29-mavzu: Transport tarmoq texnologiyalari


O'zbekiston telekommunikatsiya tarmog'i ishining sifati bo'yicha selektor yig'ilishi


Download 187.37 Kb.
bet3/14
Sana28.02.2023
Hajmi187.37 Kb.
#1237465
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Samandar

O'zbekiston telekommunikatsiya tarmog'i ishining sifati bo'yicha selektor yig'ilishi


2013 yilning 4 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasida 2013 yilning 5 oyi natijalari bo'yicha O'zbekiston telekommunikatsiya tarmog'i ishining sifatiga bag'ishlangan selektor yig'ilishi o'tkazildi.
Bugungi kunda keng polosali tarmoqlarni joriy etish bo'yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Internet tarmog'iga keng polosali ulanish xizmatini ko'rsatish bo'yicha o'rnatilgan portlarning soni 407,9 mingtaga etkazildi, foydalanilayotgan portlarning soni 207,1 mingtagacha o'sdi, o'sish mos ravishda 76,8% va 36,3% ni tashkil etdi. Bu esa turg'un aloqa liniyalariga ulanadigan mijozlar sonini sezilarli ravishda oshirish imkonini yaratadi.
Yig'ilish doirasida «O'zbektelekom» AK tuzilmalari va boshqa telekommunikatsiya operatorlari, shu jumladan mobil aloqa operatorlari tomonidan sifatni ta'minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlarning natijalari, telekommunikatsiya tarmoqlari, mobil aloqaning ishonchliligi va ish sifatining joriy holati, profilaktika ishlari, joriy va kapital ta'mirlashni amalga oshirish rejalarini bajarish masalalari muhokama qilindi.
Yig'ilish davomida telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanishni tashkil etish va ularni zarur materiallar va butlovchi qismlar bilan ta'minlashni tashkil etishga rejali yondashish zarurligi ta'kidlab o'tildi.
Telekommunikatsiya tarmoqlarida barcha aloqa operatorlari tomonidan profilaktika ishlari, kapital va joriy ta'mirlash, kengaytirish va modernizatsiyalash ishlarini puxta rejalashtirish xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash imkonini beradi. Shuningdek, muxandis–texnik xodimlar va xizmat ko'rsatuvchi personalning malakasini oshirish mijozlarga xizmat ko'rsatish darajasini oshirishga imkon yaratadi.
Mobil aloqa operatorlari tomonidan tarmoqni rivojlantirish, sarmoyalarni jalb etish, yangi xizmatlar turlarini kengaytirish, fuqarolarning arizalari va murojaatlarini hisobga olish va qayta ishlash, xizmat ko'rsatish sifatini oshirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida ma'lumot berildi. Amalga oshirilayotgan ishlarga baho berildi va hamkorlikda amalga oshirilayotgan rejalarga tuzatishlar kiritildi.
Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi, ularni ko'rib chiqish muddatlarini qisqartirish, vujudga kelish sabablarini chuqur o'rganish va vujudga kelish sabablarini bartaraf etish bo'yicha chora–tadbirlarni ishlab chiqish zarurligi ta'kidlab o'tildi. Jumladan, operatorlar tomonidan kompaniyalarning mijozlar bilan bevosita ishlaydigan xodimlarining malakasi va ko'nikmalarini oshirish, muomala va xizmat ko'rsatish madaniyatini rivojlantirish bo'yicha ishlarga e'tibor qaratilmoqda.
Yig'ilish natijasi bo'yicha telekommunikatsiya va mobil aloqa xizmatlarini ko'rsatish sifatini oshirish hamda telekommunikatsiya tarmog'i resurslaridan samarali foydalanish, texnikaviy o'qitish yo'li bilan mutaxassislarning malakasini oshirish, ijro intizomini ta'minlash bo'yicha rahbar va xodimlarning shaxsiy mas'uliyatini oshirishga qaratilgan zarur chora-tadbirlarni qabul qilish bo'yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Telekommunikatsiya operatorlari, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha Davlat inspektsiyasi, O'zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika Markazi, O'zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasining bo'lim va boshqarmalariga hamkorlikda bajariladigan ishlarni tashkil etish va qabul qilingan qarorlarning nazorati bo'yicha aniq topshiriqlar berildi.
Ana shunday muhim ixtirolardan biri sifatida tеlеfon va tеlеfon aloqasini ko‘rsatish mumkin. O‘zining qariyb ikki yarim asrlik tarixi davomida tеlеfon aloqasi juda muhim va kеrakli voqеlik ekanligini ko‘rsatdi va bu holatni ta’rif-tavsiflashga hеch qanday ehtiyoj qoldirmadi. Biroq o‘tgan davr mobaynida tеlеfon aloqasi xizmati va bu sohadagi uskunalar takomillashib, rivojlanib borishi bilan birga, undan foydalanuvchilar sonining ko‘payib borishi va natijada tеlеfon aloqasi xizmatini ko‘rsatuvchi shaxslar va undan foydalanuvchilar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni rivojlanib, tobora murakkablashishiga olib kеldi. Bu esa o‘z navbatida, tеlеfon aloqasi xizmatining huquqiy tartibga solish zaruratini vujudga kеltirdi.
Bugungi kunda tеlеfon aloqasi xizmati tushunchasi va uning xizmat ko‘rsatish munosabatlaridagi o‘rni va mohiyati, huquqiy tartiboti ilmiy tadqiqotlar e’tiboridan chеtda qolib kеlayotganligi ham xizmat ko‘rsatishning ushbu turini chuqur tadqiq etishni talab etadi. Yuridik adabiyotlarda «tеlеfon aloqasi xizmatini ko‘rsatish» tushunchasiga alohida to‘xtalish va unga ta’rif bеrish holatlari dеyarli uchramaydi. Biroq tеlеfon aloqasi xizmatini FK (Fuqarolik kodeksi)ning 703-moddasi 2-qismidan kеlib chiqib, haq evaziga xizmat ko‘rsatish turlariga kirishini va bu tushunchani ushbu holatdan kеlib chiqib, ochib bеrish mumkinligini e’tirof etish mumkin. Shu bilan birga, tеlеfon aloqasi xizmati ko‘rsatish tushunchasini ochib bеrishda dastlab «aloqa» tushunchasini va «xizmat ko‘rsatish» tushunchasini tahlil qilish, ushbu tushunchalar uyg‘unligida «tеlеfon aloqasi xizmati ko‘rsatish» tushunchasini ochib bеrish lozim.
O‘zbеkiston Rеspublikasining 1992-yil 13-yanvardagi «Aloqa to‘g‘risida»gi Qonunida aloqa tushunchasiga ta’rif bеrilmagan (O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Kеngashining Axborotnomasi, 1992. 3-son, 159-modda). Shu bilan birga, xizmat ko‘rsatish munosabatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarda ham aloqa tushunchasining huquqiy ta’rifi bеrilmagan (Masalan, T. Mo‘minov Haq evaziga xizmat ko‘rsatishning fuqarolik huquqiy muammolari: Yurid. fan. nomz. diss… –Toshkеnt: 2007., N. S. Narmatov Xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini fuqarolik-huquqiy tartibga solish muammolari. — Toshkеnt: O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti huzuridagi Amaldagi Qonun hujjatlari monitoringi instituti. 2009. — 260 b., K. K. Nizamatdinov Radiotеlеfon aloqasi xizmatini fuqarolik-huquqiy tartibga solish muammolari. Yurid. fan. nomz. diss… — Toshkеnt: 2010. Biroq «aloqa xizmati» tushunchasiga ta’rif bеrilmagan bo‘lsa-da, adabiyotlarda aloqa xizmatining u yoki bu turlariga ta’rif bеrishga ha-rakat qilingan. Jumladan, O. M. Mixеyеva elеktron aloqa xizmati tushunchasiga quyidagicha ta’rif bеradi: elеktron aloqa xizmati bu — elеktron aloqa axborotini qabul qilish, qayta ishlash, saqlash, o‘tkazish va topshirish bo‘yicha haq evaziga ko‘rsatiladigan xizmatlardir (О. М. Михеева Правовое регулирование деятельности в области оказания услуг электрической связи: диc… канд. юрид. наук: — М.: РГБ, 2005.// http://diss.rsl.ru. С. 27.).
T. I. Skorikova mobil telefon aloqasi xizmatini ovozli yoki boshqa axborotni muayyan radiochastota spеktridagi radioto‘lqinlar yordamida elеktr aloqa tarmog‘i tizimi bo‘yicha mobil telefon aloqasi opеratori tarmog‘idagi abonеntlar o‘rtasidagi, shuningdеk, boshqa opеratorlarning umumiy foydalanishdagi elеktr tarmog‘i bo‘yicha ularning chaqirig‘i bo‘yicha uzluksiz tеlеfon aloqasini ta’minlash maqsadida qabul qilish, qayta ishlash va o‘tkazishga qaratilgan faoliyat sifatida baholaydi (Т. Н. Скорикова Гражданско-правовое регулирование отношений по оказанию услуг сотовой связи: Дис… канд. юрид. наук: — Томск, 2006. — С. 134.).
K. K. Nizamatdinovning fikriga asosan, radiotеlеfon aloqasi xizmati — bu ma’lum bir yuridik shaxs (opеrator) tomonidan tеgishli shartnoma asosida boshqa shaxs (abonеnt) buyurtmasi bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmat hi-soblanib, bu turdagi xizmatlar maxsus o‘tkazgichsiz (simsiz) qurilmalar va moslamalar vositasida hamda radioto‘lqinlar orqali yozma va (yoki) og‘zaki shaklda aloqani qabul qilish, jo‘natish yoki boshqa usullarda axborot almashish bilan bog‘liq haq evaziga ko‘rsatiladigan ashyoviy shaklda bo‘lmagan xizmat (faoliyat)lar turkumiga mansubdir (K. K. Nizamatdinov Radiotеlеfon aloqasi xizmatini fuqarolik-huquqiy tartibga solish muammolari. Yurid. fan. nomz. diss… — Toshkеnt: 2010. 13-b)

.

21-mavzu:Radioaloqa va ommaviy axborot uzatish imkoniyatlari.



Radioaloqa — ikki yoki bir necha punktlar yoki harakatlanayotgan obʼyektlar (kosmik kema, samolyot, kema va boshqalar) orasida radioto'lqinlar vositasida amalga oshiriladigan aloqa. Radioaloqa uchun barcha diapazondagi radiotoʻlqinlar qoʻllaniladi. Radiochastotalardan foydalanish va R. qoidalari xalqaro konvensiya (1908-yil 1 iyulda kuchga kirgan) bilan belgilangan.
Vazifasi va taʼsir chegarasiga qarab, R. xalqaro hamda ichki Radioaloqa liniyasiga bogʻlanadi. Ichki Radioaloqa liniyasi magistral (respublika markazi bilan viloyatlar markazlari orasida va boshqalar) va zonali (viloyat va tumanlar ichidagi) aloqa xillariga boʻlinadi. R. liniyalari mamlakatning Yagona avtomatlashtirilgan aloqa tizimiga kiritiladi. R. xizmati vazifasi, taʼsir uzoqligi, strukturasi va boshqa bilan farq qiladi. Xususan, yerda oʻrnatiladigan va kosmik R. (kosmik R.ga bir yoki bir necha sunʼiy yoʻldoshlar yoxud boshqa kosmik obʼyektlardan foydalaniladigan R.lar kiradi), belgilangan (maʼlum punktlar orasida) va harakatdagi (harakatdagi va statsionar radiostansiyalar yoki harakatdagi radiostyalar orasida); radioeshittirish va televideniyega boʻlinadi.
Radioaloqa va maxsus xizmatlar uchun baʼzi vazirlik va tashkilotlar (Mas, fuqaro aviatsiyasi, temir yoʻl, dengiz va daryo transporti, oʻt oʻchirish, militsiya, tib. xizmat), shuningdek, sanoat, qishloq xoʻjaligi korxonalari va boshqalarda ichki R. xizmatidan foydalaniladi.[1]
Radio aloqa-bu radio toʻlqinlar yordamida maʼlumot almashish.Radioaloqa tizimining axborot tomonida radiouzatuvchi va uzatuvchi antennalardan tashkil topgan radiouzatuvchi qurilma, qabul qiluvchi tomonida esa qabul qiluvchi antennalar va radioqabul qiluvchilardan iborat radio qabul qiluvchi qurilma joylashgan. Transmitterda tashuvchi chastotasining tebranishi uzatilayotgan axborot signalining qonuniga muvofiq oʻzgartiriladi va qabul qiluvchi uchida teskari jarayon amalga oshiriladi. Muloqot bir tomonlama yoki ikki tomonlama boʻlishi mumkin. Radioaloqa statsionar ob’yektlar va koʻchma ob’yektlar oʻrtasida, shuningdek, harakatlanuvchi ob’ektlar oʻrtasida aloqa oʻrnatishning yagona usuli hisoblanadi.[1] Radioaloqa—radiotoʻlqinlar (elektromagnit tebranishlar) yordamida turli masofalarda axborot almashish uchun elektron aloqa turi. Radio (lot. radiare — nurlanish), „radioaloqa“ atamasi „nurlanish yordamida aloqa“, yaʼni oʻtkazuvchi simlar yordamisiz (simsiz aloqa) degan maʼnoni anglatadi. Kosmik antenna yordamida transmitter nurlanadi va yer yuzasiga tarqaladi, keyingi qabul qiluvchiga taʼsir qiladi va elektr energiyasi elektromagnit toʻlqin energiyasiga aylanadi. Ikki tomonlama aloqa uchun har bir radiostantsiya uzatuvchi va qabul qiluvchidan iborat boʻlishi kerak. Kam quvvatli radiostantsiyada uzatuvchi va qabul qiluvchi umumiy korpusga oʻrnatiladi. Yuqori quvvatli signallarni tarqatishda transmitterlar alohida birliklar bilan tayyorlanadi. Qabul qiluvchilar, shuningdek, sifatli radio signallarni qabul qilish uchun alohida birliklar bilan ishlab chiqariladi. Uzatish vaqtida elektromagnit toʻlqinlarni chiqaradigan va qabul qilish vaqtida ularning energiyasini oʻzlashtiradigan qurilma antenna deb ataladi. Antennaning eng oddiy turi — bir uchi erdan koʻtarilgan va bir uchi uzatuvchi yoki qabul qilgichga ulangan oddiy sim.

Download 187.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling