28-variant 1-topshiriq. Asosiy fondlarni baholash usullari. Tayanch iboralari
Download 80 Kb.
|
STATISTIKA MARUZA
Bozor iqtisodiyoti — tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud boʻlgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyoti ning asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xoʻjalik emas, balki tovar xoʻjaligi hukmron boʻladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega boʻladi, yaʼni ular bozorda oldisotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyoti ga barter emas, balki tovar ayirboshlash, yaʼni oldisotdi yuritish xos. Shu bois natural isteʼmol oʻrniga tovar isteʼmoli ustuvorlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, yaʼni erkinlik, mulkiy erkinlik va xoʻjalik yuritish erkinligiga asoslanadi. Xususiy mulk asosiy boʻlgan holda boshqa mulk shakllari ham mavjud boʻladi. Xilmaxil mulkchilik yoki barcha mulk shakllarining , chunonchi xususiyindividual, xususiy korporativ, jamoa mulklari hamda davlat mulkining erkin rivojlanishi natijasida mulkiy muvozanat hosil boʻlib, hech bir mulk shaklining monopoliyasiga yoʻl berilmaydi. Bozor iqtisodiyoti da yakka tartibda, oʻz mulki va mablagʻiga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga koʻtarib ish yuritish usullari mavjud boʻladi. Bozor iqtisodiyoti ning tayanchi tadbirkorlik boʻlib, u tovar va xizmatlarni bozorga yetkazib berish asosida foyda topishga qaratiladi. Tadbirkorlar maxsus toifani tashkil etadi va odatda, iqtisodiy faol aholining 7—10% ni tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti da har bir kishi oʻz manfaatidan kelib chiqqan holda, qoʻlidan kelgan ishni qilib, ishlab topganini oʻzi oladi. Nimani, qancha ishlab chiqarish, uni qayerda va necha puldan sotilishini bozorda talab belgilaydi. Bozordagi narx talabdan kelib chiqqan holda talab — taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti iqgisodiy subʼyektlar alohidalashganidan ular manfaati toʻqnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo boʻladi. Raqobat Bozor iqtisodiyoti ni harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini taʼminlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iktisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy ragʻbatlantirish mexanizmi boʻlib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni koʻplab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni taʼminlaydi. Bozor iqtisodiyoti da pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyoti da boy boʻlish man etilmaydi, aksincha, unga yoʻl ochib beriladi, daromadning yuqori chegarasi boʻlmaydi, ammo uning quyi chegarasini davlat belgilaydi va ishlovchilar mehnatiga beriladigan haq belgilangan eng kam ish haqilan past boʻlishi mumkin emas. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi boʻlmagan, tovarlar moʻlkoʻlligi taʼminlanadigan iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyoti ga xos yana bir belgi — bu daromadlarda adolatli tengsizlikning boʻlishidir.
Hozirgi kunda iqtisodiyotni rivojlantirish har bir davlat uchun ustuvor vazifa hisoblanadi. Chunki iqtisodiyot sohasi davlatning eng asosiy bo’g’ini hisoblanadi. Iqtisodiyot ortda qolgan sari davlat ham qashshoqlashib ketaveradi. Shunday ekan davlat iqtisodiyotda muhim rol ijro etadi. Ammo davlatning iqtisodiyotdagi roli haqida bir qancha iliq yoki sovuq qarashlar ham mavjud. Masalan, Smit nazariyasiga qaraydigan bo’lsak, Smit davlat umuman aralshmasligi kerak deb hisoblaydi. Uning fikricha, xususiy tadbirkorlar ishlarida davlat qatnshsa, faqatgina ularga zarar olib keladi deb hisoblaydi. Shundagina ishlab chiqruvchilar erkinlikda xohlaganidek zaruriy narsalarni ishlab chiqarib foyda ko’proq olishadi deb o’ylaydi. Aksincha, Keyns nazariyasiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, bu nazariyada davlat tartib solish vositalaridan foydalangan holda jamiyatning yalpi talabini rag’batlantirishni va aholining ish bilan ta’minlanishi kerakligini aytib o’tadi. Ayniqsa urushdan keyin Keyns nazariyasi haqiqatga yaqinlashib boraverdi. Davlatning iqtisodiyotdagi roli oshib boraverdi. Darhaqiqat, mening fikrimcha ham davlat iqtisodiyotda muhim rol sifatida qatnashishi va uni har doim tartibga solib turishi, uni rivojlantirish uchun nima qilish kerak bo’lsa, barchasini qilishi kerak deb o’ylayman. Bugungi kunda davlat iqtisodiy taraqqiyot jarayonining ko'p jihatdan faol ishtirokchisi sifatida maydonga chiqdi. Hozirgi vaqtda hukumat ishlab chiqarish faoliyatida tobora ko'proq ishtirok eta boshladi va o'zining pul-kredit va fiskal siyosati orqali iqtisodiy faoliyatning yo'nalishini boshqarmoqda. Shuningdek, u tovar va xizmatlarning iqtisodiyotda taqsimlanishini belgilaydi. Rivojlangan mamlakatlarda rivojlanish jarayoni uzoq davrlarga yoyilgan, ammo kam rivojlangan mamlakatlarda bugun kutishga vaqtlari yo'q va ular uchun rivojlanish davrini qisqartirish zarur. Bunday holda, rivojlanish jarayonida hukumat muhim rol o'ynaydi. Bu mamlakatlar turg'unligicha qolmoqda va ularni o'sish yo'liga solib qo'yish uchun hukumatning ijobiy aralashuvi zarur. Rivojlanmagan mamlakatlarda rejalashtirish faqat aralashuv bilan cheklanmaydi, balki iqtisodiy rivojlanishning zaruriy sharti sifatida qaraladi. Rivojlanmagan mamlakatlarda manbalar kam boʻlganligi sababli ularni turli loyihalar oʻrtasida taqsimlashni rejalashtirish hamda ushbu loyihada ulardan foydalanishni rejalashtirish zarur boʻladi. Shunday qilib, kam rivojlangan mamlakatlar o'zlarini qisqa vaqt ichida rivojlantirishni xohlasalar, rejalashtirishdan qochib qutula olmaydilar, bu vaqt omili juda muhimligini anglatadi. Rivojlanmagan mamlakatlarda hukm surayotgan muammolarni xususiy korxonalar hal qilib bo'lmaydi, shuning uchun bu mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi uchun davlat choralari zarur. U tovarlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, iste'mol qilishni nazorat qiladi va buni amalga oshirish uchun hukumat jismoniy nazorat va pul va fiskal choralarni ishlab chiqishi kerak va bu choralar kam rivojlangan mamlakatlarda hukm surayotgan iqtisodiy va ijtimoiy tengsizliklarni kamaytirish uchun juda muhimdir. “Ijtimoiy zanjirlarni buzish, iqtisodiy taraqqiyotga mos psixologik, mafkuraviy, ijtimoiy va siyosiy vaziyatni yaratish bunday mamlakatlarda davlatning eng muhim burchiga aylanadi. 3-JAVOB
Download 80 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling