28 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics (7th edition). Usa, 2009, p 356
Download 0.6 Mb.
|
Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida makroiqtisodiy siyosat
II.BOB. MONDEL-FLEMING MODELI.
2.1. Mondel-Fleming modeli mohiyati Ichki muvozanat - inflyatsiya jarayonlari mavjud bo’lmagan ( yoki uning barqaror past darajasidagi) to’liq bandlik sharoitida talab va taklifning balanslashganligidir. Qisqa muddatli davrda ichki muvozanat muammosi, birinchi navbatda, byudjet-soliq va pul-kredit siyosati vositasida yalpi talabni tartibga solish orqali ta’minlanadi. Tashqi muvozanat qayd qilingan, yoki suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida to’lov balansining nolga teng qoldig’ini ta’minlab turilishni anglatadi. Alohida holatlarda bu muammo ikki o’zaro mustaqil qismga bo’linadi: a) joriy operatsiyalar balansining belgilangan holatini ta’minlab turish; b) valyuta zahiralarining aniq belgilangan miqdorini saqlab turish. Tashqi va ichki muvozanatni ta’minlab turish usullari bir xil: byudjet-soliq va pul-kredit siyosati. Ayrim hollarda mustaqil usul sifatida almashinuv kursi siyosati ham ajratib ko’rsatiladi. Tashqi muvozanatni ta’minlash kapital harakatining mobilligi ( mamlakatlararo kapital quyilishi jarayonining ichki foiz stavkasining jahon foiz stavkasiga nisbatan o’zgarishiga javoban keskinlashuvi) sababli murakkablashadi. Ichki va tashqi muvozanatni ta’minlash muammosi tovar, pul va valyuta bozorlarining amal qilishiga ta’luqlidir. Ichki va tashqi muvozanatni ta’minlash makroiqtisodiy tartibga solishning muhim muammosi sifatida yuzaga chiqadi, chunki u ichki va tashqi o’zgaruvchilarning bir-biriga o’zaro ta’sirini va qayta ta’sirini ko’zda tutishni talab etadi. Ochiq iqtisodiyotda iqtisodiy siyosat tahlili Mandell-Fleming modeliga asoslangan holda amalga oshiriladi. Bu model qisqa muddatda iqtisodiyotni muvozanatlashtirishni ifodalaydi va kichik ochiq iqtisodiyot uchun IS-LM modelining modifikatsiya qilingan shakli hisoblanadi. Ikkala model ham baholarningo’zgarmasligini nazarda tutadi va yalpi talab hajmining o’zgarishi sabablarini tushuntiradi. Ular o’rtasidagi asosiy farq shundaki, IS-LM modeli- yopiq iqtisodiyot modeli, Mandell-Fleming modeli esa ochiq iqtisodiyot modeli ekanligidadir. Ichki va tashqi muvozanat muammosi, ko’pincha, IS-LM modeliningmodifikatsiya qilingan shakli vositasida, unga uchinchi- VV egri chizig’i qo’shilib tahlil qilinadi. VV egri chizig’i to’lov balansining muvozanatli darajasini tasvirlaydi. Model ham qayd qilingan, ham erkin suzib yuruvchi valyuta kursi rejimlari uchun va kapital mobilligining turli darajalariga moslab tuziladi. Bu bobda biz Mandell-Fleming modelini quramiz va keyingi paragraflarda turli xil siyosatlarning ta’sirlarini o’rganish uchun bu modeldan foydalanamiz. Ko’rib turganingizdek, Mandell-Fleming modeli biz oldingi boblarda foydalangan komponentlardan qurilgan. Asosiy taxmin: mukammal kapital oqimga ega bo’lgan kichik ochiq iqtisodiyot Mukammal kapital oqimga ega bo’lgan kichik ochiq iqtisodiyot haqidagi farazlardan boshlaymiz. bu faraz shundan iboratki mamlaktdagi foiz stavkasi r, jahon foiz stavkasi r* bilan belgilanadi. Matematik jihatdan, buni quyidagicha yozishimiz mumkin Bu jahon foiz stavkasi egzogen o’zgaruvchidir, chunki biz ko’rayotgan mamlakat dunyo iqtisodiyoti bilan shunchalik kichikki, u dunyo moliyaviy bozoridan qarz olishi yoki qarz berishi jahon foiz stavkasiga hech qanday ta’sir qilmaydi. Mukammal kapital oqimi to'g'risidagi fikrlar oddiy tenglama bilan ifodalansada, bu tenglama ko’rsatadigan takomillashgan jarayonning ko’rinishini yo’qotmaslik muhim hisoblanadi. Faraz qiling, birorta vaziyat sodir bo’ldi buning natijasida jahon foiz stavkasi ko’tariladi. Kichik ochiq iqtisodiyotda, mamlakatdagi foiz stavkalari qisqa muddatga biroz ko’tarilishi mumkin ammo vaziyat sodir bo’lishi bilan xorijliklar bu mamlakatga qarz berishni boshlashadi(misol uchun shu mamlaktning obligatsiyalarini sotib olish bilan). Capitalni kirib kelishi mamlakat ichidagi foiz stavkasini r* ga tomon pasaytiradi. Xuddi shuningdek, agar har qanday hodisa mamlakat foiz stavkasini pasaytirishni boshlasa, capital yuqoriroq foiz topish maqsadida chetga oqib chiqib ketardi va bucapital oqimi ichki foiz stavkasini yana r* gacha qaytaradi. Bundan keyin r = r*tenglama kapitalning xalqaro oqimi ichki foiz stavkasini jahon foiz stavkasi bilanteng saqlab turishga yetadi degan tahminni yuzaga chiqaradi. Tovarlar bozori va IS egri chizig’iMandell-Fleming modeli tovar va xizmatlar bozorini IS-LM modeligaqaraganda ko’proq tasvirlab beradi va sof export uchun yangi termin qo’shadi. Ayniqsa, tovarlar bozori quyidagi tenglama bilan ifodalanadi. Y=C(Y-T) + I(r) + G + NX(e). Bu tenglama shuni bildiradiki, jami daromad Y iste’mol C, investitsiya I, davlat xarajatlari G va sof exportning NX yig’indisiga teng. Iste’mol sof daromadga (Y-T) to’g’ri proporsianal, Investitsiya foiz stavkasiga teskari proporsianal. Sof export valyuta kursiga (e) tengkari bog’liq. Oldingiga o’xshab, biz valyuta kursini (e) har bir milliy valyutaga to’g’ri keladigan xorijiy valyutalar miqdori sifatida bilamiz – misol uchun (e) 100 yena bir dollar bo’lishi mumkin. Sizyana eslashingiz mumkin ya’ni biz 5 bobda sof exportni nominal valyuta kursiga qaraganda (milliy va xoriji valyutalar narxlari) real valyuta kursiga bog’lagandik (ya`ni mamlakatdagi va xorijdagi tovarlarning o’zaro narxlari). Agar e nominal valyuta kursi bo’lsa, real valyuta kursi eP/P* ga teng, bu yerda P mahalliy narx darajasi va P* xorijiy narx darajasi. Mandell-Fleming modeli mamlakatdagi va jahon narxlari darajasi o’zgarmas degan farazga asoslanadi, shuning uchun real valyuta kursi va nominal valyuta kursi bir biriga to’g’ri proporsional. Bu degani, mahalliy valyutaning qadri oshsa, xorijiy tovarlar mahalliy tovarlarga qaraganda arzonroq bo’ladi va bu eksportni pasayiradi va importni oshiradi. Yuqoridagi tovarlar bozori muvozanatining tovar va xizmatlarga va xarajatlarga ta’sir qiladigan ikkita moliyaviy o’zgaruvchisi (foiz stavkasi va valyuta kursi) mavjud, ammo vaziyatni mukammal capital oqimi to’g’risidagi tahmindan foydalanib soddalashtirish mumkin. Demak, r = r*. quyidagi tenglama kelib chiqadi Y = C(Y − T ) + I(r*) + G + NX(e). Keling IS* tenglamasiga qaraylik. Biz bu tenglamani grafikda tasvirlashimiz mumkin, bunda gorizontal o’qda daromad, vertical o’qda valyuta kursi berilgan. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling