28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari
PUL OQIMLARI TO’G’RISIDA HISOBOT
Download 0.95 Mb.
|
buxgalteriya hisobi fanidan
PUL OQIMLARI TO’G’RISIDA HISOBOT
(4- SON SHAKL ) Pul oqimlari to’g’risida hisobotda korxonaning moliya resurslaridagi barcha o’zgarishlar pul oqimlari xarakati nuqtai nazaridan aks ettiriladi. Ushbu hisobot qolgan hisobot shakllarini tuzishda hisoblab yozish usuli ishlatilishini hisobga olgan xolda inflyatsiya sharoitida korxona likvidligini yanada ob’ektiv baholash imkonini beradi. Jorish xo’jalik, investitsion va moliyaviy faoliyatining borishida pul mablag’’larining barcha o’zgarishlari shunday aks ettiriladiki, bu xol hisobot davrining boshi va oxirida pul mablag’’lari qoldiqlari va ular ekvivalentlari (yani qisqa muddatli, yuqori likvidli, malum summadagi pul mablag’’lariga erkin aylantiriladigan, qiymati o’zgarish qatoriga ozgina uchraydigan investitsiyalar) o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni belgilash imkonini beradi. «Xaridorlardan olingan pullar» moddasi bo’yicha (010-satr) sotilgan maxsulot,bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun korxonaning bankdagi hisobvaraqlariga hisobot davrida kelib tushgan mablag’’lar summasi ko’rsatiladi. 106. «Mol etkazib beruvchilarga to’langan pullar» moddasi bo’yicha (011satr) mol etkazib beruvchilarga moddiy boyliklar va xizmatlar (telefon, telegraf va xokazo) uchun to’langan pul mablag’’lari summasi ko’rsatiladi, to’lanishi tegishlicha 040- va 041 –satrlarda aks ettiriladigan uzoq muddatli aktivlarni xarid qilishga to’lovlardan tashqari. «Xizmatchilarga va xizmatchilar nomidan to’langan pullar» moddasi bo’yicha (012-satr) xodimlarga to’langan pul mablag’’lari summasi (mehnatga xaq to’lash ko’rinishida), shuningdek davlat maqsadli jamg’armalariga to’langan mablag’’lar summalari, byudjetga to’langan jismoniy shaxslar daromad solig’i, alimentlar, uy-joy fondiga, xodimlarga berilgan bank kreditlari uchun to’lov, korxonaning xodimlarga ko’rsatiladigan xizmatlarga xaq to’lashi va kassadan xamda xodimlar bilan va ular nomidan rperatsiyalarga to’g’ri keladigan bank hisobvaraqlaridan boshqa sarflar va pul mablag’’lari xamda ularning ekvivalentlarini sarflash bilan bog’liq qolgan sarflar ko’rsatiladi. «Boshqa pul to’lovlari va tushumlari» moddasi bo’yicha (013-satr) «Chiqim» ustunida royalti, turli xil taqdirlashlar, komission yig’imlar va boshqa daromadlarning to’langan pul mablag’’lari va ularning ekvivalentlari summasi, savdo va dilerlik maqsadlarida tuzilgan kontraktlar bo’yicha komission to’lovlar, konvertatsiyalangani uchun bankka komission to’lovlar va xokazolar ko’rsatiladi, «Kirim» ustunida esa ularning olingan summalari ko’rsatiladi. «Jami sof pul oqimi\xo’jalik faoliyatidan chiqim» moddasi bo’yicha (014-satr) «Kirim» ustuni bo’yicha «Q» va «CHiqim» ustuni bo’yicha «-« belgisining tasirini hisobga olgan xolda 010, 011,012, 013-satrlarni qo’shish natijasi ko’rsatiladi. «Olingan foizlar» moddasi bo’yicha (020-satr) va «To’langan foizlar» moddasi bo’yicha (021-satr) tegishlicha bank hisobvaraqlariga va korxona kassasiga olingan summa xamda to’lanadigan foizlar summasi ko’rsatiladi. Olingan va to’langan foizlar hisobi «Foyda va zararlar» hisobvaragining «Moliyaviy faoliyatga doir foyda va zararlar» ilova hisobvaragida yuritiladi. 111. «Olingan dividentlar» (022-satr) moddasi va «To’langan dividentlar» moddasi (023-satr) bo’yicha pul mablag’’lari xamda pul ekvivalentlari ko’rinishida olingan va to’langan dividentlar summasi ko’rsatiladi. «Jami sof pul oqimi\foydadan investitsiyalar va moliyaviy xizmatga chiqim» moddasi bo’yicha )024-satr) «Kirim» ustuni bo’yicha «Q» va «CHiqim» ustuni bo’yicha «-« belgisining tasirini hisobga olgan xolda 020, 021, 022, 023satrlarni qo’shish natijasi ko’rsatiladi. To’langan daromad (foyda) solig’i» moddasi bo’yicha (030-satr) to’langan daromad (foyda) solig’i summasi ko’rsatiladi. «To’langan boshqa soliqlar» moddasi bo’yicha (031-satr) barcha to’langan soliqlar, bojlar va ularga tenglashtirilgan yig’imlar va ajratmalar, yuridik va jismoniy shaxslarning daromad (foyda) soliqlari bundan mustasno, summasi ko’rsatiladi. «Jami to’langan soliqlar» moddasi bo’yicha (032-satr) 030 va 031satrlar summasi aks ettiriladi. «Nomoddiy aktivlarning xaridi va sotilishi» moddasi bo’yicha (040satr) «Chiqim» ustunida nomoddiy aktivlarni xarid qilish uchun mol etkazib beruvchiga to’langan (shu jumladan, oldindan to’langan) pul mablag’’lari va ekvivalentlari summasi ko’rsatiladi. «Kirim» ustunida moddiy aktivlarni sotish ular uchun boshqa sotish hisoblangan korxonalar nomoddiy aktivlarni sotganlik uchun kelib tushgan mablag’’lar summasi (shu jumladan, bilvosita soliqlar summasi)ni aks ettiradilar. «Uzoq muddatli moddiy aktivlarni xarid qilish va sotish» moddasi bo’yicha (041-satr) «CHiqim» ustunida uzoq muddatli moddiy aktivlar – ko’chmas mulk, binolar, uskunalar va boshqa asosiy vositalarni xarid qilganlik uchun mol etkazib beruvchiga to’langan (shu jumladan, oldindan xaq to’lash bilan) pul mablag’’lari xamda ularning ekvivalentlari summasi ko’rsatiladi, «CHiqim» ustunida uzoq muddatli moddiy aktivlarni sotish ular uchun boshqa sotish hisoblangan korxonalar uzoq muddatli moddiy aktivlarni sotishdan kelib tushgan mablag’’lar summasini (shu jumladan, bilvosita soliqlar summasini) aks ettiradilar. 118. «Xarid qilingan va qo’yilma qilingan uzoq muddatli va qisqa muddatli qo’yilmalar» moddasi bo’yicha (042-satr) «CHiqim» ustunida shu jumladan vositachilarga qimmatli qog’ozlar xaridi uchun to’langan komission pullar summasi va birjada to’langan foizlar ko’rsatiladi. «Kirim» ustunida o’ziniki bo’lmagan emissiyalangan qimmatli qog’ozlarni sotishdan tushgan mablag’’lar summasi, shuningdek banklar va boshqa yuridik shaxslarning qisqa muddatli va uzoq muddatli ssudalari xamda qarzlari aks ettiriladi. Tajriba-konstruktorlik ishlariga kapitallashtirilgan xarajatlar bilan bog’liq to’lovlar xamda ushbu modda bo’yicha aks ettiriladi. «Jami sof pul oqimi\investitsiya faoliyatidan chiqim» moddasi bo’yicha (043-satr) «Kirim» ustunida «Q» va «CHiqim» ustunida «__» belgisining tasirini hisobga olgan holda 040, 041,042-satrlarni qo’shish natijasi ko’rsatiladi. «Jami sof pul oqimi\moliyalashgacha chiqim» moddasi bo’yicha (044satr) «Kirim» ustuni bo’yicha «Q» va «Chiqim» ustuni bo’yicha «Belgisining ta’sirini hisobga olgan xolda 014, 024, 032, 043-satrlarni qo’shish natijasi ko’rsatiladi. «Sarmoyaga aktsiyalar chiqarishdan tushumlar» moddasi bo’yicha (050-satr) hisobot davrida chiqarilgan aktsiyalar uchun aktsiyadorlardan kelib tushgan pul mablag’’lari summasi aks ettiriladi. «Uzoq» muddatli va qisqa muddatli qarzlar (ssudalar) kelib tushishi» moddasi bo’yicha (051-satr) hisobot davrida «Kirim» ustunida kelib tushgan, «CHiqim» ustunida to’langan kredit va qarzlarning pul mablag’’lari summasi ko’rsatiladi. «Ijara majburiyatlari bo’yicha to’lovlar» moddasi bo’yicha (025-satr) «CHiqim» ustunida ijaraga beruvchiga to’langan, «Kirim» ustunida ijarachilar kelib tushgan pul mablag’’lari va ular ekvivalentlari summasi ko’rsatiladi. 124. «Jami sof oqim\moliyaviy faoliyatdan chiqim» moddasi bo’yicha (053satr) «Kirim» ustunida «Q» va «CHiqim» ustunida «-« belgilarining tasirini hisobga olgan xolda 050, 051, 052- satrlar summasi ko’rsatiladi. «Sof o’sish\pullar va pul ekvivalentlarining kamayishi» moddasi bo’yicha (060-satr) o’uyidagi satrlar summasining natijasi sifatida (Q\- belgilari tasirini hisobga olgan xolda) olingan kirim yoki chiqim summasi (tegishlicha «CHiqim» yoki «Kirim» ustunida) ko’rsatiladi: 044-satrQ053-satr. «Hisobot davri boshidagi xolat bo’yicha pul mablag’’lari va pul ekvivalentlari» moddasi bo’yicha (070-satr) oldingi yilning 31 dekabridagi xolat bo’yicha pul mablag’’larini hisobga olish hisobvarag’larida (50, 51, 52, 55, 56, 57, 58) pul mablag’’lari qoldiqlari summasi va korxona balansida kayd etilgan qisqa muddatli qimmatli qog’ozlar qiymati ko’rsatiladi. «Hisobot davri oxiridagi xolat bo’yicha pul mablag’’lari va pul ekvivalentlari» moddasi bo’yicha (080-satr) hisobot davrining oxirgi taqvimiy sanasidagi xolat bo’yicha pul mablag’’larini hisobga olish hisobvarag’larida (50, 51, 52, 55, 56, 57, 58) pul mablag’’lari qoldiqlari summasi va korxona balansida qayd etilgan qisqa muddatli qimmatli qog’ozlar qiymati ko’rsatiladi. «Valyuta mablag’’lari xarakati» bo’limida hisobot yilida korxona valyuta mablag’’larining xarakati ko’rsatiladi. Valyuta mablag’’lari O’zbekiston Respublikasi valyutasida hisobot davrining oxirgi sanasida O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo’yicha aks ettiriladi. 129, «Yil boshidagi qoldiq» moddasi bo’yicha (090-satr) yil boshida korxona valyuta hisobvarag’ida va kassasida bo’lgan valyuta mablag’’lari summasi ko’rsatiladi. 130. «Jami kelib tushdi» moddasi bo’yicha (100-satr) yil boshidan valyuta tushumlari umumiy summasi, «SHu jumladan:» moddasi bo’yicha esa valyuta mablag’’larini olish manbalari ko’rsatiladi: 101-satr- «sotishdan tushum»-yil boshidan korxona olgan valyuta tushumi summasi: 102-satr –«konvertatsiyalangan»-birjadan tashqari valyuta bozorida sotib olingan valyuta summasi: v) 103-satr –«olingan kredit» – xorijiy valyutada olingan kredit summasi: g) 104-satr-«boshqa manbalar»-101-103-satrlarda sanab o’tilmagan manbalar hisobiga korxonaning valyuta hisobvaraqalari va kassasiga boshqa valyuta tushumlari summasi. 113. «Jami sarflangan» moddasi bo’yicha (110-satr) korxona tomonidan turli maqsadlarga sarflangan va valyuta mablag’’larining umumiy summasi aks ettiriladi. Valyutanin sarflash yo’nalishlarini sanash «SHu jumladan:» moddasi bo’yicha 111-114-satrlarda ochib beriladi: 111-satr –«mahsulot tannarxi va davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar»- maxsulot tannarxi va davr xarajatlariga kiritilgan sarflangan valyuta mablag’’lari summasi, Masalan, bank xizmatlariga xaq to’lash: 112-satr-«mol etkazib beruvchilarga to’lovlar» –xom ashyo, materiallar, tovarlar va boshqa oborot mablag’’larni xarid qilishga sarflangan valyuta mablag’’lari summasi: v) 113-satr-«kreditorlar bo’yicha to’lovlar, shu jumladan foizlar»-valyuta kreditlari bo’yicha kreditorlarni so’ndirishga va foizlarni to’lashga sarflangan valyuta mablag’’lari summasi: g) 114-satr-«boshqa maqsadlarga»-111-114-satrlarda sanab o’tilmagan boshqa maqsadlarga sarflangan valyuta summasi. 132. «Hisobot davri oxiridagi qoldiq» moddasi bo’yicha (120-satr) hisobot davri oxirida korxonaning valyuta hisobvaraqalarida va kassasida bo’lgan valyuta mablag’’lari summasi aks ettiriladi. Bu summa: 090-satr Q100-satr –110 –satrga teng. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling