28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari
MOLIYAVIY NATIJALAR TO’G’RISIDA HISOBOT. (2-SON SHAKL)
Download 0.95 Mb.
|
buxgalteriya hisobi fanidan
MOLIYAVIY NATIJALAR TO’G’RISIDA HISOBOT. (2-SON SHAKL).
«Maxsulot (ishlar,xizmatlar) sotilishidan tushum» moddasi bo’yicha (010-satr) korxona va tashkilotlar, shu jumladan savdo bilan shug’illanadiganlari, xaridor va byurtmachilar tomonidan tushum tarkibida to’lanadigan soliqlar bilan birgalikda maxsulot va tovarlarni sotishdan, ish va xizmatlar uchun butun tushumni (qaytarilgan tovarlar va tayyor maxsulotlar qiymatini, sotish narxlaridan xaridor chegirmalarini chiqarib tashlab) aks ettiradilar. 010-satr «Maxsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishi» hisob varag’ining kredit oboroti ma’lumotlari bo’yicha to’ldiriladi. Asosiy faoliyati mol-mulkni ijaraga berish hisoblangan korxona va tashkilotlar 010-satr bo’yicha hisoblab yozilgan ijara to’lovi summasini (moliyaviy ijara (lizing) dan tashqari) aks etiradilar. Maskur ijara to’lovi bo’yicha QQS summasi 020-satrda aks ettiriladi. «Qo’shilgan qiymat solig’i» moddasi bo’yicha (020-satr) qo’shilgan qiymat soligini to’lovchi korxonalar realizatsiya hisob varag’i bo’yicha tushim tarkibida hisobga olingan va «maxsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishi» hisob varag’i debeti va «Byudjet bilan hisob kitoblar» hisob-varag’i krediti bo’yicha «Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha hisob-kitoblar» ilova hisob varagida ko’rsatilgan summani aks ettiradilar. Qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblab chiqarish va to’lash O’zbekiston Respulikasising soliq qonunchiligiga muofiq amalga oshiriladi. «Aktsiz solig’i» moddasi bo’yicha (030-satr) aktsiz solig’ini to’lovchi korxonalar realizatsiya hisobvarag’i bo’yicha tushim tarkibida hisobga olingan xamda «Maxsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishi» hisobvaragi debeti va «Byudjet bilan hisob-kitoblar» hisob varagi krediti bo’yicha «Aktsiz solig’i bo’yicha hisob – kitoblar» ilova hisob varag’ida ko’rsatilgan summani aks ettiradilar. «Aktsiz solig’ini hisoblab chiqarish va to’lash O’zbekiston Respublikasining soliq qonunchiligiga muofiq amalga oshiriladi. 040-satrida eksport bojxona bojlari aks ettiriladi. «Maxsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishidan olingan sof tushum» moddasi bo’yicha (050-satr) maxsulot , tovarlar, ishlar, xizmatlar sotilishidan , shuningdek korxonaning yordamchi, ko’makchi va xizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqarishlari maxsulotini chetga sotishdan olingan moliyaviy natija ko’rsatiladi. Maxsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishidan olingan sof tushum hisobot davrining 020-030-040satrlari ko’rsatgichlariga kamaytirilgan 010-satrdagi ko’rsatgichiga tengdir. 060- «Sotilgan maxsulot, ishlar xizmatlarning ishlab chiqarish tannarxi» satri bo’yicha (060-satr) O’zbekiston Respug’blikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 5 fefraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsulot (io’lar, va xizmatlar)ning ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi xamda moliyaviy natijalarni shakillantirish tartibi to’g’risidagi nizomga (O’zR VMQT,1999 yil, 2son, 9-modda) muofiq «Asosiy ishlab chiqarish», «YOrdamchi ishlab chiqarish», «Xizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqarishlar va xo’jaliklar» hisob varaqlarida xarajatlarni umumlashtirish yo’li bilan olingan summa ko’rsatiladi. Savdo tashkilotlari ushbu satr bo’yicha sotilgan tovarlarning xarid qiymatini aks ettiradilar. Tovar oborotida (tovarlarni qabul qilish va sotish) ishtirok etmasdan, xizmatlar uchun to’lov sifatida daromad oladigan vositachi tashkilotlar bu satrni to’ldirmaydilar. 060-satr «Maxsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishi» hisob varag’ining debit oboroti ma’lumotlari bo’yicha «Tayyor maxsulot» yoki « Tovarlar» hisob varaklari bilan korrespondentsiyada to’ldiriladi. «Maxsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishidan yalpi foyda (zarar)» (070-satr) sotishdan sof tushum bilan ishlab chiqarish tannarxi o’rtasidagi farq (050-satr –060 satr) sifatida belgilanadi. 080-«Sotish xarajatlari», 090-«Mamuriy xarajatlar», 100-«Asosiy faoliyat bo’yicha boshqa operatsion xarajatlar va daromadlar (xarajatlar qismida) va 105-Kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqarib tashlanadigan hisobot davri xarajatlari» satrlari «Foyda va zararlar» hisob varag’ining «Davr xarajatlari» ilova hisob varag’ida umumlashtirilgan hisob malumotlari bo’yicha to’ldiriladi. 100satrning operatsion daromadlar qismi «Foyda va zararlar» hisob varag’ining «operatsion daromadlar va tushumlar» ilova hisobvarag’ining ma’lumotlari bo’yicha to’ldiriladi. Asosiy faoliyatga doir foyda (zarar) ni belgilash uchun («Asosiy faoliyatga doir foyda (zarar)» moddasining 110-satri) maxsulot(ishlar, xizmatlar) sotilishiga doir yalpi foyda (zarar) dan (070-satr) sotish xarajatlari(080-satr), mahmuriy xarajatlar (090-satr), boshqa operatsion xarajatlar (100-satr 6ustuni)summasi, kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqarib tashlanadigan hisobot davri xarajatlari summasi(105 satr) chegiriladi va boshqa operatsion daromadlar summasi qo’shiladi (100 satr 5-ustuni) . 120(«SHuba va tobe xo’jalik jamiyatlaridan olingan dividendlar») , 125 («Olingan boshqa dividendlar»), 130(«Olingan va shuhba xamda tobe xo’jalik jamiyatlariga berilgan qarzlar bo’yicha foizlar»), 135 («Olingan va to’langan boshqa foizlar») ,140 («Valyuta kursidagi farqlar») 145 (2 moliyaviy faoliyatga doir boshqa daromadlar va xarajatlar»)-hisobot satrlari «Foyda va zararlar» hisob varag’ining «Moliyaviy faoliyatga doir foyda va zararlar» ilova hisob varag’ida umumlashtirilgan malumotlar bo’yicha to’ldiriladi. 160-satr («Favqulotda foyda va zararlar») «Foyda va zararlar» hisobvarag’ining «Favqulotdda foyda va zararlar» ilova hisobvarag’ining ma’lumotlari bo’yicha to’ldiriladi. 170-satr 150 va 160-satrlarni qo’shish natijasi (Q\- belgisini hisobga olib) sifatida olingan «Daromad (foyda) solig’ini to’lashga qadar foyda (zarar)» ko’rsatiladi. Ushbu satr natijasi daromad (foyda) solig’ini hisoblash chog’ida asos hisoblanadi. 180-«Daromad (foyda) solig’i satr bo’yicha byudjetga to’lanadigan va «Hisoblab yozilgan va to’langan foyda (daromad)0 soliqlari» hisobvarag’i debeti bo’yicha hisobga olingan, hisobot davri boshidan hisoblab yozilgan daromad (foyda) solig’i summasi ko’rsatiladi. 190-«YUqorida sanalgan moddalarga kirmaydigan boshqa soliqlar va ajratmalar» satr bo’yicha yil boshidan hisoblab yozilgan, byudjet va davlat maqsadli jamg’armalariga to’lanishi kerak bo’lgan, korxona tomonidan foyda hisobiga to’lanadigan va hisobot shaklining yuqorida sanalgan moddalarida aks etmagan soliq va ajratmalar summasi aks ettiriladi. Amaldagi qonun xujjatlariga muvofiq soliq solishning alohida tartibi nazarda tutilgan korxona va tashkilotlar 190-satr bo’yicha hisoblab yozilgan yagona soliq yalpi daromad solig’i, yagona er solig’i summasini aks ettiradilar. 200-«Hisobot davrining sof foydasi (zarar)» satri bo’yicha korxonalar 170-satr-180-satr –190-satrlar farqi sifatida olingan taqsimlanmagan sof foyda (yoki qoplanmagan zararlar) summasini ko’rsatadilar. 210-380-«Byudjetga to’lovlar to’g’risida ma’lumotnoma» satrlarda korxonalar va tashkilotlar tomonidan soliq qonunchiligiga muvofiq hisoblab yoziladigan xamda byudjetga to’lanadigan to’lovlar ko’rsatiladi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling