28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari
DEBITORLIK VA KREDITORLIK QARZLARI TO’G’RISIDA
Download 0.95 Mb.
|
buxgalteriya hisobi fanidan
DEBITORLIK VA KREDITORLIK QARZLARI TO’G’RISIDA
MA’LUMOTNOMA «Debitorlar va kreditorlar ro’yxati» 2-ustunida korxona va tashkilotning hisobot davrining oxirgi sanasidagi xolat bo’yicha o’zaro hisob-kitoblari xolati aks ettiriladi. Mazkur ustunda debitor va kreditorlar ro’yxati debitor (kreditor)dan yuqori turuvchi vazirliklar (idoralar) bo’yicha keltiriladi. Agar debitor (kreditor) yuqori turuvchi vazirlik (idora)ga ega bo’lmasa, yuridik shaxsning to’liq nomini ko’rsatish zarur. O’zbekiston Respublikasidan tashqaridagi qarzlar bo’yicha debitor (kreditor)ning nomi (to’liq yoki umumqabul qilingan qisqartishlar bilan) ko’rsatiladi, shuningdek qavslarda mamlakat nomi ko’rsatiladi. 2-ustunda 2, 2.1.2, 3, 5, 5.1.2, 6-satrlar bo’yicha debitorning nomini ko’rsatish lozim. 3-ustunida qarzning umumiy summasi ko’rsatiladi, xususan: 1-satr bo’yicha debitorlik qarzining umumiy summasi ko’rsatiladi, u 3ustunning 2.1 va 3.1 –satrlari summasiga teng bo’lishi kerak: 4-satr bo’yicha kreditorlik qarzining umumiy summasi ko’rsatiladi, u 3- ustunning 5.1 va 6.1 –satrlari summasiga teng bo’lishi kerak. Debitorlik qarzining umumiy summasi o’z ichiga: tushumga doir ijara majburiyatlari bo’yicha hisob-kitoblar, xaridorlar va byurtmachilar bilan hisobkitoblar. Berilgan bo’nak to’lovlari bo’yicha hisob-kitoblar, byudjet bilan hisobkitoblar, boshqa operatsiyalar bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar, shuhba va tobe xo’jalik jamiyatlari bilan hisob-kitoblar, ichki xo’jalik hisob-kitoblari, davollar bo’yicha hisob-kitoblar, hisobot beruvchi shaxslar bilan xtisob-kitoblar, ustav sarmoyasiga ulushlar bo’yicha muassislar bilan hisob-kitoblar, boshqa debitorlar bilan hisob-kitoblar, shu jumladan idora ichidagi korxonalar bilan hisobkitoblarni oladi. Bunda idora ichidagi hisob-kitoblar deganda mustaqil balansga ega bo’lgan va bir muayyan vazirlik, idora, korporatsiya, uyushma, kontsern xamda birlashma tarkibiga kiradigan korxonalar va tashkilotlar o’rtasidagi hisobkitoblar tushiniladi. Buxgalteriya balansida idora ichidagi hisob-kitoblar summasi yoyib ko’rsatiladi: debitorlik summasi-280-satr bo’yicha balans aktivida, kreditorlik summasi-530-satr bo’yicha balans passivida. Debitorlik qarzining umumiy summasiga muvofiq kelishi kerak. Kreditorlik qarzining umumiy summasi uz ichiga: olingan bo’naklar bo’yicha hisob-kitoblar, mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisobkitoblar, byudjet bilan hisob-kitoblar, mexnatga xak to’lash bo’yicha qarz, mulkiy va shaxsiy sug’urta bo’yicha qarz, davlat maqsadli jamg’armalaridan qarz, shuhba va tobe jo’jalik jamiyatlaridan qarz, dividentlar to’lash bo’yicha qarz, boshqa operatsiyalar bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar, boshqa kreditorlar bilan hisob-kitoblar, shu jumladan idora ichidagi korxonalar bilan hisob-kitoblarni oladi. Kreditorlik qarzining umumiy summasi buxgalteriya balansi 1-son shaklining 460satri summasiga muvofiq kelishi ekrak. 147. 3-ustunda 2, 2.1 , 2.1.2, 2.2, 3, 3.1-satrlar bo’yicha 1-satrda aks ettirilgan debitorlik qarzining umumiy summasi quyidagi tartibda ochib beriladi: 2-satr bo’yicha O’zbekiston Respublikasi ichidagi debitorlik qarzi ko’rsatiladi: 2,1-satr bo’yicha O’zbekiston Respublikasi ichidagi debitorlik qarzi umumiy summasi, shu jumladan 2-satr bo’yicha hisoblangan idora ichidagi qarz ko’rsatiladi: v) 2.1.2-satr bo’yicha 2.1-satrdan ajratilgan,idora ichidagi debitorlik qarzi summasi ko’rsatiladi: g) 2.2-satr bo’yicha 2.1.2-satr bo’yicha hisoblangan idora ichidagi debitorlik qarzining umumiy summasi beriladi: 3-satr bo’yicha O’zbekiston Respublikasidan tashqaridagi debitorlik qarzi ko’rsatiladi: 3.1 satr bo’yicha 3-satr bo’yicha hisoblangan , O’zbekiston Respublikasidan tashqaridagi debitorlik qarzining umumiy summasi ko’rsatiladi. 5, 5.1 5.1.2, 5.2, 6, 6.1 –satrlar 146-bandga o’ura debitorlik o’arziga o’xshash tartibda to’ldiriladi. Debitorlik va kreditorlik qarzlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasi 1998 yil 26 iyunda 17-07\62, 98-106-son bilan tasdiqlagan Buxgalteriya hisobi va hisobotida debitorlik va kreditorlik qarzlarini yagona narxlarda aks ettirish tartibiga (ro’yxat raqami 458, 1998 yil 29 iyun) binoan hisobga olinadi. 148. 4-ustunda muddati kechiqtirilgan, qonun xujjatlarida belgilangan muddatlarda so’ndirilmagan qarzning umumiy summasi ko’rsatiladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 19 iyo’ldani «O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 12 maydagi «Xalq xo’jaligida hisob-kitoblar o’z vaqtida amalga oshirilishi uchun korxona va tashkilotlar raxbarlarining masuliyatini oshirish choratadbirlari to’g’risida» PF-1154-son Farmonini qisman o’zgartirish xaqida» PF-2340-son Farmonini (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasi, 1999 yil 7-son) 1-bandiga muvofiq tovarlar amalda yuklab jo’natilgan, ishlar bajarilgan, xizmatlar ko’rsatilgan kundan boshlab 90 kun o’tgach debitorlik qarzi kechiqtirilgan deb hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 21 sentyabrdagi «Tabiiy gaz uchun etkazib berishlar va hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish to’g’risida» 439-son qarori (O’zbekiston Respublikasi xukumatining qarorlari to’plami», 1999 yil, 9-son, 57 modda) ga ko’ra ayrim korxonalarga (qarorning 5ilovasi) mavsumiylik va texnologik jarayonlar xususiyatlaridan kelib chiqib, istisno tartibida etkazib berilgan gaz uchun «O’ztransgaz» Akga 120 kun davomida xak to’lash xuquqi berilgan. Ushbu korxonalar uchun kechiqtirilgan debitorlik qarzi muddati tovarlar amalda yuklab jo’natilgan, ishlar bajarilgan. Xizmatlar ko’rsatilgan kundan boshlab 120 kun o’tishi bilan belgilanadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2000 yil 29 iyundagi «Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustaxkamlash choratadbirlari to’g’risida» 245-son qarori (O’zbekiston Respublikasi xukumatining qarorlari to’plami» , 2000 yil, 6-son, 33-modda)ga ko’ra markazlashtirilgan eksport operatsiyalari bo’yicha tushumning kelib tushish yoki qaytadan olib kirish muddati 60 kundan, muassislar tomonidan xorijdagi korxonalar (savdo uylari, savdo vakolatxonalari, shuhba va tobe xo’jalik jamiyatlari, firma do’konlari, dilerlik tarmoqlari va konsignatsiya omborlari)) manziliga olib chiqiladigan tovarlar bo’yicha esa -180 kundan oshmasligi kerak. Tashqi savdo operatsiyalari bo’yicha qarz bojxona chegarasini kesib o’tgandan so’ng tegishlicha 60 va 180 kun o’tgach kechiqtirilgan hisoblanadi. Byudjet va davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy to’lovlar bo’yicha kreditorlik qarzi qonun xujjatlarida belgilangan to’lov muddatlari tugagan kundan keyingi kundan boshlab kechiqtirilgan hisoblanadi. Boshqa kreditorlik qarzlari bo’yicha kechiqtirish muddati so’ndirishning muayyan muddatlari belgilangan xo’jalik shartnomalari asosida belgilanadi. 149. Korxonaga bog’liq bo’lmagan sabablar bo’yicha xosil bo’lgan qarzlarga doir: 5-ustunda korxonaga bog’liq bo’lmagan sabablarga ko’ra xosil bo’lgan umumiy qarz ko’rsatiladi, xususan:6 1-satr bo’yicha debitorlik qarzining umumiy summasi ko’rsatiladi, u 1-satr bo’yicha 7,9,11,12-ustunlarda ko’rsatilgan summaga teng bo’lishi kerak: 4-satr bo’yicha kreditorlik qarzining umumiy summasi ko’rsatiladi, u 4-satr bo’yicha 7,9,11,12 –ustunlarda ko’rsatilgan summaga teng bo’lishi kerak: 6-ustunda kechiqtirilgan qarzning umumiy summasi ko’rsatiladi (kechiqtirish muddati mazkur Ko’rsatmalarning 148-bandiga muvofiq belgilanadi). V) 7-ustunda xukumat qaroriga ko’ra xakini to’lamasdan yuklab jo’natilgan (olingan) maxsulot (ishlar, xizmatlar) bo’yicha korxona va tashkilotning umumiy debitorlik (kreditorlik) qarzi ko’rsatiladi. Undan kechiqtirilgan qarz 8-ustunda ask ettiriladi (kechiqtirish muddati mazkur Ko’rsatmaning 148-bandiga muvofiq belgilanadi): G) 9-ustunda ular bo’yicha davlat resurslari va fondlaridan xom ashyo va materiallar yuklab jo’natilishi nazarda tutilgan, hisoblab o’tkazilgan bunday to’lovlari summasi ko’rsatiladi. Undan kechiqtirilgan debitorlik qarzi 10-ustunda ko’rsatiladi (kechiqtirish muddati mazkur Ko’rsatmalarning 148-bandiga muvofiq belgilanadi). 9 va 10 –ustunlarda aks ettiriladigan axborot faqat debitorlik qarzi qismida to’ldiriladi: 11-ustunda unga doir belgilangan tartibda qarzni so’ndirishni kechiqtirish xuquqi berilgan korxona va tashkilotning qarzi aks ettiriladi: 12-ustunda unga doir qonun xujjatlariga muvofiq taqdim etilgan davolar bo’yicha sud taxlili jarayoni borayotgan qarz summasi ko’rsatiladi. SHu erda unga doir xo’jalik sudining kreditorlik undirish to’g’risida qarori chiqqan qarz aks ettiriladi. 150. Zarurat tug’ilganda korxona va tashkilotlarga, agar xukumatning tegishli qarori mavjud bo’lsa, «Korxonaga bog’liq bo’lmagan sabablarga ko’ra xosil bo’lgan qarz» bo’limida qo’shimcha ustunlar ochishga ruxsat beriladi. 151. 2a-shaklining satrlari soni tegishlicha 2,2.1.2 3 va 5, 5.1.2, 6-satrlar bo’yicha ko’rsatiladigan debitorlar va kreditorlar soni bog’liq bo’ladi. 2a-shaklga raxbar va bosh buxgalter imzo chekadi xamda xar bir saxifada muxr bilan tasdiqlanadi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling