28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


Pul mablag’’larining tushumi Pul mablag’’larining chiqimi


Download 0.95 Mb.
bet64/79
Sana22.12.2022
Hajmi0.95 Mb.
#1042101
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   79
Bog'liq
buxgalteriya hisobi fanidan

Pul mablag’’larining tushumi Pul mablag’’larining chiqimi
Aktsiyalar chiqarishdan olinadigan Xususiy aktsiyalarni sotib olish bo’yicha
tushumpar to’lanmalar

Qarzga olingan mablag’’lar tushumi Qarelarning qaytarilishi (operatsion (chiqaripgan vekseppar, obligatsiyapar va faoliyatda aks ettiripadigan qarelar bo’yicha boshqa uzoq muddatli qarzlar) foizlardan tashqari)
Aktsionerlarga dividentlar to’lash va
kapitalning boshqa [o’rinishdagi taqsimlanishi
Moliyalashtiradigan ijara bilan bog’liq
bo’lgan majburiyatlar bo’yicha to’lovlar
O’zbekistsn Respublikasi № MOLIYA vazirligining 2002 nil 21 dekabrdagi
140 son buyrug’i bilan tasdiqlangan «Pul oqimlari to’g’risida»gi hisoboti shaklini keltiramiz.
PUL OQIMLARI TO’G’RISIDAGI HISOBOT (4sonli shakl)
20 ________ yil uchun BXUT bo’yicha 4shakl
KTUT bo’yicha
Korxona, tashkilot
XXTUT bo’yicha TXSHTbo’yicha MSHT bo’yicha DBIBT bo’yicha STIR
MXOBT Jo’natilgan sana
Qabul qilingan sana Taqtsim qilish muddati
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot (4shakl)

Ko’rsatkichlar nomi

Qator №

Chiqim

Kirim




Operatsion faoliyat







Mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan kelib tushgan pul mablag’’lari

010






Material, tovar, ish va xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilarga to’lanadigan pul mablag’’lari

020






Xodimlarga va ular nomidan to’langan pul mablag’’lari

030






Operatsion faoliyatning boshqa pul tushumlari va to’lovlari

040






Jami operatsion faoliyatining sof kirimi (chiqimi) satr 010020030+(40)

050






Investitsiya faoliyati







Asosiy vositalarni sotib olish va sotish

060






Nomoddiy aktivlarni sotib olish va sotish

070






Uzoq muddatli moddiy aktivlarni sotib olish va sotish

080






Investitsiya faoliyatining boshqa pul tushumlari va to’lovlari

090






Jami investitsiya faopiyatining sof pul kirimi (chiqimi) (satr 060+070+080+090)

100






Moliyaviy faoliyat







Olingan va to’langan foizlar

110






Olingan va to’langan dividendlar

120






Aktsiya chiqarishdan yoki xususiy kapital bilan bog’liq bo’lgan boshqa instrumentlardan kelgan pul tushumlari

130






Xususiy aktsiyalar sotib olingandagi pul to’lovlari

140






Uzoq va qisqa muddatli kredit va qaralari bo’yicha pul tushumlari va to’lovlari

150






Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lieing) bo’yicha pul tushumlari va to’lovlari

160






Moliyaviy faoliyatning boshqa pul tushumlari va

170






to’lovlari










Jami moliyaviy faoliyatning sof kirimi (chiqimi) (satr
110+(120)+130140+(150)+(160)+(170»

180



Soliqqa tortish




To’langan daromad (foyda) solig’i

190



To’langan boshqa soliqlar

200



Jami to’langan soliqlar (satr 190+200)

210



Jami moliyaviy ho’jalik faoliyatining sof pul kirim chiqimi (satr 050+100+180210)

220



Yil boshiga pul mablag’’lari

230



Yil oxiriga pul mablag’’lari

240




CHet el valyutasidagi pul mablag’’lariningharakati to’g’risidagi ma’lumot
Ko’rsatkichlar nomi satr tor kodi Miqdori summa
Yil boshiga qoldik 250
Kelib tushgan valyuta mablag’’lari, 260
jami(satr261+262+263+264) shu jumladan:
Sotishdan olingan tushum 261
Konvertatsiya qilingan 262
Moliyaviy faoliyat bo’yicha 263
B oshqa manbalar 264 Sarflangan valyuta mablag’’lari, jami(satr 270 271+272+273), shujumladan:
Mol yetkazib beruvchilar va ludratchilarga 271 to’lovlar
Moliyaviy faoliyat bo’yicha to’lovlar 272
Boshqa maqsadlar uchun 273
Yil oxiridagi qoldiq (satr 250+260270) 280
Rahbar:
Bosh buxgalter
010 satrda hisobot davrida sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmatlar)i uchun schyotiga va kassasiga tushgan pul mablag’’lari aks ettiriladi.
020 satrda olingan material, tovar, ishlar va xizmatlar uchun mol yuboruvchilariga to’langan pul mablag’’lari (sotib olingan uzoq muddatli aktivlar uchun to’langanidan tashkari) aks ettiriladi.
030 satrda pul mablag’’larining maqsadlar uchun sarflanishi ko’rsatiladi: xodimlarga to’langan ish xaqi, mukofotlar, pensiya, bandlik, shaxsiy sug’urta jamg’armasiga to’lanmalar; byudjetga daromad solig’i to’lash, kasaba uyushmalariga to’lanmalar; aliment to’lovlari, turarjoy jamg’armasiga to’lovlar; xodimlarga berilgan bank kreditlari bo’yicha to’lovlar va unga o’xshagan mablag’’lari aks ettiriladi.
040 satrda royalti, turli xil to’lovlar, komission yig’imlar va boipha operatsion faoliyatdan olingan, to’langan pul mablag’’lari aks ettiriladi.
050 satrda qo’shuv, oluv alomatlarini inobatga olgan xolda 010,020, 030, 040 satrlarining yig’indisi aks ettiriladi.
060 satrda sotilgan va sotib olingan asosiy vositalar uchun kelib tushgan «kirim» va sarflangan «chiqim» pul mablag’’lari aks ettiriladi.
070 satrda sotilgan va sotib olingan nomoddiy aktivlar uchun kelib tushgan
«kirim» va sarflangan «chiqim» pul mablag’’lari aks ettiriladi.
080 satrda sotib olingan «chiqim» va sotilgan «kirim» qimmatli qog’ozlar va investitsiyalarning boshqa instrumentlaridan kelib tushgan «kirim» va sarflangan «chiqim» pul mablag’’lari aks ettiriladi.
090 satrda boshqa investitsion faoliyatdan olingan «kirim» va to’langan «chiqim» pul mablag’’lari aks ettiriladi.
100 satrda 060, 070, 080, 090 satrlarning shpos bilan belgilangan yig’indisi «kirim», minus bilan belgilangan yig’indisi «chiqim» ustunlarida aks ettiriladi.
110 satrning «kirim» ustunida olingan foizlar summasi, «chiqim» ustunqtsa to’langan foizlar summasi aks ettiriladi.
120 satrning «kirim» ustunida olingan dividendlar summasi, «chiqim» ustunida to’langan dividendlar summasi aks ettiriladi.
130 satr bo’yicha sotilgan aktsiyalar bo’yicha aktsionerlardan tushgan pul mablag’’lari aks ettiriladi.
140 satrda keyinchalik tarqatish yoki bekor qilish uchun sotib olingan o’z aktsiyalari bo’yicha to’langan pul mablag’’lari aks ettiriladi.
150 satrda hisobot davrida olingan kreditlar «kirim» va to’langan qarzlar «chiqim» summasi aks ettiradi.
160 satrning chiqim ustunida ijaraga beruvchi (lizing beruvchi)ga to’langan,
«kirim» ustunida ijaraga oluvchi (lizing oluvchi) tushgan pul mablag’’lari aks ettiriladi.
170 satrda boshqa moliyaviy faoliyatdan olingan «kirim» va to’langan «chiqim» pul mablag’’lari aks ettiriladi.
180 satrda 110, 120,130,140,150,160,170 satrlarning plyus bilan belgilangan yig’indisi «kirim», minus bilan belgilangan yig’indisi «chiqim» ustunlarida aks ettiriladi. 190 satrda to’langan daromad (foyda) solig’i summasi aks ettiriladi.
200 satrda daromad (foyda) solig’idan tashqari soliqlar, popshinalar va ularga tenglashtirilgan yig’im va ajratmalar summasi aks ettiriladi.
210 satrda 190 va 200 satrlarning summasi aks ettiriladi.
220 satrda 050, 100, 180, 210 satrlarning plyus bilan belgilangan yig’indisi «kirim», minus bilan belgilangan yig’indisi «chiqim» ustunlarida aks ettiriladi.
230 satrda korxona balansining 320 satrini 3 ustunida ko’rsatilgan pul mablag’’larini hisobga oladigan schyotlarda (5000, 5100, 5200, 5500, 5600, 5700)gi qoldiqlari summasi aks ettiriladi.
CHet el valyutasidagi pul mablag’’larining harakati to’g’risidagi ma’lumotda shunday mablag’’larning hisobot davridagi harakati ko’rsatiladn.

Bosh buxgalter
Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot ma’lumotlariga asosan korxonaning bozor faolligi ko’rsatkichlarini tahlil qilish mumkin. Bu ko’rsatkichlar kompaniyaning aktsiyalarining qiymati va daromadliligani ta’riflaydi.
1.Bir aktsiyaga to’g’ri keladigan foyda (AF) quyidagicha aniqlanadi:
AF = Sof foyda (SSF) imtiyozli aktsiya bo’yicha dividendlar Muomaladagi odatiy aktsiyalar soni.
Bu ko’rsatkich muomaladagi bir oddiy aktsiyaga qancha sof foyda to’g’ri kelishini ko’rsatadi. Bu bozor iqtisodiyoti sharoitida eng zaruriy ko’rsatkichlardan biri bo’lib hisoblanadi.
2.Aktsiyaning bozor bahosi bilan bir aktsiyaga to’g’ri keladigan foydaning nisbati (BF) quyidagicha aniqlanadi.
BF=Bir aktsiyaning boeor qiymati AF
Bu ko’rsatkich kompaniyaning bir so’m sof foydasiga aktsionerlar necha so’m to’lashga roziligini bildiradi. Masalan, «A» kompaniyasida bu ko’rsatkich 10 so’m bo’lib, «B» kompaniyasida 8 so’m bo’lsa, investorlar «A» kompaniyasining investitsiya sifatini afzalroq baholaydi. SHu ko’rsatkich boshqa kompaniyalarning bir aktsiyasiga to’g’ri keladigan foyda dinamikasi bo’yicha baxolanadi.
3.Bir aktsiyaning balans qiymati (ABQ) quyidagicha aniqlanadi:
ABQ=Aktsioner kapitalining qiymati imtiyozli aktsiyalar
Muomaladagi oddiy aktsiyalar
Bir aktsiyaning balans qiymati buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlariga binoan bir odtsiy aktsiyaga to’g’ri keladigan korxonaning sof aktivlari qiymatini ko’rsatadi.
4.Bir aktsiyaning bozor qiymati bilan balans qiymatining nisbati uning bozor qiymati qancha ekanpigini ko’rsatadi va u quyqdagicha anshhlanadi:
Bir aktsiyaning bozor qiymati bilan Bir aktsiyaning bozor qiymati Balansqiymatining nisbati=Bir aktsiyaning balans qiymati

  1. Dividend daromad yoki dividend normasi quyidagicha aniqlanadi: Dividend daromad (haqiqiy foyda) Bir aktsiyaning dividendi normasi bir aktsiyaning bozor qiymati

  2. Aktsiyaga egalik qilish davrida daromadliligi (AD) muhim ahamiyatga ega bo’lib, u quyidagicha aniqlanadi: AD=D+(S*S); bu erda:

D olinadigan dividend summasi.
S* sotish narxi.
S sotib olish narxi.
7. To’lanadigan dividendlar ulushi quyidagicha aniqlanadi (T.d.u)
T.d.u = Bir aktsiyaga to’g’ri keladigan dividend
Bir aktsiyaga to’g’ri keladigan sof foyda
Bu ko’rsatkich tahlilining xususiyati shundan iboratki, uning «yaxshi» yoki «yomon» darajasi bo’lmaydi. Lekin buning umumiy ko’rsatkichi 1 dan oshmasligi kerak.. Bu demak, kompaniya dividend to’lash uchun yetarli darajada foyda olganligini ko’rsatadi. Agar bu ko’rsatkich 1 dan oshib ketsa, kompaniya moliyaviy imkoniyatidan oqilona foydalanmaganligini yoki rezerv kapitalidan qarz olganligini ko’rsatadi.
Ortiqcha to’langan dividendlar xususiy kapitalni kamaytirishga olib keladi.
1996 yil 12 sentyabrdan amalga kiritilgan Buxgalteriya hisobi Qonuni Respublikamiz hisob tizimining asosiy qonuni hisoblanadi. Respublikaning bozor iqtisodiyotiga bosqichma - bosqich o’tish tajribasi shuni ko’rsatadiki endilikda xalqaro hisob qoidalariga asoslangan hisob va moliyavii hisobotvi tuzish tamoyillariga e'tiborni yaratish zarur. Uzbekiston Respublikasi Vazirlar
Maxkamasining 1994 yil 26 martdagi 164-sonli "O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti tshgrisidagi Nizomni tasdiqlash to’g’risida"gi qarori bilan qabul qilingan va amalga kiritilgan Nizom buxgalteriya qonunchiligiga
1995 - 1998 yillar davomida kiritilgan o’zgarishlar qilinishi munosabati bilan hamda Respublikamiz hisob siyosatini xalqaro hisob andozalari darajasiga
yetkazish maqsadlarida qayta ko’rib chiqish zaruriyatini keltirib chiqardi. Shu maqsadlarda, hamda hisob sistemasini mustaxkamlash maqsadlarida Respublikamiz yetakchi mutaxassislari ishtirokida buxgalteriya hisobi milliy andozalari tayyorlanib, Adliya Vazirligi tomonidan tasdiqlandi.
1999 yil 5 fevralda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 54sonli "Maxsulot (ishlar, dizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida"gi Nizomni tasdiqlash to’gisidagi qarori bilan 1999 yilning 1 yanvaridan boshlab, 1994 yil 26 martdagi
164-sonli qaror bilan tasdiqlangan Nizom uz kuchini yo’qotdi. Respublikadagi barcha yuridik korxonalar 1999 yil 1 yanvaridan boshlab buxgalteriya hisobining tasdiqlangan va amalga kiritilgan (amalga kiritilmoqda) milliy andozalari asosida olib borishlari lozim.
Ushbu andozalarni qo’llash amaliyotini ko’rib chiqishda dastlab moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslaridan boshlash lozim.
Ushbu konseptual asos O’zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi to’gisidagi Qonuni asosida ishlab chiqilgan va foydalanuvchilarda moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish tartibini belgilab beradi. Konseptual asosni o’rganishda dastlab quyidagi itisodiy terminlar mazmunini yoritish kerak. Jumladan: Moliyaviy hisobot deganda-qanday xo’jalik yurituvchi sub'ektning ma'lum bir davrdagi faoliyatini ko’rsatuvchi moliyaviy axborotni taqdim etish usuli tushuniladi. Moliyaviy hisobotni maqsadi- xo’jalik yurituvchi sub'ektning moliyaviy axvoli uning faoliyat ko’rsatkichlari to’gisida hamda pulmablag’’lari xarakati haqida iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun foydalanuvchilar keng doirasiga zarur bo’lgan axborotni taqdim etish hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar deganda, doimiy va bo’lg’usi investorlar kreditorlar maxsulot yetkazib beruvchilar, xaridorlar, xodimlar, shuningdek xukumat muassasalari vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar tushuniladi. Ushbu konseptual asosda quyidagi moliyaviy hisobotning tamoyillari ham keltirilgan.
Moliyaviy hisobot deganda-qanday xo’jalik yurituvchi sub'ektning ma'lum bir davrdagi faoliyatini ko’rsatuvchi moliyaviy axborotni taqdim etish usuli tushuniladi. Moliyaviy hisobotni maqsadi- xo’jalik yurituvchi sub'ektning moliyaviy axvoli uning faoliyat ko’rsatkichlari tugrisida hamda pul mablag’lari harakati haqida iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun foydalanuvchilar keng doirasiga zarur bo’lgan axborotni taqdim etish hisoblanadi. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar deganda, doimiy va bo’lgusi investorlar kreditorlar maxsulot yetkazib beruvchilar, xaridorlar, xodimlar, shuningdek xuqumat muassasalari vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar tushuniladi. Ushbu konseptual asosda quyidagi moliyaviy hisobotning tamoyillari ham keltirilgan.
-hisoblash tamoyili, daromadlar va xarajatlar buxgalteriya hisobida etirof etiladi va kelgan davrda tushushi yoki paydo bo’lishiga qarab (pul mablag’larini olish yoki tulash asosida emas) moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladi.
-ikki yoklama yozuv tamoyili, ikki yoqlama yozuv usulida hisob-kitobni yuritish deganda shu narsa tushuniladiki, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ikki yoqlama yozuv tizimi asosida buxgalteriya operasiyalarini qayd etishi kerak, ikki yoqlama yozuv shundan iboratki, bitta operasiya bo’yicha bitta summaning o’zi buxgalteriya hisobining ikkita hisob varaqlarida, yani bittasining debetida va boshqasining kreditida aks ettiriladi.
- uzluksizlik tamoyili, xo’jalik yurituvchi sub’ekt uzluksiz ishlaydigan, yani belgilangan kelajakda ishlashni davom ettiradigan sub’ekt deb hisoblanadi. Uning o’z faoliyatini tugatish yoki faoliyat qo’lamini ancha qisqartirish niyat ham, zarurati ham yo’q deb taxmin qilinadi.
--xo’jalik operasiyalar aktivlar va passivlarni pul bilan baxolash, barcha operasiyalar va voqealar moliyaviy hisobotlarda axborotlarni umumlashtirish maqsadida pul bilan badolanadi.
-ishonchlilik, axborot, unda jiddiy xatolar va taxminlar bo’lmasa va unga
foydalanuvchilar asoslanishsa, ishonchli bo’ladi, extietkorlik, qarorlar qabul qilishda extiyotkorlik qoidasiga rioya qilish aktivlar va daromad qaytadan baxolanmasligi, majburiyatlar yoki xarajatlar esa yetarlicha baxolanmasligiga yo’l quymaslik maqsadida noaniqlik sharoitida baxo chiqarish uchun zarurdir.
--mazmunning shakldan ustunligi, agar hisob kitob hujjatlarida va moliyaviy hisobotda axborot operasiyalar va voqealarning mazmunini ishonchli darajada aks ettirsa, bunday axborot uning xuquqiy shakli bilangina emas, balki moxiyati va iqtisodiy realligi bilan muvofiq holda hisobga olinishi va taqdim etilishi zarur.
--ko’rsatkichlarni qiyosiyligi, moliyaiy axborot foydali va mazmunli bo’lishi uchun, bir hisobot davridagi axborot boshqa hisobot davridagisi bilan qiyoslanadigan bo’lishi kerak. Foydalanuvchilar xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotni tayyorlashda foydalanadigan hisob-kitob siyosatidan, ana shu siyosatdagi barcha o’zgarishlardan va shunday o’zgarishlarning natijalaridan habardor bo’lishlari lozim.
Moliyaviy hisobotdagi betaraflik, moliyaviy hisobotda beriladigan axborot ishonchli bo’lishi uchun taxminlardan mustaqil bo’lishi lozim:
--hisobot davrida daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi, hisobot davrida bo’lgan daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi shuni anglatadiki, mazkur davrda ushbu hisobot davridagi daromadlarni olinga asos bo’lgan xarajatlargina aks ettiriladi. Agar daromadlar bilan xarajatlarning o’rtasidagi bevosita bog’liqlikni o’rnatish qiyin bo’lsa, xarajatlar biron-bir taksimlash tizimiga muvofiq bir necha hisobot davrlari o’rtasida taqsimlanadi. Bu masalan, bir necha yilga taqsimlanadigan amortizasiya xarajatlariga ta’luqlidir.
--aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy baxosi, aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baxolash qoidasi shundan iboratki, ularning tannarxi yoki sotib olish qiymati asosiy baxodir. Standartlarda ko’zda tutilgan ayrim xollarda haqiqiy baxo sotib olish qiymatidan farq qilishi mumkin.
--tushunarlilik, moliyaviy hisobotlarda berilayotgan axborot foydalanuvchilarga tushunarli bo’lishi kerak, ahamiyatlilik, moliyaviy axborot foydalanuvchilar qarorlar qabul qilish jarayonida ularning extiyojlarini qondirish va ularga operasion, moliyaviy va xo’jalik faoliyatiga baxo berishda ko’maklashish uchun ahamiyatli bo’lishi kerak.
--jiddiylik, agar axborotni kiritmaslik yoki noto’g’ri taqdim etish axborotdan foydalanuvchilarning moliyaviy hisobot asosida qabul qilingan iqtisodiy qarorlariga ta'sir etsa, u jiddiy hisoblanadi. Axborotlarning ahamiyatiga uning moxiyati dam, shuningdek uning qimmati (jiddiyligi) ham ta’sir o’tkazishi mumkin.
--haqqoniy va holis taqdim, moliyaviy hisobotlar foydalanuvchida xo’jalik yurituvchi subektning moliyaviy axvoli, operasiyalar natijalari, pul mablag’lari xarakati to’g’risida xaqqoniy va xolis tasavvur yaratishi kerak, tugallanganlik, moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlash maqsadida axborot yetarlicha to’la hajmda taqdim etilishi kerak, izchillik, hisob siyosati bir davrdan ikkinchi davrga izchil o’tkazilib boradi, deb hisoblanadi. Foydalanuvchilar xo’jalik yurituvchi subektning moliyaviy axvolidagi o’zgartirish tamoyilini belgilash uchun har hil hisobot davrida ularning moliyaviy hisobotlarini takdoslash imkoniyatiga ega bo’lishlari kerak.
--o’z vaqtida taqdim, hisobot axborotlarining asosiz darajada kechiqtirilishi bilan u uzining iqtisodiy ahamiyatini yo’qotadi. Axborotni o’z vao’tida taqdim etish uchun bitimning yoki boshqa voqeaning barcha jixatlari malum bulgunga qadar hisobotga zarurat paydo bo’lishi mumkin, bu esa uning ishonchliligini buzadi. Boshqa tomondan, agar hisobot barcha jixatlar malum bulgunicha kechiqtirilsa,xatto eng ishonchli axborot ham foydalanuvchilarga katta foyda keltirmaydi, chunki ular ilgariroq qror qabul qilishga majbur bo’ladilar. Ahamiyatlilik bilan ishonchlilik urtasida mutanosiblikka erishish maqsadida iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda foydalanuvchilarning extiyojlarini qanday qilib eng yaxshi tarzda qondirish masalasini hal etish kerak. Aktivlar - xo’jalik yurituvchi sub'ektlar qiymati baxosiga ega bo’lgan moddiy, shu jumladan pul mablag’lari, debitorlik qarzlari va nomoddiy mulkdir. Majburiyatlar - xo’jalik yurituvchi sub'ektning boshqa yuridik va jismoniy shaxslar oldida joriy mas’uliyatli ekanligini ifodalaydi.Xususiy sarmoya - ustav, qushilgan, rezerv sarmoyadan va taqsimlanmagan foydadan iborat. Rezervlar-xo’jalik yurituvchi sub'ektning va kreditorlarni zaralari oqibatlarida qushimcha tarzda himoya qilishni ta'minlash uchun rezervlarni vujudga keltirish. Daromadlar - xo’jalik yurituvchi sub'ektning asosiy va asosiy bo’lmagan faoliyatdan olingan daromadlarni uz ichiga oladi.
Xarajatlar - mulkni ishlab chiqarishni boshqarish bilan, hamda maxsulot sotish, ishlarni bajarish xizmatlar ko’rsatish va zararlar bilan bog’liq xarajatlarni o’z ichiga oladi.
Asosiy vositalar - uzoq davom etadigan vaqt mobaynida (bir yildan ko’proq vaqt davomida) moddiy ishlab chiqarish soxasida ham, noishlab chiqarish soxasida ham amal qiladigan, shuningdek, ijaraga berish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlardir.
Asosiy vositalarining asosiy xususiyatlaridan biri shundan iboratki, ular ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat xizmat qiladi va shu bilan birga o’zining jismoniy ko’rinishini saqlab qoladi. Lekin ular maxsulot ishlab chiqarish yoki ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur bo’lgan sharoitlarni yaratib berishda uzoq muddat qatnashsa ham asta-sekin eskirib boradi va eskirgan qismi ishlab chiqarilayotgan maxsulot tannarxiga qisman o’tkazb boriladi. Korxonaning xo’jalik faoliyati jarayonida asosiy vositalar korxonaga olinadi va foydalanishga beriladi, eskiradi, ta'mirlanadi, bir bo’limdan nkkinchi bo’limga o’tkazladi va eskirishi, sotilishi natijasida korxona hisobidan chiqariladi.
Korxona asosiy vositalarga egalik qilish, ulardan foydalannsh, boshqa korxonalarga sotish, be’pul berish, almashtirish, ijaraga berish, vaqtincha be’ul foydalanishga berish va hisobdan chiqarish xuquqlariga egadir.
Ishlab chiqarish asosiy vositalari moddiy ishlab chiqarish soxasida ishlatilib, ishlab chiqarish jarayonida qayta-qayta katnashib, asta-sekin eskirib, ueining qiymatini yaratilgan maxsulot tannarxiga qisman o’kazib boradi. Ularga moddiy ishlab chiqarish soxasida ishlatiladigan imoratlar, inshootlar, o’tkazuvchi moslamalar, mashina asbob-uskunalar, trans’port vositalari, noishlab chiqarish va xo’jalik inventarlari, yig’ik ish va maxsuldor xayvonlar, ko’p yillik ko’chat qilingan daraxtlar va boshqa mehnat vositalari kiradi.
Noishlab chiqarish asosiy vositalariga ishlab chiqarishga taalluksiz bo’lgan madaniy-maishiy, sog’likni saqlash muassasalari, kommunal ho’jalik korxonalvri va shu kabi tarmoqar xizmat qiladi va nshlab chiqarish jarayonida katnashmaydi.
Ular ishlatish jarayonida asta-sekin eskirib, uz qiymatini qisman yo’qotib boradi.
Asosiy vositalal xalq xo’jaligining qanday tarmongida ishlatilishiga qarab, shuningdek tarmoqar (sanoat, qishlok xo’jaligi, o’rmon xo’jaligi, trans’port, aloqa,
qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish va xokazo) bo’yicha guruxlanadi Asosiy vositalar quyidagi qiymatlar bo’yicha baxolanadi: - dastlabki qiymat; - joriy qiymat.

  • qoldiq qiymat:

  • tugatish qiymati.

Mulkchilik huquqi korxonaga tegishli bo’lgan asosiy vositalarning mavjudligi va harakati, foydalanilayotgan, konservatsiya qilingan yoki qisqa muddatli ijara shartnomasi bo’yicha berilgan asosiy vositalar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0110 "Er";
0111 "Erni obodonlashtirish";
0112 "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish";
0120 "Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar";
0130 "Mashina va asbob-uskunalar";
0140 "Mebel va ofis jihozlari";
0150 "Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi";
0160 "Transport vositalari";
0170 "Ishchi va mahsuldor hayvonlar"; 0180 "Ko’p yillik o’simliklar";
0190 "Boshqa asosiy vositalar";
0199 "Konservatsiya qilingan asosiy vositalar".
Analitik hisobning tashkil qilinishi respublika hududi va xorijdagi asosiy vositalarning mavjudligi va ularning harakati to’g’risidagi axborotlarni olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
Buxgalteriyada mulkni asosiy vositalar tarkibiga kiritish tartibi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2003 yil 10-oktyabrda 114-son bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-BHMS) "Asosiy vositalar"
(20.01.2004 y. 1299-sonli ro’y., "O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami", 2004 y., 3-son, 35-modda) va xarid qilish vaqtida olingan pasport va foydalanish bo’yicha yo’riqnoma, hamda boshqa texnik hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Asosiy vositalar asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarda quyidagi ob’ektlar uchun aniqlanadigan boshlang’ich qiymatda hisobga olinadi:

  1. korxonaning ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan ularning ulushi

hisobidan kiritilgan ob’ektlar - tomonlarning kelishuviga asosan;

  1. korxonaning o’zida tayyorlangan shuningdek, to’lov evaziga boshqa korxona va shaxslardan sotib olingan ob’ektlar - ushbu ob’ektlarni (inshoot, qurish, tiklash) barpo etishga ketgan haqiqiy xarajatlardan kelib chiqib yoki ushbu ob’ektlarni xarid qilishda, to’langan va qoplanmaydigan soliq (yig’imlar) shuningdek, yetkazib berish, yig’ish, o’rnatish, ishga tushirish va ushbu aktivni ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog’liq boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda;

v) boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan shuningdek, hukumat idoralari tomonidan subsidiya ko’rinishida olinganlari - qabul qilish sanadagi bozor bahosi yoki qabul qilish-topshirish hujjatlarida ko’rsatilgan qiymat bo’yicha.
Asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati faqat qayta qurilganda, ta’mirlanganda va qisman tugatilganda hamda qayta baholangan hollarda o’zgartirilishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 31 dekabrdagi 490-sonli "Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi va O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2002 yilgi parametrlari to’g’risida"gi qaroriga muvofiq barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar mulkchilik shaklidan qatьi nazar har yili 1 yanvar holatiga asosiy vositalar qiymatini joriy bahoga keltirish uchun qayta baholashni amalga oshiradilar. Asosiy vositalar bahosini oshirish (tushirish) summasi asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debeti (krediti) bo’yicha 8510 "Mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyoti bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Ta’sischilar tomonidan korxonaning ustav kapitaliga ulush hisobidan kiritilgan asosiy vositalarni kirim qilish asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debeti va 4610 "Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi" schyotining kreditida aks ettiriladi.
Korxonaning o’zi tomonidan qurilgan shuningdek, pudrat shartnomasiga asosan qurilgan asosiy vosita ob’ektlarni tegishli asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debeti, 0810 "Tugallanmagan qurilish" schyotining krediti bo’yicha kirim qilinadi.
Mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar va boshqa shaxslardan sotib olingan asosiy vosita ob’ektlari asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debeti va 0820 "Asosiy vositalarni xarid qilish" schyotining krediti bo’yicha kirim qilinadi.
Boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan asosiy vositalarning kirim qilinishi asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debetida 8530 "Tekinga olingan mulklar" schyoti bilan bog’langan holda aks ettiriladi. Biroq, soliqqa tortish maqsadida, tekinga olingan asosiy vositalarning qiymati daromad (foyda) solig’ini hisoblashda soliqqa tortiladigan bazaga qo’shiladi.
Asosiy vositalarni tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, uzoq muddatli ijaraga berish, kamomad yoki buzilishi natijasida hisobdan chiqarishda ularning boshlang’ich qiymati tegishli (0100) asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlardan 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyotining debetiga hisobdan chiqariladi.
Asosiy vositalarni balansdan chiqatirish va qo’shimcha lar kiritish haqida” O’zbekiston Respublikasi moliya vazirlining 2010 yil 6 apreldagun28 sonli burug’iga asosan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2004 yil 16 avgustdagi 101 son burug’i bilan tasdiqlangan Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibito’g’risidagi nizomga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. ”
0110 "Er" schyotida qonunchilikka muvofiq korxonaga mulk sifatida berilgan yer maydonlari hisobga olib boriladi. 0110 "Er" schyotining debetida shuningdek, yer maydonlarini xarid qilishda to’lanadigan qo’shimcha xarajatlar, ko’chmas mulk agentlarining komission mukofoti, advokatlarning xizmat haqi, sotib olish bilan bog’liq soliqlar, zovurlar qiymati, yerlarni tozalash va tekislash xarajatlari hisobga olinadi.
Erlarni foydalanishga tayyorlash jumladan, suv olib kelish, oqova suvlarni chiqarish inshootlari, geodeziya ishlari bo’yicha umumiy xarajatlar 0110 "Er" schyotida kapitalizatsiya qilinadi. Chunki ushbu xarajatlar yerdan kelgusida foydalanish va uning qiymatini oshirish uchun zarur.
Er maydoni bino va inshootlarni rekonstruktsiya qilish yoki qurish uchun sotib olinganda, mavjud konstruktsiyalar va boshqa to’siqlarni bartaraf etish qiymati 0110 "Er" schyotining debetida kapitalizatsiya qilinadi. Bunda konstruktsiyani tugatishdan olingan materiallarni sotishdan tushgan tushum ushbu xarajatlarni kamaytiradi.
Agar yer maydoni oldindan tasarrufda bo’lsa va mavjud konstruktsiyalar yangi qurilish ob’ektiga joy berish uchun buzib tashlansa, buzish bo’yicha xarajatlar 0110 "Er" schyotiga kapitalizatsiya qilinmaydi, balki eski konstruktsiyalarni hisobdan chiqarish bilan bog’liq xarajat sifatida aks ettiriladi.
0111 "Erni obodonlashtirish" schyotida yer maydonlari tuzilishini o’zgartirish, kelish yo’llari, avtomobillar va boshqa transport vositalarining to’xtash maydonlari, devorlar va boshqa inshootlarning holatini yaxshilash xarajatlari hisobga olinadi.
0112 "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish" schyotida uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha ijaraga olingan mulkni obodonlashtirish bilan bog’liq kapital xarajatlar hisobga olinadi.
Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish bo’yicha kapital xarajatlarga shuningdek, rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish xarajatlari ham qo’shiladi.



Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling