28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari
XUSUSIY SARMOYA TO’G’RISIDA HISOBOT
Download 0.95 Mb.
|
buxgalteriya hisobi fanidan
XUSUSIY SARMOYA TO’G’RISIDA HISOBOT
(5-SON SHAKL) 133 «Yil boshidagi qoldiq» moddasi bo’yicha quyidagi axborot aks ettiriladi: «Ustav sarmoyasi» 3-ustunida tasir xujjatlarida qayd etilgan ustav sarmoyasi (fondi) summasi ko’rsatiladi: «Qo’shilgan sarmoya» 4-ustunda «Ustav sarmoyasi» hisobvarag’ining «Qo’shilgan sarmoya» ilova hisobvarag’ida qayd etilgan qo’shilgan sarmoya summasi ko’rsatiladi. v) «Zaxira sarmoya» 5-ustunida qonun xujjatlariga muvofiq barpo etilgan zaxira sarmoya mablag’’lari summasi aks ettiriladi: g) «Taqsimlanmagan foyda» 6-ustunida yil boshidagi taqsimlanmagan foyda summasi ko’rsatiladi: d) «Qoplanmagan zararlar» 7-ustunida yil boshidagi korxona balansida qayd etilgan zarar summasi aks ettiriladi. «Xususiy (aktsiyadorlik) sarmoyaning o’sishi» moddasi bo’yicha (020satr) xususiy sarmoyaning o’sish summasi aks ettiriladi. «Xususiy (aktsiyadorlik) sarmoyaning kamayishi» moddasi bo’yicha (030-satr) xususiy sarmoyaning kamayish summasi aks ettiriladi. «Qimmatli qog’ozlar emissiyasi» moddasi bo’yicha (040-satr) belgilangan tartibda tegishli emissiyalar summasi aks ettiriladi. «Uzoq muddatli aktivlarni qayta baxolash» moddasi bo’yicha (050-satr) asosiy fondlar, nomoddiy aktivlar va boshqa uzoq muddatli aktivlarni qonun xujjatlarida belgilangan tartibda o’tqazilgan qayta baxolash summasi aks ettiriladi. 138. «Ustav sarmoyasini shakllantirish chog’ida kursdagi farq» moddasi bo’yicha (060-satr) buxgalteriya va statistika hisobida «Ustav sarmoyasi» hisobvarag’ining «Qo’shilgan sarmoya» ilova hisobvarag’ida qo’shilgan sarmoya sifatida aks ettiriladigan, korxona ustav sarmoyasini shakllantirish chog’ida tasis xujjatlarini ro’yxatga olish sanasi va mablag’’larni ustav sarmoyasiga xakikatda kiritish sanasida Markaziy bank kurslari o’rtasida yuzaga keladigan kurs farqi aks ettiriladi. «Zaxiraga ajratmalar» moddasi bo’yicha (070-satr) barpo etilishi tasis xujjatlari va qonun xujjatlarida nazarda tutilgan zaxira fondiga hisoblab yozilgan mablag’’lar summasi aks ettiriladi. «Joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (zarari)» moddasi bo’yicha (080-satr) hisobot davrida olingan taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) summasi ko’rsatiladi. «To’langan dividentlar» moddasi bo’yicha (090-satr) oldingi yil uchun hisobot davri boshidagi taqsimlanmagan foydadan hisoblab yozilgan dividentlar summasi ko’rsatiladi. «Hisobot davri oxiridagi qoldiq» moddasi bo’yicha (100-satr) tegishli ustunlar bo’yicha «Ustav sarmoyasi» xisovarag’ining «Ustav sarmoyasi» «Qo’shilgan sarmoya», «Zaxira sarmoya» ilova hisobvaraqlari bo’yicha hisobot davri oxiridagi saldo va taqsimlanmagan foyda summasi ko’rsatiladi. «Hisobot davri oxirida ustav sarmoyasiga kiritilgan badallar» moddasi bo’yicha (130-satr) muassislar va aktsiyadorlar tomonidan korxona ustav sarmoyasiga haqikatda kiritilgan mablag’’lar summasi kiritiladi. 120-142-satrlarni aktsiyadorlik jamiyatlari to’ldiradi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling