29. Mavzu: Asosiy vositalar xarakatini hujjatlashtirish


Download 1.58 Mb.
bet51/56
Sana23.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1652513
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
Asosiy vositalar xarakatini hujjatlashtirish

Yes=Bq*Yef/100
(200000*80/100=100000 so‘m).
Bu yerda: Yes-amortizatsiya summasi, Bq-balans (dastlabki) qiymati, Tf-foiz.
Tomonlar o‘rtasida tuzilgan kelishuvga ko‘ra, dasturni sotib oluvchi tomon 100000 so‘m o‘tkazib berishga rozilik beradi. Demak, sub’ekt o‘z tasarrufidagi kompyuterni sotishdan 60000 so‘m daromad (foyda) oladi. Bu quyidagi buxgalteriya yozuvlarida aks ettiriladi:

        1. Sotilgan kompyuter dasturining dastlabki qiymati hisobdan chiqarildi:

Debet: 9220–«Boshqa aktivlarning sotilishi va
turli chiqimi»schyoti 200000 so‘m.
Kredit: 0430–«Dasturiy ta’minot» schyoti 200000 so‘m.
Bizning fikrimizga ko‘ra, dasturiy ta’minotni hisobdan chiqarish va sotish bo‘yicha 9223 schyotni «Dasturiy ta’minotni sotish va turli chiqimi» deb nomlash maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.
Bu esa, nomoddiy aktiv ob’ektlari harakati to‘g‘risida yanada aniqroq bo‘lgan ma’lumotlarni olish va balans tuzish jarayonini soddalashtiradi.

  1. Dasturiy ta’minotning eskirish summasi ulardan foydalanilgan butun davr uchun quyidagi tartibda hisobdan chiqariladi:

Debet: 0530–«Dasturiy ta’minotning amortizatsiyasi» schyoti -160000 so‘m.
Kredit: 9223–«Dasturiy ta’minotning sotilishi va turli chiqimi» schyoti-160000 so‘m.
Ob’ektdan 48 oy yani 4 yil foydalanilgan, shuning uchun eskirish 160000 so‘mga teng.(200000/60 oy*48 oy=160000 so‘m).

  1. Dasturiy ta’minotni sotishdan tushum olindi:

Debet: 5110–«Hisob-kitob» schyoti-100000 so‘m
Kredit: 9223–«Dasturiy ta’minotning sotilishi va turli chiqimi schyoti»-100000 so‘m

  1. Dasturiy ta’minotni sotishdan olingan daromad (foyda) summasiga:

Debet: 9223–«Dasturiy ta’minotning sotilishi va turli chiqimi» schyoti 60000 so‘m
Kredit: 9323–«Dasturiy ta’minotning sotilishi va turli chiqimidan olingan foyda» schyoti 60000 so‘m
Biz shu o‘rinda 9220 «Boshqa aktivlarning sotilishi va turli chiqimi» schyotining mazmunini quyidagicha nomlanishni tavsiya qilamiz: 9221–«Nomoddiy aktivlarning sotilishi va boshqa sabablar bo‘yicha chiqib ketishi». Bu esa hisob ishlarini yaxshilashga olib keladi.
Nomoddiy aktivlarni ayirboshlash munosabati bilan balansdan chiqarish tartibi. Nomoddiy aktivlarni ayirboshlash orqali hisobdan chiqarishda nomoddiy aktivlarni ayirboshlash uchun berayotgan tashkilotning balansidan balans qiymatida chiqariladi. Bir xil idenfikatsion kodga ega nomoddiy aktivga ayirboshlab olingan nomoddiy aktivning dastlabki qiymati berilgan nomoddiy aktivning qoldiq qiymatiga tengdir. Nomoddiy aktivlar qo‘shimcha to‘lov bilan ayirboshlangan taqdirda xuddi shunday nomoddiy aktivga ayirboshlab xarid qilingan nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati berilgan nomoddiy aktivning ayirboshlash chog‘ida berilgan (olingan) pul mablag‘lari yoki ular ekvivalentlari (qo‘shimcha to‘lov) summasiga ko‘paytirilgan (kamaytirilgan) qoldiq qiymatiga tengdir. Me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda o‘xshash bo‘lmagan nomoddiy aktivga ayirboshlab olingan nomoddiy aktivning dastlabki qiymati berilgan nomoddiy aktivning joriy qiymatiga tengdir. Nomoddiy aktivlar qo‘shimcha to‘lov bilan ayirboshlangan taqdirda o‘xshash bo‘lmagan nomoddiy aktivga ayirboshlab xarid qilingan nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati berilgan nomoddiy aktivning ayirboshlash chog‘ida berilgan (olingan) pul mablag‘lari yoki ular ekvivalentlari (qo‘shimcha to‘lov) summasiga ko‘paytirilgan (kamaytirilgan) joriy qiymatiga tengdir.
Tashkilotlarda ularni ayirboshlash munosabati bilan nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish quyidagicha aks ettiriladi:
a) nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati hisobdan chiqarilganda:
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i debeti;
nomoddiy aktivlarni hisobga olish hisobvarag‘i (0400) krediti;
b) nomoddiy aktivlarning jamg‘arilgan amortizatsiyasi hisobdan chiqarilganda:
nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga olish hisobvarag‘i (0500) debeti;
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i krediti;
v) berilayotgan xuddi shunday nomoddiy aktivning qoldiq qiymati bo‘yicha yoki o‘xshash bo‘lmagan nomoddiy aktivga joriy qiymat bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovsiz ayirboshlab olingan nomoddiy aktivlar ob’ekti kirim qilinganida:
nomoddiy aktivlarni hisobga olish hisobvarag‘i (0400) debeti;
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i krediti;
g) pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlari qo‘shimcha to‘lov bilan ayirboshlab olingan nomoddiy aktivlar ob’ekti kirim qilinganida:
nomoddiy aktivlarni hisobga olish hisobvarag‘i (0400) debeti - berilgan nomoddiy aktivning qoldiq (joriy) qiymati summasiga va pul mablag‘lari yoki ular ekvivalentlarining to‘lanadigan summasiga;
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i krediti - berilgan nomoddiy aktivning qoldiq (joriy) qiymati bo‘yicha;
6990-“Boshqa majburiyatlar” hisobvarag‘i krediti - ayirboshlash chog‘ida to‘lanadigan pul mablag‘lari yoki ular ekvivalentlari summasiga;
d) pul mablag‘lari yoki ular ekvivalentlari olinishi bilan ayirboshlab olingan nomoddiy aktivlar ob’ekti kirim qilinganida:
nomoddiy aktivlarni hisobga olish hisobvarag‘i (0400) debeti - berilgan nomoddiy aktivning qoldiq (joriy) qiymati bilan ayirboshlash chog‘ida olinadigan pul mablag‘lari yoki ular ekvivalentlari summasi o‘rtasidagi farq summasiga;
4890-“Boshqa debitorlarning qarzlari” hisobvarag‘i debeti - ayirboshlash chog‘ida olinadigan pul mablag‘lari yoki ular ekvivalentlari summalariga;
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i krediti - berilgan nomoddiy aktivning qoldiq (joriy) qiymatiga;
e) moddiy aktivlar ayirbosh qilinganda xarajatlar summasiga:
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i debeti;
materiallarni (1000), xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlarni (6700), sug‘urtalash va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni (6500) hisobga olish hisobvaraqlari va boshqa tegishli hisobvaraqlarning krediti;
j) rezerv kapitalni hisobga olish hisobvaraqlarida hisobga olinadigan, nomoddiy aktivlar ushbu ob’ektini qayta baholash natijalari (saldo) summasiga:
8510-“Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” hisobvarag‘i debeti;
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i krediti;
z) qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblab yozilganda:
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i debeti;
6410-“Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar (turlari bo‘yicha)” hisobvarag‘i krediti;
i) nomoddiy aktivlarni ayirboshlashdan foyda summasiga:
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i debeti;
9320-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” hisobvarag‘i krediti;
k) nomoddiy aktivlarni ayirboshlashdan zarar summasiga:
9430-“Boshqa operatsion xarajatlar” hisobvarag‘i debeti;
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i krediti.
Avtomobilsozlik korxonalarida nomoddiy aktivlarni boshqa mulklarga almashtirishi mumkin, Masalan, ma’naviy jihatdan eskirib qolgan «Windows-2002» dasturini Windows-2005 ga almashtiriladi: bunday hollarda sotib olish bahosi qarama-qarshi savdoda sotilgan eski ob’ektning qiymati hajmidagi yangi narxdan beriladigan chegirma summasiga kamaytiriladi. Nomoddiy aktivlarni ayirboshlashdan olinadigan foyda yoki zararni aniqlashning maxsus qoidalari mavjud bo‘lib, ayirboshlanayotgan ob’ektlar tasnifiga bog‘liqdir.
Bir xil guruhda bo‘lmagan nomoddiy aktivlarni ayirboshlashdan olingan foyda yoki zarar alohida ko‘rsatilishi kerak. Buxgalteriya hisobida yangi nomoddiy aktivlar ob’ektini (dasturiy ta’minot) hisobga olish yoki dasturni balans qiymatiga to‘langan pul mablag‘laridagi summani qo‘llash bilan ifodalanadi. Kompyuterlar uchun dasturiy ta’minotni ayirboshlashda ko‘rilgan zarar schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi. Yuqorida keltirilgan kompyuter dasturning qiymati 100000 so‘m bo‘lgan. U holda:
- yangi dastur (Windows-2005) qiymati – 500000 so‘m;
- eski dasturga chegirma- 20000 so‘m;
- zarur bo‘lgan pul mablag‘lar – 430000 so‘m
Demak, chegirma eski dasturning balans qiymatidan kam (100000-20000) 80000 so‘m. Yo‘qotishlar, ya’ni zarar 80000 so‘mni tashkil etadi:
Debet: 0431 "Dasturiy ta’minot" (yangisi) schyoti– 500000 so‘m;
0530 "Dasturiy ta’minotning amortizatsiyasi" schyoti – 50000 so‘m;
9432 "Nomoddiy aktivni sotishdan zarar" schyoti – 80000 so‘m;
Kredit: 0430 "Dastur ta’minot" schyoti – 200000 so‘m;
5110 "Hisob-kitob" schyoti – 430000 so‘m.
Hizmat muddati tugashga qadar sub’ektning faoliyatidan chiqib ketgan nomoddiy aktivlar ham mos keluvchi buxgalteriya schyotlaridan hisobdan chiqariladi. Amortizatsiya aktivlarni qayta turkumlash holatida hisobga olinadi, so‘ngra amortizatsiya ortib borish yakuni bilan va aktivlar «Boshqa aktivlar» schyotiga hisobdan chiqariladi. Bundan tashqari agarda aktivlarning bozor qiymati ularning balans qiymatidan kam bo‘lsa, u holda zarar hisoblanadi va «Boshqa aktivlar» bozor qiymati bo‘yicha debetlanadi, aksincha bozor qiymati balans qiymatidan ortiq bo‘lsa «Boshqa aktivlar» scheti kreditlanadi, ammo foyda hisobga olinmaydi. Shunday nomoddiy aktivlar borki ularni buxgalteriyada hisobga olish, daromad (zarar)larni qayd etish o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Kabel televideniyesi orqali uzatilgan teledasturlarni uzatishda telestudiyalarda dasturlarning qiymatini «Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan hizmatlarning tannarxi» (9130) scheti debeti va «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» (4010 schet) schyotining kreditida aks ettiriladi. Sotish bo‘yicha budjetga to‘lovlarning summasi esa schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi:
Debet: 4010–«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schetlar» schyoti
Kredit: 6410-“Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik”schyoti
Buxgalteriya ma’lumotlarining nomoddiy aktivlarga nisbatan haqiqiyligi, boshqa mulk kabi vaqti-vaqti bilan o‘tkazilib turiladigan yo‘qlama (inventarizatsiya)lar bilan tasdiqlanishi lozim. Aktivlarning inventarizatsiyasi «Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» buxgalteriya hisobi milliy standarti bilan tartibga solinadi.8

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling