28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari
Dasgohning amortizatsiyasini hisoblang
Download 0.95 Mb.
|
buxgalteriya hisobi fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dasgohning amortizatsiyasini hisoblang
Dasgohning amortizatsiyasini hisoblang
2008-2009 yillar uchun hisoblab yozilgan raqamlar summasi usuli bilan amortizatsiya: yil-300000x5.15=100000 yil-300000x4.15=80000 Jami: 180000 Bir maromda hisobdan chiqarish usuli asosida hisoblangan amortizatsiya yil-300000.5=60000 yil-300000.5=60000 Jami 120000 Korxona 2008 yilning 1 yanvarida xizmat ko’rsatish muddati 15 yil bo’lgan dastgohni 5600000 so’mga sotib olgan va raqamlar summasi usulida amortizatsiyani hosoblagan, 2009 yilning boshida esa uni o’zgartirish va qiymatni bir maromda hisobdan chiqarishga o’tishga qaror qilindi. Dasgohning amortizatsiyasini hisoblang Kollejga 2008 yil 1 yanvarda xizmat ko’rsatish muddati 5 yil bo’lgan komputerlar 8600000 so’mga sotib olgan amortizatsiyani hisoblagan. Nomoddiy aktivlar - moddiy ashyoviy mazmunga ega bo’lmagan, ho’jalik yurituvchi sub'ekt tomonidan ho’jalik faoliyatida foydalanish yoki boshqarish uchun foydalanish maqsadida nazorat qilinadigan, shuningdek uzoq vaqt (bir yildan ko’p) ishlatish uchun mo’ljallangan mol-mulk ob'ektlaridir. Korxonaning nomoddiy aktivlari tarkibida ‘atentlar, lisenziyalar, akliy mulk va savdo markalari (shu jumladan firma markalari va e'lon qilinayotgan nomlari) aks ettiriladi. Tanxo huquqlar, kompyuter dasturini ta'minlash, mualliflik huquqlari, mijozlarning ruyxatlari, lisenziyalar, marketing huquqlari, im’ort kvotalari, tashkiliy xarajatlar (yangi ho’jalik yurituvchi sub'ektni bar’o etish xarajatlari, ya'ni boshlash xarajatlari), nou-xau, bozor to’gisidagi bilim, texnik kunikmalar va xokazolar amaliyotda uchraydigan aktivlarga oddiy misollar hisoblanadi. Nomoddiy aktivlar amortizasiyasi-uning foydali xizmat muddati davomida nomoddiy aktivning amortizasiya qiymatini muntazam ravishda taqsimlash va kuchirish ko’rinishida eskirishning qiymat ifodasidir. Nomoddiy aktivlarning amortizasiya qiymati: Uning foydali xizmat muddati mobaynida, lekin ho’jalik yurituvchi sub'ektning faoliyat muddatidan oshmagan xolda. Foydali ishlatish muddatini belgilash mumkin bo’lmagan 5 yilni hisobga olib (lekin ho’jalik yurituvchi sub'ektning faoliyati muddatidan oshmagan xolda) muntazam asosda taqsimlanishi kerak. Amortizasiyalanadigan qiymat aktivning foydali foydalanish davriga to’liq taqsimlanadi. BXMS 7-son "Nomoddiy aktivlar"ga* asosan amortizasiya quyidagi usullar bilan hisoblanishi mumkin: to’gi chiziqli yoki bir maromli usul; bajarilgan ishlar miqdoriga (birligiga) nisbatan amortizasiyani hisoblash usuli; kamayib boruvchi qoldiq usuli. Dar bir hisobot davri oxirida nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddatini qayta ko’rib chiqish zarur. Mulkchilik huquqi korxonaga tegishli nomoddiy aktivlarning mavjudligi va harakati to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 0410 "Patentlar, litsenziyalar va nou-xau"; 0420 "Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari"; 0430 "Dasturiy ta’minot"; 0440 "Er va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlari"; 0450 "Tashkiliy xarajatlar"; 0460 "Franchayz"; 0470 "Mualliflik huquqlari"; 0480 "Gudvill"; 0490 "Boshqa nomoddiy aktivlar". Aktivlarni buxgalteriya hisobiga nomoddiy aktivlar sifatida qabul qilishda bir vaqtning o’zida quyidagi shartlar bajarilishi kerak: a) moddiy-ashyoviy tuzilish (shakl)ga ega bo’lmasligi; b)aktivlardan maіsulot ishlab chiqarishda, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko’rsatishda yoxud korxonaning ma’muriy va boshqa funktsiyalari uchun uzoq muddat, ya’ni davomiyligi 12 oydan yuqori foydali xizmat muddati yoki agar u 12 oydan oshadigan bo’lsa, oddiy operatsion tashqi mobaynida foydalanish. Bunda aktivning qiymati bir birlik (komplekt) uchun O’zbekiston Respublikasida belgilangan (xarid qilish paytida) eng kam ish іaqi miqdorining kamida ellik baravarini tashkil qiladi. Korxona raіbari nomoddiy aktivlar tarkibida hisobga olish maqsadida hisobot davri uchun aktivlar qiymatining kamroq chegarasini belgilashga haqli; O’zR AV 14.02.2009 y. 1485-1-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MV Buyrug’i Nomoddiy aktiv identifikatsiyalanadigan bo’lib hisoblanadi, agarda u quyidagi mezonlardan biriga muvofiq kelsa: O’zR AV 14.02.2009 y. 1485-1-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MV Buyrug’i ajraladigan bo’lsa, ya’ni uni korxonadan ajratib bo’lsa hamda sotish, berib yuborish, ijaraga berish, alohida yoki ular bilan bog’liq aktiv, kontrakt yoki majburiyat bilan birga ayirboshlash (gudvilldan tashqari) mumkin bo’lsa. Agar EІM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazasi tegishli asosiy vositaning (shu jumladan o’rnatilmagan) tarkibiy qismi hisoblansa, u moddiy aktiv ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy vosita bilan birga qaraladi. Agar EІM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazasi tegishli asosiy vositaning tarkibiy qismi hisoblanmasa va mutlaq huquq korxonaga tegishli bo’lsa, u nomoddiy aktiv hisoblanadi; ushbu huquqlar beriladigan yoki korxonadan yoxud boshqa huquq va majburiyatlardan ajraladigan bo’lishidan qat’i nazar, shartnomaviy va boshqa yuridik huquqlardan paydo bo’ladi Ob’ektlarni nomoddiy aktivlarga kiritish tartibi va ularning tarkibi qonunchilik asosida hamda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 12 oktyabrda 49-son bilan tasdiqlangan (7-BHMS) "Nomoddiy aktivlar" Buxgalteriya hisobining milliy standarti (20.10.1998 y. 506-sonli ro’y., "O’zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo’mitalari va idoralari me’yoriy hujjatlar axborotnomasi", 1999 y., 6-son) asosida tartibga solinadi. Nomoddiy aktivlar quyidagi ob’ektlar uchun aniqlanadigan boshlang’ich bahoda nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarda hisobga olinadi: ta’sischilar tomonidan korxonaning ustav kapitaliga ulush hisobidan kiritilgani - tomonlarning kelishuvi bo’yicha; to’lov asosida boshqa korxona va shaxslardan xarid qilingan ushbu ob’ektlarni xarid qilish va tayyor holatga keltirish bo’yicha amalga oshirilgan - haqiqiy xarajatlar bo’yicha; v) boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan ob’ektlar - kirim qilish sanasidagi bozor bahosida yoki qabul qilish-topshirish hujjatlarida ko’rsatilgan qiymat bo’yicha; g) korxonaning o’zi tomonidan yaratilgan yoki korxonaning o’zida ilmiy - tadqiqot ishlari natijasida olingan ob’ektlar - haqiqiy tannarxi bo’yicha. Ta’sischilar tomonidan korxonaning ustav kapitaliga ularning ulushlari hisobiga kiritilgan nomoddiy aktivlarni kirim qilish (0400) nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetida va 4610 "Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi" schyotining kreditida aks ettiriladi. Boshqa korxona va shaxslardan xarid qilingan nomoddiy aktivlar, nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarning debeti, 0830 "Nomoddiy aktivlarni xarid qilish" schyotining kreditiga kirim qilinadi.Boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan nomoddiy aktivlarning kirim qilinishi nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetida, 8530 "Tekinga olingan mulk" schyoti bilan bog’langan holda aks ettiriladi. Agar nomoddiy aktiv korxonaning o’zi tomonidan yaratilsa va uni yaratish xarajatlarining aniq summasini aniqlash imkoni mavjud bo’lsa, u holda nomoddiy aktiv haqiqiy tannarxi bo’yicha aks ettiriladi. Nomoddiy aktivlarning haqiqiy tannarxini aniqlash imkoniyati mavjud bo’lmagan holda ushbu xarajatlar ilmiytadqiqot ishlari (ITI) yoki ilmiy-tadqiqot, sinov konstruktorlik ishlari (ITSKI) xarajatlari sifatida aks ettiriladi. "Gudvill (firma bahosi)"ning buxgalteriya hisobi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 12-oktyabrda 49-son bilan tasdiqlangan (7BHMS) "Nomoddiy aktivlar" Buxgalteriya hisobining milliy standartiga (20.10.1998 y. 506-sonli ro’y., "O’zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo’mitalari va idoralari me’yoriy hujjatlar axborotnomasi", 1999 y., 6-son) muvofiq amalga oshiriladi. Nomoddiy aktivlar chiqib ketganda (sotilganda, tekinga berilganda va boshqalarda) ularning boshlang’ich qiymati nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi tegishli schyotlarning (0400) kreditidan 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyotining debetiga hisobdan chiqariladi. Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (0400)ning bog’lanishi
Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling