28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari
Download 0.95 Mb.
|
buxgalteriya hisobi fanidan
51/. «Balans aktivi bo’yicha jami» moddasi bo’yicha (320-satr) 110satrQ310-satrni qo’shish yo’li bilan olinagn aktivning yakuniy summasi ko’rsatiladi.
52. «Ustav sarmoyasi(fondi) «moddasi bo’yicha (330-satr) tahsis xujjatlarida korxona muassislari ulushlari (xissalari nominal qiymat bo’yicha aktsiyalari pay badallari) ning jami sifatida ro’yxatga olingan ustav sarmoyasining miqdori ko’rsatiladi. 53 «Qo’shilgan sarmoya» doddasi bo’yicha (340-satr) aktsiyalarini nominal qiymatdan yuqori narxlarda birlamchi sotish chog’ida olingan emission daromad summasi ko’rsatiladi. Qo’shilgan sarmoyaning hisobi «Ustav sarmoyasi» hisobvarag’ining «Qo’shilgan sarmoya ilova hisob varag’ida yuritiladi. Maskur modda bo’yicha korxonaning Ustav sarmoyasini shakillantirish chog’ida yuzaga keladigan. Ta’sis xujjatlari ro’yxatga olingan sanadagi va mablag’’lar Ustav sarmoyasiga xakikatda kiritilgan sanadagi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki kurslari o’rtasidagi kurs farqi summasi xam aks ettiriladi. «Zaxira sarmoya» moddasi bo’yicha (350-satr) korxona ustaviga ko’ra foyda hisobiga barpo etilgan zaxiralar, pul mablag’’lari va korxona mol mulkini ko’paytiradigan boshqa tushumlardan tashqari, mol-mulkni qayta baxolash chog’ida xosil bo’ladigan infliaktsion zaxiralar summasi ko’rsatiladi. Zaxira sarmoyaning hisobi «Ustav sarmoyasi» hisob varag’ining «Zaxira sarmoya» ilova hisob varag’ida yuritiladi. Maskur modda bo’yicha bojxona to’lovlari, soliqlar va byudjetga majburiy to’lovlarni to’lash bo’yicha soliq imtiyozlari summalari xam aks ettiriladi, bunda soliq solishdan bo’shatib olinadigan mablag’’lar maqsadli vazifalarni bajarishga yo’naltirilishi shart bo’lib ular imtiyozli davr tugaganidan keyin «Maksadli moliyalash va tushumlar» hisob varag’ida «Ustav sarmoyasi» hisob varag’i kreditiga, «zaxira sarmoya» ilova hisob varag’iga hisobdan chiqariladi. «Taqsimlanmagan foyda» (qoplanmagan zarar) moddasi bo’yicha (360satr) choraklik hisobotlarda foyda netto yani tayyor maxsulot yarim tayyor maxsulotlar xarid qilingan buyumlar bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar realizatsiyasida olingan moliyaviy natija , shuningdek operatsion daromad va tushumlar, «Davr xarajatlari» hisob varag’idan o’tqaziladigan xarajatlar, korxonalarning moliyaviy faoliyatiga doir daromad va xarajatlar, tasodifiy maskur korxona uchun tipik bo’lmagan foyda va daromadlar aks ettiriladigan «Foyda va zararlar» hisob varag’i bilan korxona hisobot yili davomida soliqlar to’lanishini, shuningdek daromad (foyda) solig’ining pirovard hisob-kitobiga doir soliq va maxalliy yig’imlar summalarini aks ettiradigan «Hisoblab yozilgan va to’langan foyda (daromad) soliqlari» hisob varag’i o’rtasidagi farq aks ettiriladi. Hisobot yili tugashi bilan «Hisoblab yozilagan va to’langan foyda (daromad)» soliqlari hisob varag’i debeti bo’yicha hisobga olingan summalar «Foyda va zararlar «hisob varag’i debetiga ko’chiriladi, «Hisoblab yozilgan va to’langan foyda (daromad) soliqlari» hisob varag’i yopiladi va 1 yanvarga saldo bo’lmaydi. Hisobot yilining sof foydasi ( zarari) unda qoladigan «Foyda va zararlar» hisob varag’i saldoni «Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)» hisob varag’ining debediga (zarar) yoki kreditga (sof foyda) o’tqazish yo’li bilan yopiladi. Yillik hisobotda «Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)» hisob varag’i kreditiga ko’chirilgan foyda 360-satr bo’yicha xam ko’rsatiladi. Bunda agar ushbu hisobvaraqda (aloxida ilova hisob varag’ida) ilgari o’tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi qoldig’i bo’lsa, hisobot yili uchun taqsimlanmagan foydaning qoldig’i qo’shiladi va jamlangan foyda ko’rsatiladi. Agar korxona zarar ko’rgan bo’lsa, chorak oxirida bu zarar ushbu modda bo’yicha «minus» belgisi bilan ko’rsatiladi. Shuningdek «minus» belgisi bilan «Hisoblab yozilgan va to’langan foyda (daromad) soliqlari» hisob varag’i saldosining «foyda va zararlar» hisob varag’i saldosidan oshiq summasi ko’rsatiladi. «Maqsadli moliyalash va tushumlar» moddasi bo’yicha 9370-satr) «Maqsadli moliyalash va tushumlar» hisob varag’ida hisobga olingan maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun byudjetdan tarmoq va tarmoqdan tashqari maxsus jamg’armalar, boshqa korxonalar, jismoniy shaxslardan olingan pul mablag’’larining qoldiqlari ko’rsatiladi. Bo’shatib olingan mablag’’lardan qonun xujjatlariga muofiq maqchadli foydalanish sharti bilan bojxona bojlari, soliqlar va byudjetga boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan ozod etilgan korxona va tashkilotlar maskur modda bo’yicha umum belgilangan tartibda hisoblab yozilgan, lekin byudjetga o’tqazilmagan soliqlar summalarini aks ettiradilar. Imtiyozli davr tugaganidan keyin soliq solishdan ozod etish natijasida bo’shatib olingan «Maksadli moliyalash va tushimlar» hisob varag’i krediti bo’yicha hisobga olinadigan mablag’’lar summasi «Ustav sarmoyasi» hisob varag’ining «Zaxira sarmoya» ilova hisob varag’iga hisobdan chiqariladi. «Bo’lg’usi xarajatlar va to’lovlar zaxiralari» moddasi bo’yicha (380-satr) xarajatlarni maxsulotning ishlab chiqarish tannarxiga bir me’yorida kiritish maqsadida asosiy vositalarni kapital tahmirlashni amalga oshirish uchun korxona tomonidan zaxira qilingan mablag’’lar ko’rsatiladi . O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son karori bilan tasdiklangan Maxsulot (ishlari, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi xamda moliyaviy natijalarini shakillantirish tartibi to’g’risidagi nizomga ko’ra (UzR VM KT,1999 yil,2-son , 9-modda) kapital tamirlash ishlarini bajarish uchun zaxira O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ruxsatiga binoan barpo etiladi. «Bo’lg’usi davrlar daromadlari» moddasi bo’yicha (390-satr) hisobot yilida olingan lekin bo’lg’usi hisobot davrlariga taalluqli mablag’’lar (ijara to’lovi vaxokozo), shuningdek amaldagi tartibga muofiq «Bo’lg’usi davrlar daromadlari» hisob varag’ida hisobga olinadigan boshqa summalar ko’rsatiladi. «1 bo’lim bo’yicha jami» moddasi bo’yicha (400-satr) 320-satr Q330satr Q340-satr Q350-satr Q360-satr Q370-satr Q380-satrlar summasi ko’rsatiladi. «Uzoq muddatli qarzlar» moddasi bo’yicha (410-satr) boshqa korxonalar va muassasalardan (banklardan tashqari) olingan uzoq muddatli (so’ndirish muddati bir yildan ortiq bo’lgan) qarzlar bo’yicha qarz summalari ko’rsatiladi. Ana shu modda bo’yicha ijarachi ijaraga beruvchilar bilan ularga uzoq muddatli ijara shaotlarida berilgan va ular tomonidan «Uzoq muddatga ijaraga olinadigan asosiy vositalar» hisob varag’ida hisobga olinadigan asosiy vositalar uchun hisob kitoblar xolati («ijara majburiyatlari» hisob varag’i bo’yicha hisobga olinadigan ijaraga beruvchi oldidagi kreditorlik qarzi)ning aks etiradi. «Banklarning uzoq muddatli kreditlari» moddasi bo’yicha (420-satr) banklar bilan kelishilgan va ulardan olingan uzoq muddatli (so’ndirish muddati bir yildan ortiq bo’lgan kreditlar bo’yicha qarz summalari ko’rsatiladi). «Qisqa muddatli qarzlar» moddasi bo’yicha (430-satr) boshqa korxonalar va muassasalardan (banklardan tashqari) olingan, «Qisqa muddatli qarzlar» hisob varag’ida hisobga olingan qisqa muddatli (so’ndirish muddati bir yildan kam bo’lgan) qarzlar bo’yicha qarz summalari ko’rsatiladi. «Banklarning qisqa muddatli kreditlari» moddasi bo’yicha (440-satr) banklar bilan kelishilgan, ulardan olingan (so’ndirish muddati bir yilgacha bo’lgan kreditlar bo’yicha qarz summalari ko’rsatiladi. Anashu moddada xodimlar uchun berilgan, “Xodimlar uchun bank kreditlari” hisob-varag’ida hisobga olingan bank kreditlari aks ettiriladi va korxona tomonidan yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, bog’ uychalarini qurish va boshqa maqsadlarga xodimlarga ssuda berish uchun, shuningdek kreditga sotgan tovarlari uchun savdo tashkilotlariga to’lash uchun olingan bank kreditlari bo’yicha qarz summasi ko’rsatiladi. «Xaridorlar va byurtmachilardan olingan banklar» moddasi bo’yicha (450-satr) «Olingan banklar bo’yicha hisob kitoblar» hisob varag’ida hisobga olingan bo’lg’usi hisob kitoblar bo’yicha chet-el tashkilotlaridan olingan bo’naklar summasi ko’rsatiladi. «Kreditorlar» moddasi bo’yicha (460-satr) 470-satr Q480-satr Q490-satr Q500-satr Q510-satr Q520-satr Q530-satr Q540-satr Q550-satrlarni qo’shish bilan korxonaning kreditorlik qarzi summasi aks ettiriladi. 461 satrda ma’lumot uchun hisobot davrida muddati kechiqtirilgan kreditorlik qarzi ko’rsatiladi. «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar» moddasi bo’yicha (470-satr kelib tushgan moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilardan qarzlar summasi ko’rsatiladi. «Byudjet bo’yicha qarz moddasi bo’yicha (480-satr) byudjetga to’lovlarning barcha turlari, shu jumladan jismoniy shaxslarning daromad solig’i summasi bo’yicha qarzlar ko’rsatiladi. «Xukumat qarorlariga ko’ra kechiqtirilgan qarzlar» moddasi bo’yicha (481 satr) hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va byudjetga to’lovlar intizomini mustaxkamlash bo’yicha Xukumat komissiyasining qaroriga ko’ra byudjetga to’lovlar kechiqtirilgan va (yoki) ular bo’lib- bo’lib to’lash xuquqi berilgan byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar summasi aks ettiriladi. «Mexnatga xaq to’lash bo’yicha qarz» moddasi bo’yicha hisoblab yozilgan, lekin xali to’lanmagan mexnatga xaq to’lash va sug’urtalash bo’yicha hisob kitoblarni aks ettiruvchi hisob varaqlar bo’yicha debed saldosi «boshqa debitorlarning qarzlari» moddasi bo’yicha balans aktivida ko’rsatiladi. «Mulkiy va shaxsiy sug’urta bo’yicha qarzlar» moddasi bo’yicha (500-satr) korxona xodimlarining mol-mulkini majburiy va ixtiyoriy sug’urtalash xamda korxona sug’urtalovchi bo’lgan sug’urtaning boshqa turlari bo’yicha to’lovlarga doir qarzlar ko’rsatiladi. «Byudjetdan tashqari to’lovlar bo’yicha qarzlar» moddasi bo’yicha (510satr) korxonaning davlat maqsadli jamg’armalari (Respublika yo’l jamg’armasi O’zbekiston Respublikasining byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, Davlat bandlikka ko’maklashish jamg’armasi)dan, shuningdek qonunda belgilangan tartibga muofiq O’zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashidan qarzlari ko’rsatiladi. Maskur modda bo’yicha hisob-kitoblar mexanizimini takomillashtirish va byudjetga to’lovlar intizomini mustaxkamlash bo’yicha xukumat komissiyasining qaroriga ko’ra davlat maqsadli jamg’armalariga to’lovlar kechiqtirilgan va (yoki) bo’lib-bo’lib to’lash xuquqi berilgan davlat maqsadi jamg’armalariga to’lovlar bo’yicha qarzlar summasi xam aks ettiriladi. «Boshqa kreditorlar» moddasi bo’yicha (540-satr) korxonaning kreditorlar guruxi boshqa moddalari bo’yicha o’z aksini topmagan hisob-kitoblar bo’yicha qarzi ko’rsatiladi. modda «11 bo’lim bo’yicha jami» moddasi bo’yicha (550-satr) 400 –satr Q410-satr Q420-satr Q430-satr Q440-satr Q450-satr Q460-satrlarni qo’shish natijasida ko’rsatiladi. «Balans passivi bo’yicha jami» moddasi bo’yicha (560-satr) 400 va 550satrlar bo’yicha summalar natijasi sifatida olingan passivning yakuniy summasi aks ettiriladi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling