8- TUSHUNTIRISH XATI
Moliyaviy hisobotga tushuntirishlar tashkilotning hisob siyosatini ochib berishi va hisobotdan foydalanuvchilarni korxonaning mulkiy va moliyaviy axvolini real baxolash uchun zarur bo’lgan qo’shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlash kerak.
Moliyaviy hisobotga tushintirish xati O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1998 yil 26 iyo’lda 17-07\86-son bilan tasdiqlagan «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti
(1-son BXMS) (ro’yxat raqami 474, 1998 yil 14 avgust, «O’zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo’mitalari va idoralarining me’yoriy xujjatlari axborotnomasi», 1999 yil, 5-son) da nazarda tutilgan talablarga muvofiq tuziladi.
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotni tuzish tartibi
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot 3 Buxgalteriya hisobi Milliy andozasi «Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot» ga binoan joriy buxgalteriya ma’lumotlari bo’yicha tuziladi.
Quyida Adliya vazirligida 2003 yil 24 yanvarda 1209-son bilan ro’yxatdan o’tgan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 27 dekabrdagi 140 sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotning shakli keltiriladi.
Korxona, tashkilot Tarmoq
Tashkiliyhuquqiy shakli Mulkchilik shakli Vazirlik, idora va boshqalar
Soliq to’lovchining identifikatsion raqami
Hudud
Manzil
O’lchov birligi, ming so’m
BHUT bo’yicha 2shakl KTUT bo’yicha XXTUTbo’yicha TPPT bo’yicha
MSHT bo’yicha DBIBT bo’yicha
SITR MHBT
Jo’natilgan sana qabul qilingan sana taqdim qilish muddati
2shakl
Kodlar
Do'stlaringiz bilan baham: |