28 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics (7th edition). Usa, 2009, p 356


Download 0.7 Mb.
bet11/14
Sana25.10.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1722617
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
28 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics (7th edition). Usa, 2009, p

C) Investitsiyalar Monopoliyaga qarshi samarali kurash to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishga turtki bo‘lishi va ularning ichki raqobatga salbiy ta'sirini oldini olishi lozim. Qanday qilib? Birinchidan, investorlar samarali antimonopol qonunchilik va antimonopol siyosatga himoya sifatida qaraydilar — mahalliy korxonalar tomonidan ustun (monopol) mavqe'ini suiiste'mol qilish hamda mahalliy kartellar tuzish yoki korrupsion holatlar kabi to‘siqlar paydo qilishidan himoya sifatida. Ikkinchidan, samarali antimonopol siyosat investorga alohida — preferensial rejim, ya'ni hukumat tomonidan kafolatlanadigan alohida huquqlarni taqdim etish orqali investitsiyalar sababidan ichki raqobatni cheklash holatlariga yo‘l qo‘ymaydi.
D) KorrupsiyaSamarali antimonopol siyosat ba'zi noinsof tadbirkorlar va davlat xizmatchilari o‘rtasida korrupsion kelishuvlar oldini olish instrumenti bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, «Raqobat to‘g‘risidagi qonunning 14-moddasiga ko‘ra, Antimonopoliya qo‘mitasining asosiy vazifalaridan biri — davlat xaridlari, auksionlar, tanlovlar va tenderlar shaffof va haqqoniy o‘tkazilishini ta'minlash. Shuningdek, bu idora litsenziyalash va ruxsat berish tartiblari orqali bozorga kirishni asossiz cheklashga yo‘l qo‘ymaydi.
E) Tashqi savdoni erkinlashtirishTashqi savdoni erkinlashtirish ichki bozordagi raqobatni kuchaytirishda asosiy rollardan birini o‘ynaydi. Biroq tashqi savdoni erkinlashtirish iqtisodiyotdagi raqobatni to‘liq rivojlantirish uchun yetarli chora sanalmaydi.
Bu fikrni ikki sabab bilan asoslash mumkin. Birinchidan, iqtisodiyotning barcha sohalari ham tashqi savdoni erkinlashtirish oqibatida import raqobati bilan to‘qnashmaydi. Shuning uchun ham boshqa vosita — monopoliyaga qarshi kurash kabi chora zarur. Ikkinchidan, savdoning erkinlashtirilishi oqibatida narxlarni sun'iy o‘rnatish va ko‘tarish, hamda bozorni taqsimlab olish maqsadida mahalliy tadbirkorlar va xorijiy tadbirkorlar o‘rtasida xalqaro kartel kelishuvlari tuzilish xavfi mavjud.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling