korxonaning ma’muriy va boshqa funktsiyalari uchun uzoq muddat, ya'ni davomiyligi 12 oydan yuqori foydali xizmat muddati yoki agar u 12 oydan oshadigan bo’lsa, oddiy operatsion tshqi mobaynida foydalanish. Bunda aktivning qiymati bir birlik (komplekt) uchun O’zbekiston Respublikasida belgilangan (xarid qilish paytida) eng kam ish haqi miqdorining kamida ellik baravarini tashkil qiladi. Korxona rahbari nomoddiy aktivlar tarkibida hisobga olish maqsadida hisobot davri uchun aktivlar qiymatining kamroq chegarasini belgilashga haqli; (O’zR AV 14.02.2009 y. 1485-1-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MV Buyrug’i)
d) identifikatsiyalash imkoniyati. O’zR AV 14.02.2009 y. 1485-1-son bilan
ro’yxatga olingan O’zR MV Buyrug’i taxriridagi kichik band.,
Nomoddiy aktiv identifikatsiyalanadigan bo’lib hisoblanadi, agarda u quyidagi mezonlardan biriga muvofiq kelsa: O’zR AV 14.02.2009 y. 1485-1-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MV Buyrug’i
z) yer uchastkasidan foydalanish huquqi; O’zR AV 14.02.2009 y. 1485-1-son
bilan ro’yxatga olingan O’zR MV Buyrug’i taxriridagi kichik band.
Mazkur BHMSning 14-bandida nazarda tutilgan xarajatlar amalga oshirilgan taqdirda, korxona tomonidan nomoddiy aktivlar obhektlari ustav kapitaliga qo’yilma hisobiga tekin yoki ayirboshlash asosida qabul qilinganda nomoddiy aktivning tannarxi ushbu xarajatlar summasiga oshadi. O’zR AV 14.02.2009 y. 1485-1-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MV Buyrug’i
«Nomoddiy aktivlar» moddasi bo’yicha hisobot davrida qilingan hisobdan chiqarishlarni chegirgan holda «Gudvill (firma narxi)» summasi ham aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobida «Gudvill (firma narxi)» nomoddiy aktivining summasini hisobdan chiqarish, amortizatsiyani alohida hisobvaraqda jamlamasdan, bevosita
«Nomoddiy aktivlar» hisobvarag’i saldosini kamaytirishga, «Gulvill (firma narxi)» ilova hisobvarag’iga kayd etiladi.
«Gudvill (firma narxi)» buxgalteriya hisobini yuritish tartibi O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligini 1998 yil 12 oktyabrda 49-son bilan tasdiqlangan «Nomoddiy aktivlar» O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (7-son BXMS) (ro’yxat raqami 506, 1998 yil 20 oktyabr, «O’zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo’mitalari va idoralarining me’yoriy xujjatlari axborotnomasi», 1999 yil, 6-son)ga muvofiq amalga oshiriladi.

  1. «Kapital qo’yilmalar» moddasi bo’yicha (030- satr)xo’jalik va pudrat usullari bilan amalga oshiriladigan tugallmanmagan qurilishning qiymati ko’rsatiladi.

Ushbu modda bo’yicha asosiy podani shakllantirish bo’yicha, geologiyaqidiruv ishlari xarajatlari, shuningdek korxonalar tomonidan ana shu maqsadlar uchun berilgan bo’naklar va bo’nak ko’rinishida vaqtincha foydalanishga doir mablag’’lar summalari aks ettiriladi.
Ushbu modda bo’yicha o’rnatiladigan va korxona omborlarida bo’lgan uskunalar zaxiralari xaqiqiy qiymati bo’yicha aks ettiriladi.

  1. «SHuhba xo’jalik jamiyatlaridagi aktsiyalar» moddasi bo’yicha (040 satr) shuhba xo’jalik jamiyatlari aktsiyalariga qo’yilgan, tahliliy tarzda «Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar» hisobvarag’ida («Pay va aktsiyalar» ilova hisobvarag’i) hisobga olinadigan mablag’’lar summasi ko’rsatiladi.

  2. «SHuhba xo’jalik jamiyatlariga berilgan qarzlar» moddasi bo’yicha (050-satr) shuhba xo’jalik jamiyatlariga berilgan, «Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar» hisobvarag’ida («Berilgan qarzlar» ilova hisobvarag’i) hisobga olinadigan qarzlar summasi aks ettiriladi.

  3. «Tobe xo’jalik jamiyatlaridagi aktsiyalar» moddasi bo’yicha (060-satr) tobe xo’jalik jamiyatlari aktsiyalariga qo’yilgan, taxliliy tarzda «Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar» hisobvarag’ida («Pay va aktsiyalar» ilova hisobvarag’i) hisobga olinadigan mablag’’lar summasi ko’rsatiladi.

  4. «Tobe xo’jalik jamiyatlariga qarzlar» moddasi bo’yicha (070-satr) tobe xo’jalik jamiyatlariga berilgan, «Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar» hisobvarag’ida («Berilgan qarzlar» ilova hisobvarag’i) hisobga olinadigan qarzlar summasi aks ettiriladi.

  5. «Uzoq muddatli investitsiyalar» moddasi bo’yicha (080- satr) korxonaning davlat daromadli aktivlari (qimmatli qog’ozlar- aktsiyalar, obligatsiyalar) ga, O’zbekiston Respublikasi xududida va undan tashqarida tashkil etilgan boshqa korxonalarning (shuhba va tobe xo’jalik jamiyatlaridan tashqari) ustav fondlariga va hokazolarga uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatga) investitsiyalari, korxona tomonidan boshqa korxonalarga berilgan qarzlardan tashqari, ko’rsatiladi.

Moliyaviy qo’yilmalar qonun xujjatlarida belgilangan tartibda haqiqiy xarajatlar summasida hisobga olinadi.
To’liq to’lanmagan aktsiya va paylar balans aktivida ularning to’liq xarid qiymatida ko’rsatiladi, investor dividend olish huquqiga ega bo’lgan va ushbu qo’yilmalar uchun to’liq javobgar bo’lgan xollarda kreditorlar moddasi bo’yicha so’ndirilmagan summa balans passiviga kiritiladi. Qolgan hollarda xarid qilinadigan aktsiya va paylar hisobiga kiritilgan summalar balans aktivida debitorlar moddasi bo’yicha ko’rsatiladi.

  1. «Boshqa qarzlar» moddasi bo’yicha (090-satr) yuqorida sanalgan moddalarda hisobga olinmagan va «Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar» hisobvarag’ida hisobga olinadigan uzoq muddatli qarzlar summalari ko’rsatiladi. 28. «Boshqa aktivlar» moddasi bo’yicha (100-satr) oldingi moddalarda sanalmagan boshqa uzoq muddatli mablag’’lar va qo’yilmalar ko’rsatiladi.

Xususan, mazkur modda bo’yicha ijaraga beruvchi korxona uzoq muddatli ijaraga berilgan, «Tushumga doir ijara majburiyatlari» hisobvarag’ida qayd qilingan asosiy vositalar bo’yicha qarz qoldig’ini ko’rsatadi.

  1. «1 bo’lim bo’yicha jami» moddasi bo’yicha (110-satr) satrlar bo’yicha summa ko’rsatiladi: 012-satr Q 022-satr Q030-satr Q040-satr Q050-satr Q060-satr Q070-satr Q080-satr Q090-satr Q100-satr.

  2. Balans aktivining «Joriy aktivlar» degan 11 bo’limida korxona joriy aktivlarning summasi ko’rsatiladi.

  3. «Ishlab chiqarish zaxiralari» moddasi bo’yicha (120-satr) xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, qaytarma chiqindilar, yoqilg’i, xarid qilingan yarim tayyor maxsulotlar va butlovchi buyumlar, extiyot qismlar, idishlar va "«materiallar" hisobvarag’ida hisobga olinadigan boshqa moddiy boyliklarning haqiqatdagi tannarxi, arzon va tez eskiruvchan buyumlar, shu jumladan maxsus asboblar va maxsus moslamalar, maxsus poyabzal va choyshab-yostiqlar, yozuvchizuv anjomlari va ovlash qurollari (trallar, yoyma to’rlar, to’rlar, matraplar va hokazo) xizmat muddatidan qat’i nazar, shuningdek bir yildan kam muddat foydalaniladigan almashtiriladigan uskunalar ko’rsatiladi.

«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» va «Materiallar qiymatida tafovutlar» hisobvaraqalaridan ishlab chiqarish zaxiralari, arzon va tez eskiruvchan buyumlar hisobini yuritish uchun foydalanilganda ko’rsatilgan boyliklar «Ishlab chiqarish zaxiralari» moddasi bo’yicha aks ettiriladi.
Arzon va tez eskiruvchan buyumlar (ATEB) foydalanishga topshirilayotganida ATEB qiymatining 100 % ini ishlab chiqarish xarajatlari yoki davr xarajatlariga hisobdan chiqarishga ruxsat beriladi. ATEB butligini ta’minlash uchun foydalanish chog’ida korxona tegishli hisob va ularning harakati ustidan nazorat tashkil etilishi kerak.

  1. «Tugallanmagan ishlab chiqarish» moddasi bo’yicha (130-satr) hisobi korxonalar moliya - xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi Hisobvaraqlar rejasining «Ishlab chiqarish xarajatlari» bo’limi buxgalteriya hisobi hisobvaraqalarida amalga oshiriladigan tugallanmagan ishlab chiqarish va tugallanmagan ishlar (xizmatlar)ga doir xarajatlar ko’rsatiladi. Bunda tugallanmagan ishlab chiqarish korxona tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’sulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi nizom (O’zRR VM QT, 1999 yil, 2-son,9-modda), maxsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi tarmoq yo’riqnomalariga muvofiq qabul qilingan baho bo’yicha aks ettiriladi.

Joriy yilda buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni mustaqil ahamiyatga ega bo’lgan, ishlarning tugallangan bosqichlari uchun tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiradigan korxonalar (qurilish, ilmiy, geologiyada band bo’lgan) mazkur modda bo’yicha 36-«Tugallanmagan ishlar bo’yicha bajarilgan bosqichlar» hisobvarag’ida hisobga olinadigan, buyurtmachi tomonidan belgilangan bosqichlarning qiymatini aks ettiradilar. Bunda buyurtmachi o’z balansiga faqat to’liq tayyor mahsulotni qayd etadi.
Mazkur modda bo’yicha qishloq xo’jaligining tugallanmagan ishlab chiqarishga doir xarajatlar, ular ishlab chiqarish qiymatini chegirgan xolda aks ettiriladi, asosiy vositalarni tahmirlash bo’yicha hisobot davrining oxiriga kelib tugallanmagan ish xarajatlari ham ko’rsatiladi.

  1. «Tayyor mahsulot « moddasi bo’yicha (140-satr ) buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnomaning shartlariga ko’ra sinovdan o’tgan va qabul qilingan, barcha qismlar bilan butlangan hamda texnik shartlar va standartlarga muvofiq keladigan, ishlab chiqarilishi tugallangan buyumlar qoldig’ining haqiqatdagi ishlab chiqarish tannarxi ko’rsatiladi. Ko’rsatilgan talablarga javob bermaydigan mahsulot va topshirilmagan ishlar tugallanmagan hisoblanadi hamda tugallanmagan ishlab chiqarish tarkibida ko’rsatiladi.

  2. «Qayta sotish uchun tovarlar» moddasi bo’yicha (150-satr) o’z faoliyatini savdo va umumiy ovaqatlanishda amalga oshiradigan korxonalar xarid qiladigan tovarlar qoldig’ining qiymati ko’rsatiladi. Bunda umumiy ovqatlanish korxonasi ushbu modda bo’yicha oshxona va omborxonalardagi xom ashyo qoldiqlari, bufetlardagi tovarlar qoldiqlarini xam aks ettiradi.

Ushbu modda bo’yicha sanoat korxonalari va boshqa ishlab chiqarish korxonalari sotish uchun maxsus xarid qilingan buyumlar, materiallar, oziq-ovqat mahsulotlarini, shuningdek sanoat korxonasida butlash uchun xarid qilinadigan, ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxiga kiritilmaydigan va xaridorlarga alohida qaytariladigan tayyor buyumlar qiymatini ko’rsatishadi.
Mazkur modda bo’yicha chakana savdo korxonalari tovarlarning xarid qiymatini ko’rsatadilar, ya’ni tovarlarning sotilish qiymatidan savdo ustamasi summasi olib tashlanadi.

  1. «Bo’lg’usi davrlar xarajatlari» moddasi bo’yicha (160-satr) hisobot yilida qilingan, lekin ular taalluqli bo’lgan muddat davomida xarajatlarga kiritish yo’li bilan keyingi hisobot davrlarida so’ndirilishi kerak bo’lgan xarajatlar summasi ko’rsatiladi. Bunday xarajatlarga, shu jumladan, ommaviy axborot vositalariga obuna xarajatlari, oldindan to’langan ijara to’lovi, manfiy kurs farqi va hokazolar kiradi.

  2. «Pul mablag’’lari» moddasi bo’yicha (170-satr) korxonaning «Hisobkitob varag’i», «Banklardagi maxsus hisobvaraqlar», «Pul hujjatlari», «Yo’ldagi o’tkazmalar» hisobvaraqlarida hisobga olinadigan pul mablag’’lari qoldig’i so’mlarda ko’rsatiladi. Balansning ushbu moddasida aks ettirilgan summalar bank ko’chirmalariga muvofiq kelish kerak.

  3. «Valyuta mablag’’lari» moddasi bo’yicha (180-satr) korxona

banklardagi valyuta hisobvaraqalari va korxonaning valyuta kassasida bo’lgan, hisobot davrining oxirgi sanasida O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki kursi bo’yicha milliy valyutada baholangan valyuta mablag’’lari koldig’ini ko’rsatadi.

  1. «Kassadagi pul mablag’’lari» moddasi bo’yicha (190-satr) hisobot davrining oxirgi sanasida korxona kassalarida bo’lgan, milliy valyutadagi pul mablag’’larining qoldig’i ko’rsatiladi.

  2. «Qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalar» moddasi bo’yicha (200-satr) korxonalarga qisqa muddatli (bir yildan ortiq bo’lmagan muddatga) moliyaviy qo’yilmalar (investitsiyalar), boshqa korxonalarning qimmatli qog’ozlari, davlat va mahalliy zayomlarning foizli obligatsiyalari va hokazolar, shuningdek korxona tomonidan boshqa korxonalarga berilgan qarzlar ko’rsatiladi.

  3. «Sotib olingan o’z aktsiyalari» moddasi bo’yicha (210-satr) korxona tomonidan chiqarilgan va keyin tarqatish uchun chiqarilgan kunidan boshlab bir yil davomida korxonada bo’lgan sotib olingan o’z aktsiyalarining summasi ko’rsatiladi. Sotib olingan o’z aktsiyalari «Pul xujjatlari» hisobvarag’ida hisobga olinadi.

  4. «Debitorlar, jami» moddasi bo’yicha (220-satr) 230-satr Q240-satr Q250-satrQ260 –satrQ270-satrQ280- satr Q 290-satr Q300-satrlar yig’indisi ko’rsatiladi.

221-satr malumot uchun hisobot davridagi muddati kechiqtirilgan debitorlik qarzi ko’rsatiladi.

  1. «Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar» moddasi bo’yicha (230-satr) ular uchun korxonaning hisob-kitob varag’iga (yoki boshqa

hisobvarag’iga) to’lovlar kelib tushishi yo’li bilan ushbu qarzni so’ndirish paytiga qadar buyurtmachilar (xaridorlar)ga sotilgan maxsulot, tovarlar, topshirilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun qarz ko’rsatiladi.

  1. «Bo’nak to’lovlari» moddasi bo’yicha (240-satr) bo’lajak hisob-kitoblar bo’yicha boshqa korxonalarga bo’naklar hisobi «Berilgan bo’naklar bo’yicha hisob-kitoblar» hisobvarag’ida yuritiladi.

  2. «Byudjet bilan hisob-kitoblar» moddasi bo’yicha (250-satr) soliqlar, yig’imlar va byudjetga boshqa to’lovlarga doir ortiqcha to’lovni qo’shganda moliya va soliq organlarining qarzi ko’rsatiladi. Ushbu modda bo’yicha umumbelgilangan tartibda hisobga olingan qo’shilgan qiymat solig’ining summasi ham ko’rsatiladi.

  3. «Xodimlar bilan boshqa operatsiyalar bo’yicha hisob-kitoblar» moddasi bo’yicha (260-satr) korxona xodimlarining ushbu korxona mablag’’lari yoki bank krediti hisobiga ularga berilgan ssudalar va qarzlar, korxonaga etqazilgan moddiy zararni qoplash bo’yicha va hakoza qarzlari ko’rsatiladi. Xususan , ushbu modda bo’yicha yakka tartibdagi va kooperativ uy-joy qurilishiga yoki bog’ uychalarini xarid qilish va bog’ uchastkalarini obodonlashtirishga ssudalar, uy-joy sharoitini yaxshilash yoki uy-ro’zg’or anjomlarini sotib olishga yosh oilalarga beriladigan foizsiz ssudalar va hokazo ssudalar aks ettiriladi.

  4. Balans aktivi va passivida «SHuhba va tobe xo’jalik jamiyatlari bilan hisob-kitoblar» moddasi bo’yicha (270-satr va 520-satr) hisobi «SHuhba korxonalar bilan hisob-kitoblar» hisobvarag’ida yuritiladigan, shuhba va (yoki) tobe xo’jalik jamiyatlari bilan joriy operatsiyalar bo’yicha ma’lumotlar (balanslararo hisob-kitoblar) aks ettiriladi. Korxonalarni shuhba va (yoki) tobe korxonalarga kiritish tartibi O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 67 va 68-moddalari bilan belgilanadi. SHuhba va (yoki) tobe xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalarning hisobi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1998 yil 14 oktyabrda 50-son bilan tasdiqlagan «Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotlar va shuhba xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar hisobi» Buxgalteriya hisobi milliy standarti (8-son BHMS) (ro’yxat raqami 580, 1998 yil 28 dekabr. O’zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo’mitalari va idoralarining me’yoriy xujjatlari axborotnomasi», 1999 yil, 6-son)ga binoan bosh jamiyatning aloxida moliyaviy hisobotiga konsolidatsiyalanishi kerak.

  5. Balans aktivi va passivida «Ichki xo’jalik hisob-kitoblari» moddasi bo’yicha (280-satr va 530- satr ularning o’zaro hisob-kitoblari hisobi «Ichki xo’jalik hisob-kitoblari» hisobvarag’ida yuritiladigan vakolatxonalar, filiallar va yuridik shaxs hisoblanmagan boshqa alohida bo’linmalar bilan joriy operatsiyalar bo’yicha ma’lumotlar aks ettiriladi.

  6. Muassislar bilan hisob-kitoblar» moddasi bo’yicha (290-satr) muassislarning «Muassislar bilan hisob-kitoblar» hisobvarag’ining «Ustav sarmoyasiga (fondiga) ulushlar bo’yicha muassislar bilan hisob-kitoblar» ilova hisobvaragida hisobga olinadigan ustav sarmoyasiga ulushlar bo’yicha qarzlari ko’rsatiladi.

  1. . «Boshqa debitorlarning qarzi» moddasi bo’yicha (300-satr) hisobot beruvchi shaxslarning qarzlari, qabul qilish chog’ida aniqlangan tovar-moddiy boyliklar kamomadi bo’yicha mol etqazib beruvchilar bilan hisob kitoblar bo’yicha qarzlar ko’rsatiladi. Ushbu modda bo’yicha qarzdor tomonidan tan olingan yoki moliyaviy-xo’jalik faoliyatining natijalariga kiritilgan, ularni undirish to’g’risida sudning yoki boshqa organning qarori olingan jarimalar, penya va neustoykalar ham aks ettirilgan.

  2. . «11 bo’lim bo’yicha jami» moddasi bo’yicha (310-satr) 120-satr Q130satr Q140-satr Q150-satr Q160-satr Q170-satr Q180-satr Q190-satr Q200-satr Q210-satr Q220-satrlar yig’indisining natijasi ko’rsatiladi.


Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling