28 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics (7th edition). Usa, 2009, p 356
Download 0.7 Mb.
|
28 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics (7th edition). Usa, 2009, p
- Bu sahifa navigatsiya:
- G) Soliqlar
- Monopoliyaga qarshi samarali kurash
- A) «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun
F) Xususiylashtirish Shubhasiz, xususiylashtirish bozor iqtisodiyotini qurish yo‘lida muhim qadam sanaladi, chunki bozor iqtisodiyotining asosi — xususiy mulk. Biroq tashqi savdoning erkinlashtirilishi kabi xususiylashtirish ham bozordagi raqobatni to‘liq ta'minlash uchun mukammal instrument sanalmaydi. Aksincha, agar monopoliyaga qarshi samarali kurashilmasa, xususiylashtirish faqatgina xususiy monopoliyalarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Ya'ni, xususiylashtirish monopoliyalarning davlat mulkidan xususiy mulk shakliga o‘tishini anglatishi mumkin, xolos. Bu esa mohiyatan hech narsani yaxshi tarafga o‘zgartirmaydi. Shuningdek, shuni qayd etish lozimki, nafaqat xususiylashtirishning o‘zi raqobatga teskari oqibatlarga olib kelishi mumkin, balki xususiylashtirish jarayoni ham raqobatga qarshi bo‘lishi mumkin. Ya'ni, agar xususiylashtirish jarayonining o‘zi haqqoniy va sog‘lom raqobat asosida amalga oshirilmas ekan, bu holda ayrim nufuzli kishilar xususiylashtirilayotgan obektlarga asosiy da'vogar bo‘lib olishi mumkin. Bu esa jamiyatni xususiylashtirish islohotining foydasidan mahrum qiladi.
G) Soliqlar Ma'lumki, soliqlar davlat budjeti tushumining asosiy manbai hisoblanadi. Shu bilan birga, soliqlarning tadbirkorlik faoliyatiga bo‘lgan ta'siri ham katta. Yuqori stavkali va diskriminatsion soliqlar, ayrim soliq imtiyozlar yangi tadbirkorlarning bozorga kirishiga to‘siq bo‘lishi, mavjudlarini esa bozordan chiqishiga olib kelishi, noteng raqobat muhiti paydo bo‘lishi va oqibatda qora bozorning o‘sishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bularning barchasi bozordagi sog‘lom raqobat muhitiga salbiy ta'sir qiladi. Shu sababdan Antimonopoliya qo‘mitasi yangi Soliq kodeksini ishlab chiqishda o‘ta faol ishtirok etishi va raqobat cheklanishiga olib boruvchi soliqlar joriy qilinishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Monopoliyaga qarshi samarali kurash Yuqorida «monopoliyaga qarshi samarali kurash» iborasi ko‘p bora qo‘llandi, biroq bu iboradagi «samarali» tushunchasi nimani anglatadi? Albatta, «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun va Antimonopoliya qo‘mitasi mavjudligining o‘zi monopoliyaga qarshi kurash samarali bo‘lishini anglatmaydi. Quyida, monopoliyaga qarshi kurashning ayrim muammolarini qayd etgan holda, ularning samaradorligini yaxshilash bo‘yicha o‘z takliflarimni berishga harakat qilaman. A) «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun Joriy «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun mamlakatimizning o‘ziga xos iqtisodiy va ijtimoiy jihatlarini to‘liq hisobga olmaydi. Kartel, qo‘shib yuborish/olish, davlat reyestrini yuritish va ustun mavqeni suiiste'mol qilish borasidagi me'yor va standartlarni qayta ko‘rib chiqish zarur. Chunki ular zamon talablariga javob bermaydi.Masalan, «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunning 11-moddasi xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning umumiy bozor ulushi 35 foizdan oshmasa, raqobatni chetga surib qo‘yib, bemalol narxlarni o‘zaro kelishgan holda asossiz ko‘tarish, bozorlar hududlarini o‘zaro bo‘lib olish kabi kartel kelishuvlarini tuzishga ruxsat beradi. Shuningdek, davlat-xususiy sherikchiligi asosida tashkil qilingan korxonalar ham bozor ulushidan qat'i nazar, kartel kelishuvlarini tuzishlari mumkin, deyilgan.Kartel kelishuvlar bozor iqtisodiyoti tizimini buzadigan eng xavfli qonunbuzarlik hisoblanadi. Kartellarni «maxfiy monopoliya» deb ham atashadi, chunki bunda tadbirkorlar raqobatchidek ko‘rinsa-da, aslida raqobat qilmasdan o‘zaro kelishgan holda bir butun monopoliya kabi harakat qilishadi. Ya'ni, deyarli monopoliya kabi narxlarni xohlagan paytda o‘zaro kelishib, baravariga ko‘tarib qo‘yishga qodir bo‘lishadi.Shuning uchun bunday istisnolar kartellarga qarshi kurashni samarasiz qiladi. Istisno qilinishi mumkin bo‘lgan kartel turlari sifatida eksport kartellariga ruxsat berilsa bo‘ladi, ammo bunda ham bir shart bilan — kartel kelishuvlari eksportni maqsad qilgan raqobatchi korxonalarning mamlakatdagi ichki raqobatiga ta'sir etmasligi lozim. Ikkinchidan, dunyoda kartel kelishuvlariga qarshi eng samarali vosita — «Jazodan ozod qilish dasturi»ni (leniency program) amalda joriy etish mexanizmini ishlab chiqish kerak. Bu dasturning huquqiy asosi 2012 yili «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunning 27-moddasida belgilangan bo‘lsada, shu paytgacha amaliyotga tatbiq etilmagan. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling