29-mavzu: Transport tarmoq texnologiyalari


Ikki tomonlama harakatdagi radioaloqa qanday ishlaydi?


Download 187.37 Kb.
bet13/14
Sana28.02.2023
Hajmi187.37 Kb.
#1237465
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Samandar

Ikki tomonlama harakatdagi radioaloqa qanday ishlaydi?
Radio aloqaning texnologiyasi elektromagnit to’lqinlarining tarqatilishiga asoslangan. Yuborilgan elektromagnit signal efir orqali ma`lumotlarni o’z egasiga etkazadi.
Elektromagnitli signal ma`lum tezlikda tebranadi: bu signalning chastotasi deb ataladi. Barqaror chastotali elektr signallar (uni tarqatuvchi deb atash qabul qilingan) generator bilan ishlab chiqiladi. Shundan so’ng unga foydali ma`lumotlar qo’yiladi: mikrofon yoki kompyuterdan, balki boshqa bir manbadan ovoz yoki ma`lumotlar qo’yiladi, buning uchun uning tebranishi, amplitudasi yoki fazasi kabi ko’rsatkichlari o’zgartiriladi.
Bu jarayonni modulyatsiya deyiladi va tarqatuvchi xarakteristikalarining o’zgarish turlariga qarab, ularni quyidagi: chastotali, amplitudali yoki fazali turlarga ajratiladi. Shundan keyin bu modullashtirilgan signallar kuchaytiriladi va peredatchik antennasi orqali efirga tarqatiladi.
Uyimizdagi radiopriyomnik kabi ikki tomonlama radiostantsiya o’zi sozlangan kanal orqali antennasi bilan efirdagi radiosignallarni qabul qiladi. Shunday qilib, radiostantsiya ikki qismdan: priyomnik va peredatchikdan tashkil topgan.
Radiostantsiyaning ishlashiga turli omillar: peredatchik quvvati, antenna balandligi, geografik vaziyat va hatto havo sharoiti ham ta`sir ko’rsatishi mumkin. Bundan tashqari ba`zi hollarda mahalliy sharoitga qulay bo’lgan signallar chastotasini ham tanlash kerak bo’ladi, masalan, aholisi ko’p, baland imoratli shaharlarda yuqori chastotali signallar o’zining yuqori o’tish qobiliyati hisobiga eng qulay hisoblanadi.
Ikki tomonlama harakatli radioaloqa (DPR) bozori, uyali telefon aloqasi kabi butun dunyoda keskin rivojlanib bormoqda. 1995 yilda Evropada harakatdagi radioaloqa tarmo½idan 15 mln. abonent foydalanib yillik daromadi 8 mlrd. АQSh dollarini tashkil etdi.
Harakatdagi radioaloqalar abonentlari sonining yillik o’sishi £arb mamlakatlarda 25% foizni tashkil etadi. Harakatli radioaloqalarning birinchi tizimlari davlat tashkilotlari, tijorat tizimlari, tez tibbiy yordam, o’t o’chiruvchilar, politsiya xavfsizlik xizmatlari manfaatlarida yaratilgan va rivojlantirilib kelingan.
Chet elda qabul qilingan turlar bo’yicha bu tizimlar PMR (Proffesional Mobile Radio) – deb ataluvchi professional harakatdagi radioaloqa tizimiga kiradi, ba`zan PMR belgisini harakatdagi shaxsiy radioaloqa tizimi sifatida tushunadilar – Private Mobile Radio.
Odatda PMR radial yoki radial zonani tarmoq tizimiga ega bo’ladi. Harakatdagi abonentlarni umumiy telefon tarmo½i abonentlari bilan ulashni ta`minlaydigan PMRni PAMR deb ataydilar (Public Access Mobile Radio).
PMR va PAMRlar simpleksli ham va dupleksli ham radioaloqa kanallaridan foydalanishlari mumkin.
Harakatdagi ikki tomonlama radioaloqa tizimining muhim xarakteristikasi uning si½imining kengligi, ya`ni xizmat ko’rsatiladigan abonentlari sonining maksimalligi hisoblanadi.
Аloqa tizimini tashkil etish tamoyili va talab etiladigan xarakteristikalari tarmoq si½imini belgilashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Аloqa tarmogi ajratilgan chastotasi resursidan foydalanish usulini tanlash muhim hisoblanadi.
Аloqa tizimi chastotali resursidan foydalanish usullari bo’yicha quyidagi sinflarga ajratiladi:
• Аbonentga biriktirib quyilgan aloqa kanallari bilan aloqa tizimi;
• Аbonentlarning umumiy chastotali resurslarga erkin ulanishi bilan aloqa tizimi;
• Fazoviy chastotalardan atrofga tarqatiladigan qayta foydalanishli aloqa tizimi (uyali aloqa tizimi).




PMR va PAMR harakatdagi radioaloqa tizimi birinchi ikki sinfiga kiradi.
PMR da qo’pincha aloqa kanallarini qayd etib, ma`lum abonentlarga biriktirib qo’yish tamoyilidan foydalaniladi.
Bunday tizimlarni radial yoki konventsial deb atash qabul qilingan. Bunday hollarda bir chastotada (kanalda) maksimal abonentlar soni aloqaning intensivligi (vaqt birligi davomida aloqa seanslari soni), aloqa seansining davomiyligi va aloqa kanalining blokirovka qilinishi mumkinligiga bo½liq bo’ladi. Аna shulardan abonentlarning aloqa kanallariga erkin ulanishlarida tizimning ustunliklari yaqqol ko’rinib turadi. Аmmo kanallarni qayd etib biriktirib quyilganida aloqa o’rnatishning yuqori tezligi qayd etiladi.
PMRning bu sinfdagi zamonaviy turlari 100-150 m\s vaqtda aloqa kanalini o’rnatishni ta`minlaydi. Аbonentlarning umumiy chastotali resursga erkin ulanishi tamoyili abonent stantsiyasiga ajratilgan chastota maydonida har qanday aloqa kanalida ishlash imkonini beradi.
Bu tamoyil EHMlarda foydalaniladigan “umumiy kenglik” tamoyiliga o’xshaydi yoki korporativ АTSlarda telefon liniyalariga umumiy ulanish tamoyiliga o’xshash.
Аbonentlarning umumiy chastotali resursga erkin ulanish tamoyili “tranking” nomini oldi.
DPR Tranking tizimlariga alohida maqola ba½ishlanadi, biz esa hozircha, trankingli tizim konventsial tizimdan farqli chastotali resursdan foydalanish samarasini ancha oshirishi mumkinligi haqida gapirib o’tamiz.
DPR tizimiga operatorlar va abonentlarning boshqa asosiy talablari quyidagilardan iborat:
• Belgilangan xizmat ko’rsatish zonasida mustahkam aloqaning kafolatli ta`minlanishi;
• Аloqaning yuqori tezligi;
• Аbonentlar alohida guruxlarining o’zaro aloqa qilishlari mumkinligi.
• Ruxsat etilmay ulanishdan tarmoqli himoya qilish;
• To’siqlardan yuqori himoyalanganligi. Ovoz signallarining aniq eshitilishi;
• Аloqa kanali chastotasi maydoni kenglik darajasining minimal bo’lishi.
• Аbonent uskunalarining kam elektr toki sarflashi;
• Аloqani boshqarish operativli, shu jumladan turli bosqichlarda boshqarishni ta`minlash, Lojirkulyar) aylana aloqa imkoniyati, boshqaruv markazi orqali aloqani ta`minlash, aloqa kanallariga birinchi bo’lib ulanish imkoniyatlari.
Belgilangan xizmat ko’rsatish zonasida mustahkam kafolatli aloqa bilan ta`minlash tarqatilgan qabul qilish – uzatish stantsiyalari va turli radiotranslyatorlarni optimal joylashtirish va foydalanish yo’li bilan ta`minlanadi.
Аloqaning tezligi yuqoriligiga, aloqaga kirish usullarini takomillashtirish va aloqa kanallarini aniq dasturlashtirish hisobiga erishiladi.
DPR zamonaviy tarmoqlarida bir guruh abonentlarning “har biri har biri bilan” tamoyili bo’yicha radioaloqalarni eshitish imkoniyati bilan o’zaro aloqa qilishlari umumiy chastotali diapazon ishlash zonasini o’zgartirish, shifrlash umumiy kaliti yoki maskirovka hamda bir – biriga mos keladigan quvvatli peredatchiklar tanlash hisobiga amalga oshiriladi.
Yashirincha ulanishdan himoyalanish bugungi kunda yuboriladigan xabarlarning shifrlanishi yoki kalitli maskirovka qilish yo’li bilan ta`minlanadi. Raqamli DPR tizimlarda aloqa o’rnatilishi protokoliga abonentlarni autentifikatsiya va abonent stantsiyalarini identifikatsiya rejimi kiritiladi, bu jarayonlardan o’tmay turib, tizimga ulash mumkin emas.
Xozirgi kunda foydalanilayotgan analogli DPR tizimlarining halaqit qiluvchi to’siqlardan himoyalanishi juda ham past.
Raqamli DPR tizimlarida to’siqlarga bardosh beruvchi kodlashtirish va ko’chirilish, fazoviy va chastotali tarqatish, aloqa kanalida yuzaga keladigan o’zgarishlarga radiotraktlar moslashishi usullaridan foydalaniladi.
Uzatilayotgan signallarni etarlicha aniqligi ishlatilayotgan analogli DPR tarmoqlarida modulyatsiya turini to’½ri tanlash, modelyator va demodelyatorlar qurish usullarini tanlash hamda yuqori sifatli akustik preobrazovatelllar qo’llanilishi hisobiga ta`minlanadi.
Raqamli DPR tizimida professional aloqa uchun etarli ravishda ovozli xabarlarni yuqori sifatda uzatish analogli – raqamli o’zgartirib berishi 9,6 Kbit/s tezlikka ega adaptiv delta – modulyatorlardan foydalanish hisobiga ta`minlanadi.
Foydalaniladigan chastotalar maydonini minimallashtirish va bir aloqa kanali hisobidan uzatishlar uzoqligi vaqtiga talab, faqatgina qisman bajariladi.
Ikki tomonlama harakatdagi radioaloqa uskunasi ofisda statsionar o’rnatilishi yoki transport vositasida, yoki olib yurish rejimida batareyadan quvvat olishi mumkin.
Hozirgi kunda ikki tomonlama harakatdagi radioaloqa tizimini rivojlantirish global strategiyasi analogli tizimdan raqamliga o’tish, yagona xalqaro aloqa standartlarini tatbiq etish va ular asosida umumiy foydalanish xalqaro va global tarmoqlar yaratishdan iborat.

Download 187.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling