28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari
Satr turi O’tgan yilning shu davrida
Download 0.95 Mb.
|
buxgalteriya hisobi fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Daromad (foyda) Xarajatlar (zararlar) 1
Hisobotning 010 satri 9000 «Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar»ining tegishli (9010 9030) schyotlaridan olinadi. Bu schyotlarning summasidan 9040 va 9050 schyotlarining summasi chiqarib tashlanadi. Asosiy faoliyati mulklarni ijaraga berish bo’lgan korxonalar 1satrda hisoblangan ijara haqi (lizing to’lovi) summasini ko’rsatadi. Vositachilik (dallolchilik) bilan shug’ullanadigan korxonalar 010satrda komission yig’imlar summasini aks ettiradi. 020 satr summasi 9100 «Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar»ining tegishli schyotlari (91109130) dan olinadi. Savdo korxonalari bu satrda sotilgan tovarlarning sotib olish qiymatini aks ettiradi. Xizmati uchun haq oladigan vositachi korxonalar bu satrni to’ldirmaydi. 030 satr summasi 010 satr summasidan 020 satr summasini ayig’ib tashlash yo’li bilan topiladi. 040 satrda 050, 060,070, 080satrlarning jami summasi aks ettiriladi. 050 satrda 9410 «Sotish xarajatlari» schyotida hisobga olingan sotish xarajatlari aks ettiriladi. 060 satrda 9420 «Mahmuriy xarajatlar» schyotida hisobga olingan summa aks ettiriladi. 070 satrda 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» schyotida hisobga olingan summa aks ettiriladi. 080 satrda 9440 «Kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan hisobot davri xarajatlari» schyotida hisobga olingan summa aks ettiriladi. 090 satrning summasi 9300 «Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlari»ning tegishli schyotlari (93109390)dan olinadi. 100 satrning summasi 030 satr summasidan 040satr summasini olib tashlab 090 satr summasini qo’shish yo’li bilan topiladi. 110 satrda 120,130, 140,150,160 satrlarning jami summasi aks ettiriladi. 120 satrda 9520 «Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar» schyotining summasi aks ettiriladi. 130 satrda 9530 «Foizlar ko’rinishidagi daromadlar» schyotining summasi aks ettiriladi. 140 satrda 9550 «Uzoq muddatli ijaradan olingan daromadlar» schyotining summasi aks ettiriladi. 150 satrda 9540 «Valyutalar kurslari farqlaridan daromadlar» schyotining summasi ko’rsatiladi. 160 satrda 9510 «Royalti ko’rinishidagi daromadlar», 9560 «Qimmatli qog’ozlarni qayta baholashdan daromadlar» va 9590 «Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari» schyotlarining ma’lumotlari aks ettiriladi. 170 satrda 180, 190,200,210 satrlar jami summasi aks ettiriladi. 180 satrda 9610 «Foizlar ko’rinishidaga xarajatlar» schyotida hisobga olinadigan bank kreditlari va qarzlar bo’yicha to’langan foizlar summasi aks etgariladi. 190 satrda 9610 «Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar» schyotida hisobga olinadigan uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing) bo’yicha to’langan foizlar aks ettiriladi. 200 satrda 9620 «Valyutalar kurslari farqlaridan zarar» schyotida hisobga olinadigan valyuta muomalalari bo’yicha salbiy kurs farqlari summasi aks ettiriladi. 210 satrda 9630 «qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish bo’yicha. xarajatlar» va 9690 «Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar» schyotlarining ma’lumotlari aks ettiriladi. 220 satrning summasi 100 satr summasiga 110 satr summasini qo’shib 170satr summasini olib tashlash yo’li bilan topiladi. 230 satrning «Daromad (foyda)» xonasi 9710 «Favquloddagi foydalar» schyotining ma’lumotlariga asosan to’ldiriladi, «Xarajatlar (zarar)» xonasiga yozish uchun ma’lumot 9720 «Favquloddagi zarar» schyotidan olinadi. 240 satrning summasi 220 satr summasiga 230 satr summasini qo’shish yoki olib tashlash yo’li bilan topiladi. Bu ma’lumot 9910 «YAkuniy moliyaviy natija» schyotining summasiga teng bo’lishi kerak. 250 satr summasi 9810 «Daromad (foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar» schyoti ma’lumotidan olinadi. 260 satr summasi 9820 «Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig’imlar bo’yicha xarajatlar» schyoti ma’lumotidan olinadi. Amaldagi qonunchilikka binoan alohida tartib bo’yicha soliqqa tortiladigan korxonalar 260 satrda hisoblangan yagona soliq, yalpi tushumdan soliq, vaqtinchalik daromaddan olinadigan yagona soliq, yagona er solig’i summasini aks ettiradi. 270 satr summasi 240 satr summasidan 250 va 260 satrlar summasini olib tashlash yo’li bilan aniqlanadi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling