29. Falsafada metod va metodologiya muammosi
Download 16.1 Kb.
|
29.Falsafada metod va metodologiya muammosi Biz o’tgan 5-mavzuda olam, borliq, uning tuzilishi, shakllari atributiv xususyatlari haqida fikr yuritgan edik. Falsafaning ushbu masalalari bilan shug’ullanadigan sohasi antologiya deb atalishi haqida to’xtalgan edik. Falsafa borliqni bilishning sohasi gnoseologiya (yunoncha gnosis bilish, logos-ta’limot) deb ataladi. Bizning bugungi mavzumizning maqsadini ana shu masala, ya’ni bilish masalasi tashkil etadi. Falsafa borliqni o’z-o’zicha o’rganib qolmaydi, balki uning o’zgarishi , taraqqiyotining umumiy qonunyatlarini bilib olish yo’nalishida o’rganadi. Va bunda muayyan metodlar va metodologiyaga tayanadi. Falsafada bilish masalasini qanday talqin qilishlariga ko’ra va bunda qanday metod va metodologiya tamoyillariga tayanganliklariga ko’ra faylasufalar turli oqim , yo’nalishlarga ajraladi. Shu bois «metod» va «metodologiya» tushunchalari mazmuni xususida to’xtalamiz. Metod (yunon. metods - usul) keng ma’noda ijodiy faoliyatning har qanday shakli ma’nosini ifodalaydi. Metod bilimdagi u yoki bu shaklda qoida, tartib, usul yig’indisidir. Metodologiya tushunchasi ikki mazmunga ega: 1. Ijodiy faoliyatda qo’llaniladigan ma’lum usullar tizimi (fanda,siyosatda,san’atda va x). 2. Metodlar yig’indisi va faoliyat turi haqida ta’limotdir yoki metod haqidagi nazariya. Fan metodologiyasi uning strukturasi,taraqqiyoti,ilmiy tadqiqot vositalari va usullari,uning natijalarini asoslash yo’llari,bilimni tajribaga tadbiq qilish mexanizmi va shakllarini o’rganadi. Falsafada metod, metodologiya masalasi insonning borliqni va o’z borlig’ini bilish masalasi hisoblanadi. shunga ko’ra mazkur masala falsafa tarixida bahs 231
mavzui bo’lib kelgan holda, u doimo faylasuflarning diqqat e’tiborida bo’lgan. Va bugungi kunda ham ushbu masala hozirgi zamon falsafiy yo’nalishlarida metodologiya bilishning muhim omili, vositasi bo’lib hisoblanadi. Masalan, falsafiy, xususan ijtimoiy metodologiya hozirgi zamon germenevtikasida muammolar yechimini tahlil qilishda keng qo’llanilmoqda. Har qanday metodlar muayyan ilmiy nazariyalar negizida yaratiladi va bilish quroli vazifasini bajaradi. Va mazkur bilishning natijasi o’z navbatida metodlar uchun xizmat qiluvchi nazariyalarning boyishi mukammallashishiga xizmat qiladi. Shu manoda har qanday metod real hayotiy bilish jarayonida shakllanadi. Metod haqiqiyligi tadqiqot predmeti (obektning) va bilish subyekti mazmuni bilan bog’liq. Shu bois metodning bilish usuli ekanligi nazariya , predmet(obyekt) va subyekt tushunchalarining mazmuni orqali anglashiladi. Darxaqiqat, metod subyekt va obyektning dialetik birligida amal qiladi, mukammallashib, rivojlanib boradi. Metodlar turli asoslar-mezonlar bo’yicha tasniflanadi. Qaysi sohada qo’llanishiga ko’ra moddiy, ma’naviy, g’oyaviy turlarga , uslubiyatga ko’ra ilmiy- nazariy va amaliy faoliyat turlariga ajratiladi. Metod metodikada konkretlashadi. Metodika doimiy materiallarni yig’ish va saralash vositasi,aniq faoliyat turidir. Metodlar umumiylik darajasi va amal qilish doirasiga ko’ra bir necha guruhlarga bulinadi:eng umumiy metodlar,umumiy va xususiy metodlar. Eng umumiy metodlar falsafiy metodlardir,u barcha bilim sohalari, faoliyat uchun metodologiya bo’lib xizmat qiladi. Falsafiymetodlar:dialektika,metafizika,sinergetika,sofistika. Dialektika (yunon dialektika-bahs.) tabiat , jamiyat va bilish taraqqiyoti qonuniyatlari hamda ularning asosida shakllanadigan umumiy tafakkur uslubi va amaliy faoliyat haqidagi ta’limotdir. Abadiy va azaliy uzluksiz, o’zoro aloqadorlik, vaqtning ortga qaytmasligi, rivojlanish va taraqqiyot, olamining birligi dealektikaning asosiy tamoyillaridir. Falsafada ana shu tamoyillarga asoslangan tafakkurni- dialektik tafakkur, dunyoqarashni- dialektik dunyoqarash, metodni-dialektik metod deb yuritiladi. Download 16.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling