28-Mavzu: sql tili operatorlari va ular bilan ishlash. Sql yordamida Jadvallar yaratish. Reja


Select SURNAME, NAME From student Where SURNAME ='Petrov'


Download 24.15 Kb.
bet2/3
Sana18.10.2023
Hajmi24.15 Kb.
#1707693
1   2   3
Bog'liq
28-mavzu

Select SURNAME, NAME From student Where SURNAME ='Petrov'

Shartda ishlatiladigan amallar. Shartda solishtirish va mantiqiy amallar ishlatilishi mumkin: Solishtirish amallari = (teng), <>(teng emas), >=(katta yoki teng), <=(kichik yoki teng), <(kichik), >(katta).


Mantiqiy amallar: AND, OR, NOT
Masalan: 2-kursda o‘qiydigan va stipendiya oladigan talabalarning ismi va familiyasini chiqarish so‘rovini tuzing:


Select NAME, SURNAME From STUDENT Where Kurs=2 AND STIPEND>0;

IN, BETWEEN, LIKE, IS NULL operatorlari. WHERE parametrida mantiqiy shartlarni berishda IN, BETWEEN, LIKE, IS NULL parametrlarni ishlatish mumkin. IN operatori (ro‘yxatdagi ixtiyoriy elementga teng) va NOT IN (ro‘yxatdagi birorta ham elementga teng emas) tekshirilayotgan maydon qiymatini berilgan ro‘yxat bilan solishtirish uchun ishlatiladi. Bu qiymatlar ro‘yxati IN operatorining o‘ng tomonida yoziladi. IN operatori ishlatib qurilgan shart rost deb hisoblanadi, agarda IN chap tomonida yozilgan maydon qiymati INdan o‘ng tomonda qavs ichida yozilgan maydon qiymatlaridan biri bilan bir xil bo‘lsa.


NOT IN parametr qo‘llab tuzilgan shart rost bo‘ladi, agarda NOT IN parametrda chap tomonda ko‘rsatilgan maydon qiymatlaridan birortasi ham, NOT IN parametrining o‘ng tomonida qavs ichida keltirilgan ro‘yxatda berilgan birorta ham qiymatga mos kelmasa.
Masalan, EXAM_MARKS jadvalidan imtihonda faqat «4» va «5» baho olgan talabalar haqida ma’lumot chiqaring:


SELECT * FROM SUBJEKT WHERE HOUR BEETWEEN 30 AND 40;

Chegaraviy qiymatlar (30 va 40 qiymatlari), solishtirilayotgan qiymatlar to‘plamiga kiradi. BEETWEEN operatorini (parametri) sonli maydon va simvolli maydon toifalarida ham qo‘llash mumkin.


LI KE operatori. LIKE operatorini faqat simvolli toifalar maydonlariga (CHAR yoki VARCHAR) qo‘llash mumkin. Bu operator tekshirilayotgan satrli maydon qiymatiga, LIKE operatorida berilgan qism satrga (qidirish namunasi) kirishi (uchrashi) tekshiriladi. Berilgan qism satrini namunasi bo‘yicha satrli qiymatlarni
tanlash uchun qidirilayotgan satr namunasining shablonidan foydalanish mumkin. Bunda shablonda quyidagi simvoldan foydalanish mumkin.
Shablonda ishlatilgan «_» belgi, shu belgi joylashgan yerda ixtiyoriy bitta simvol ishlatilishi mumkinligini anglatadi. Shablonda ishlatilgan «%» belgi, shu belgi joylashgan yerda ixtiyoriy uzunlikdagi ixtiyoriy simvollar ketma-ketligini ishlatish mumkinligini anglatadi. Masalan, STUDENT jadvalidan familiyasi P harfi bilan boshlanadigan talabalar haqidagi axborotlarni chiqarish so‘rovi quyidagicha bo‘ladi:



Download 24.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling