28-savol Sistemali blokning vazifalari


-savol Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari


Download 56.5 Kb.
bet2/5
Sana16.06.2023
Hajmi56.5 Kb.
#1505058
1   2   3   4   5
Bog'liq
shpargalka (2)

15-savol Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari
Asosiy qurilmalarga sistema bloki, monitor va klaviatura kiradi. Qo'shimcha qurilmalarga "sichqoncha" manipulyatori, printer, plotter, skaner, nurli pero va boshqalar misol bo'ladi.
Sistema blokini asosiy xotira, protsessor va elektron sxema tashkil etadi. Asosiy xotira o'z navbatida tezkor xotira qurilmasi (TXQ) va doimiy xotira qurilmasidan (DXQ) iborat. Tezkor xotira qurilmasida kompyuterga kiritiladigan va uning ish jarayoni davomida hosil bo'luvchi barcha axborotlar va malumotlarni ishlash uchun zarur bo'ladigan dasturlar vaqtincha saqlanadi. Chunki, tezkor xotira qurilmasida saqlanib turgan malumotlar kompyuterlar elektr manba`dan uzilganda yoki qayta yuklangan vaqtda o'chib ketadi.


14-savol Zamonaviy kompyuterlarning tarixi
Nemis olimi Vilgelm Shikard (1592-1636) tomonidan 1623 yilda ixtiro qilingan mexanik moslama mexanik hisoblash mashinalar davrini boshladi.
Bleyz Paskal 1642 yilda birinchi jamlovchi (qo’shish va ayirish) mashinani yaratdi. 1673 yilda esa boshqa olim nemis Gotfrid Vilgelm Leybnits 4-arifmetik amalni bajaruvchi mashinani yaratdi. 1820 yilda Sharl de Kolmar tomonidan birinchi kalkulyator - ARIFMOMETR yaratildi.
1885 yilda amerikalik ixtirochi Uvilyam Barrouz klaviatura va qog’ozga pechatlash uskunalardan iborat arifmometrni yaratdi. Avtomatik hisoblash mashinani yaratish g’oyasi va loyihasi Kembridj universitetining professori Charlz Beybidjga (1792-1871) mansubdir. Uning loyihasi bo’yicha bu mashina xotira qismi, hisoblash qismi, boshqarish qismi va chiqarish qismiga ega bo’lishi shart edi.
Charlz Beybidjning analitik mashinasi
1888 yilda amerikalik injener German Xollerit birinchi elektromexanik hisoblash mashinani - TABULYaTORNI yaratdi. Ushbu mashina rele asosida ishlagan bo’lib perfokartalarda yozilgan ma’lumotlar bilan ishlay olar edi.
1943 yilda Buyuk Britaniya maxfiy laboratoriyalarida Alan Tyuring boshchiligida elektron lampalarda ishlovchi Koloss nomli birinchi EHM (elektron hisoblash mashinasi) yaratildi. 1944 yilda AQSHning xarbiylari uchun amerikalik injener Govard Eyken elektromexanik rele asosida og’irligi 35 tonnali EXM yaratdi.



Download 56.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling