29-mavzu: Transport tarmoq texnologiyalari
-yilda telekommunikatsiya sohasini rivojlantirishda amalga oshirilgan ishlar
Download 187.37 Kb.
|
Samandar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 200 Gbit/s
- 34 foizga
2019-yilda telekommunikatsiya sohasini rivojlantirishda amalga oshirilgan ishlar
Telekommunikatsiya tarmoqlarining tadrijiy rivojlanishini mamlakatimizda aloqa tarmoqlarini raqamlashgan tizimga o‘tkazish bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli loyihalar bilan chambarchas bog‘lash mumkin. Telekommunikatsiyalar infratuzilmasi AKT ni rivojlantirishning asosi hisoblanadi. O'zbekistonda telekommunikatsiya tarmoqlarini raqamlashtirish mamlakat hududini to'la qamrab olgan. Mazkur tarmoqda NGN va MPLS rususmidagi zamonaviy elektron telefon stantsiyalari avlodidan foydalanilmoqda. Simli aloqa tarmoqlarining raqamlangan sig'imi milliondan oshiqni tashkil qiladi. O'zbekiston hududida har bir fuqaro va muassasa simli aloqa telefonlarini o'rnatish imkoniyatiga ega. 2019 yilda telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirildi. Xalqaro Internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyati 1 200 Gbit/s.ni tashkil etib, kommutatsiya markazi orqali 750 Gbit/s tezlikda Internet tarmog‘iga chiqish imkoniyati yaratildi va tarmoqning yuklanish darajasi 76,6 foizni tashkil etdi. 2020 yilning 1 yanvaridan operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarif o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 34 foizga arzonlashtirilib, 1 Mbit/s uchun 56,0 ming so‘mni tashkil etdi. Internet xizmatidan foydalanuvchilar soni 22 mln.dan ortdi, shundan mobil Internet foydalanuvchilari soni 19 mln.ni tashkil etdi. 11-Mavzu:Ikki abonent o`rtasida aloqa o`rnatish jarayoni. Harakatdagi ikki tomonlama radio aloqa tizimi tushunchasiAdministrator May 28, 2003 Uyali va qayd etilgan telefonlar foydalanuvchilarga bevosita abonent bilan abonentning boglanishini ta`minlaydi. Oddiy peyjer esa ma`lumki, bir tomonlama aloqani taklif etadi. Ikki tomonlama radioaloqa esa bir aloqa seansi davomida ko’plab abonentlar bilan operativ aloqani ta`minlashi mumkin. Uyali telefon bir vaqtning o’zida bir necha abonentlar bilan aloqa qilish uchun mo’ljallanmagan (Konferents – aloqa xizmati uyalidek operativ emas, shuningdek, juda qimmat). Peyjing, hatto ikki tomonlamaliligi ham, abonentlar uchun to’laqonli ravishda ikki tomonlama aloqani ta`minlay olmaydi. Ikki tomonlama harakatdagi radioaloqa (DPR) ayniqsa, quyidagi masalalarni hal etishda juda ham zarurdir : • Qisqa vaqtli, lekin tezkor, doimiy aloqa zarur bo’lganida, masalan, taksi mashinalarini boshqarishda, kurerlik xizmatlari, qurilishda; • Favqulotda vaziyatda darhol ulanish: jamoatchilik, aholi xavfsizligi, qutqaruv xizmatlari va shu kabilarda; • Manyovrlar paytida komandalarni tez bajarish kerak bo’lganida: harbiy xizmatda, militsiya xizmatida; • Hamma vaqt ham, tizimni band qilmasdan, aniq ishlashi zarur bo’lganida, kafolatli aloqa, aholi uchun umumiy aloqa tarmoqlarida tizim band bo’lishi juda ko’p uchrab turadi: aeroportlarda, favqulotda vaziyatlarda. • Boshqa aloqa turlari mavjud bo’lmagan joylarda, masalan, to½li yoki aholi kam yashaydigan joylarda kafolatli aloqa zarur bo’lganida qo’llaniladi. Ikki tomonlamali radioaloqa boshqa mavjud mobil aloqa turlariga nisbatan ancha arzonligi bilan ustun turadi. Uyali telefon aloqasi uchun ekspluatatsion harajatlar, masalan, grafik narxi qo’shimcha oylik abonentlik to’lovi bilan belgilanadi. Ikki tomonlama radioaloqaga boshlan½ich harajatlar, radiostantsiya narxi va radiotarmoq yaratishga, harajatlar bilan birga uyali telefon aloqasidan foydalangan holatdan anchagina qimmatroqqa tushadi. Аmmo uzoq muddatni hisobga olib solishtirsak, ikki tomonlama radioaloqa ancha arzon bo’lib chiqadi, chunki foydalanuvchi aloqa vaqti uchun oylik abonent to’lovlari uchun haq to’lamaydilar. Download 187.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling