29-variant 1-topshiriq. Nazariy savollarga javob


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
Sana29.04.2020
Hajmi0.57 Mb.
#102077
Bog'liq
bolalar adabiyoti


 

29-variant 



1-TOPSHIRIQ. NAZARIY SAVOLLARGA JAVOB . 

 

1.  Bolalar folkloridagi parokanda allalar. 



2.  Qudrat Hikmat she’rlarining badiiy-tasviriy xususiyati. 

3.  Safar Barnoyevning “Oq laylaklar” asari tahlili. 

4.  Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohatlari” asarida ilgari surilgan g’oya. 

                    1.Bolalar folkloridagi parokanda allalar. 

 

Parokanda allalar.  O’zbek onalar ijodida ko’p uchraydigan allalardan biri hisoblanadi. 



Eng muhim hususiyati- yagona syujet asosida bo’lmaganligidir. Har bir parokanda band 

o’zicha mustaqil tugal bir mazmunga egadir. Ammo bunday mustaqillik faqat tashqi belgi, 

chunki mazmun mantiqi, bolaga qaratilganligi bandlarni yagona bir ipga tizadi, buni vazn, 

qofiya, radif va xatto naqorat kabi badiiy- tasviriy komponentlar kuchaytiradi. Allada 

parokandalikning yuzaga kelishida, uni kuylayotgan ona kayfiyatdagi betakrorlik, o’z 

sarguzashtlari, tashvishlari, omadsizliklari, o’kinchlari, armonlari asosiy ro’l o’ynaydi. 

Ona bola atrofida aylanadi-yu lekin qo’shiqda onalik hislari va istaklarini 

singdirayotganini o’zi sezmay qoladi. Natijada onaning o’y mulohazalari ikki guruhga 

bo’linadi:            ham bolani, ham o’zini o’ylaydigan bo’ladi. Shunday vaziyatda ona o’y- 

muloxazalarida parishonlik barqarorlasha boradi. Lekin, onaning o’zi haqidagi o’y-

muloxazalari bolasi atrofidagi o’y-muloxazalar zaminida kechadi. Bu esa, alladagi sirtqi 

parokandalikga mantiqiy bir butunlikni ta’minlab turadi.  

  Masalan:   

Allo-allo, odingnan 

  Alvonjiying bodinan 

Onajoning o’rgulsin 

Kokilingni torinan 

Alla-yo heya… 



 

 

 

 

 

Qudrat Hikmat she’rlarining badiiy-tasviriy xususiyati. 



 

     Qudrat Hikmat asarlarida ona-Vatanning ko’rki , istiqboli- bolalar bilan, o’qish, bilish va 



halol mehnat qilish bilan bog’liq ekanligi mutassil talqin qilib boriladi. Shoir o’z asarlari 

bilan bolalarda kichiklikdan Vatanga, mehnatga muhabbat his tuyg’usini, fuqarolik 

mas’uliyati va faxrini tarbiyalay boshlaydi. Bu Qudrat Hikmat ijodidagi bosh va muhim 

mavzudir.  

     Mehnat- go’zal hayot manbai, halol mehnat bilan kamol topish, hurmat-e’tibor orttirish 

mumkin degan g’oya Qudrat Hikmat sherlarida  bola tushunchasiga hos sharxlanadi. 

Masalan, “Bob ova nabira” sherini olib ko’ring: munkillab qolgan chol yaxshi niyat bilan 

ko’chatlar o’tkazadi. Shu vaqt nabirasi ununig yoniga kelib, bolalarga shoshqaloqlik, 

sabrsizlik bilan bu nixollar o’zini tutib kata bo’lguncha necha-necha vaqt o’tadi, qo’ying, bu 

ish zarur emas, damingizni oling, deydi. Shunda:  

Bog’bon bobo unga der: 

-eshitgil ey, jon bolam! 

Ko’chat ekkan to’kib ter 

Mening ham marxum bobom 

O’sha nixol quchoqqa  

Sig’mas endi, mana ko’r 

Qarab to’ymaysan boqqa 

Mevalari to’kin mo’l. 

Sendek o’g’il qizlarni  

Ko’rib  ko’nglim bo’lar shod. 

Ekaman tok, behilar 

Mendan qolsin yaxshi ot. 

   Chol tilidan aytilgan  bunday o’git nasixat bolani yaxshi, hayrli ishga da’vat etmay 

qolmaydi.  

   “Bog’chadagi bog’cham” kabi bir turkum sherlarida kichkintoylarda mehnat zavqi to’lib 

toshganini shunday lavhalarda tasvirlaydi: 

Hovuzchadan zing’illab 

Suvni tashib bog’chamga. 

Quydim bultur o’tkazgan 

Qanddak o’rik, olchamga. 

Undan keyin oq, luchchak 

Shaftoliga quydim suv,  

Tupini sal silkitsang,  

Pishganlari tushar duv. 

   Bola psixikasi ruhiga monand  tugal voqei badiya formasida yozilgan bu kichik sher 

yugurib yelib ishlagan kichkintoy bog’bonning mehnat samarasini ham ko’rsatadi qo’yadi. 

Bunday tugal, ravon misralardan kichik kitobxon murod hosil qiladi.  

    Shoir “Baxtli bolalar” sherida bolalarni ozod, erkin, baxtiyorligi va ularning ona-Vatanga 

bo’lgan cheksiz mehr-muhabbatlarini zo’r ko’tarinki ruh bilan kuylaydi. Qudrat Hikmat bu 

she’rida  ham o’z uslubiga sodiq o’laroq misralarni eng kichik vazndaifodalaydi: 

 

Quyosh yo’liday  



 Yorug’ yo’limiz. 

 

Qayga uzatsak,  



Yetar qo’limiz … 

Gullasin doim 

Jonajon Vatan! 

Xalqimiz uchun  

Fido jon va tan. 

   Qudrat Hikmat kichik yoshdagi bolalarni maktabga qiziqtirishni, ularning ilm-fanga 

nisbatan bo’lgan havasini uyg’otishni o’zining shoirlik vazifasi deb bildi. Masalan, unung 

“Kitob-do’stim” she’rini olib ko’raylik. She’rda boshdan oyoq kitob ta’rifi yotganligini 

ko’ramiz. Shoirning ta’kidlashicha, kimki kitobga mehr qo’ysa, astoydil o’qisa, aqli-zehni 

rivojlanishini juda o’ynoqi misralarda yozadi: 

 

Kitob-keng dunyo. 



So’zi nur-ziyo. 

Qo’ysang mehringni, 

Ochar zehningni. 

 

   Shoir kitobning mohiyatini ochishga intilib, “Keng dunyo” ,”So’zi nur ziyo”  kabi 



iboralarni qo’llab o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishadi.  

   “Salom maktab” she’rida shoir maktabning mohiyati va ulug’vorligini bir butunligicha 

kitobxon ko’z o’ngida gavdalantira olgan. San’atkor jozibali misralar tuzib, bolalar 

e’tiqodini maktabga tortadi, ularni ilm-fan asoslarini mukammal egallashga undaydi: 

Ilmu fan bori. 

Hayot bulog’i. 

Aziz umrning 

Suyangan tog’i. 

 

   She’rda nazarda tutilgan eng muxim masalalardan biri shundaki, maktabdan olgan ilmni 



xalq uchun, Vatan uchun sarf qilish har bir bolaning muqaddas burchi ekanligi alohida 

ta’kidlanadi: 

 

Sendan ilob dars, 



O’sdik har nafas. 

Vatan hizmatin- 

O’tash bizning qarz. 

    Qudrat hikmat ijodida “Tinchlik haqida qo’shiq”  she’ri alohida ahamiyatga egadir. Shoir 

tinchlikning mohiyatini butun borligicha she’rga soladi: 

 

Tinchlik juda soz, 



To’kin-sochin yoz. 

O’q tovushi chiqmas, 

Bo’lsa-chi urush, 

O’t tushar har yon. 

Tinch shirin turmush, 


 

Bo’ladi vayron… 



Go’zal shaxarlar,  

Yonib kul bo’lar. 

Na giyoh qolar,  

Na daryo ko’llar. 

Bu sira bo’lmas, 

Xalqalr yo’l qo’ymas, 

Tinchlik-obodlik, 

Hech qachon so’nmas. 

 

    Shoir hamma, har bir oila, jumladan, Shavkatlarning oilasi ham tinchlik bo’lsin deb 



astoydil hizmat qilayotganini tasvirlab, tinchlik urushni yengishi muqarrarligini tasdiqlaydi. 

Shoir bu bilan bolada jahon ilg’or xalqlarining, ayniqsa, tinchliksevar xalqlarning kuch 

qudratiga zo’r ishonch tug’diradi, bolaga tinchliksevarlik ruhini singdiradi. 

    Qudrat Hikmat halol mehnatni go’zal hayot manbai, u bilan kishi hurmat topadi, e’tibor 

ortiradi deb ifodalaydi. Shuning uchun u o’zining kichik kitobxonlarida yoshligidanoq 

mehnat ko’nikmalarini tarbiyalashni asosiy vazifa deb biladi. “Buvimning deganlari” 

she’rida o’z mehnat samarasidan xursand bo’lgan kichkintoylar obrazini yaratadi. Buni 

shoir Sanobar obrazida gavdalantiradi. Muallif o’zining  kichkina qahramonidagi intilishni 

sezib, uni ulug’ ishlarga boshlaydi.  Sanobar buvisi bilan pilla qurti tutadi va bu ishdan 

benihoya xursand bo’ladi.  Buning uchun uning sevinchi, buvisiga bo’lgan muhabbati 

cheksizdir.  Sanobardagi bu holni:  

Sanobarning vaqti chog’,  

Barg keltirdi bir quchoq,- 

deb tasvirlaydi. 

    Buvi ham Sanobarning ishidan hursand bo’ladi, endi uning kata ishlarini ham uddalay 

olishiga ishonadi: 

 

Endi senga shu so’zim- 



Qurtlar kirdi daxaga,- 

O’rnak bo’lib hammaga 

Dastaga harakat qil, 

O’z ishingning ko’zin bil! 

    Shoir Sanobarning buvisidan o’rgangan ishining katta  ijtimoiy mohiyatga ega ekanini 

soda misralarda chuqur ochishga erishadi: 

 Bu yil bizlar uch marta 

Qurt tutib, mamlakatga- 

Topshiramiz pillani, 

Pilla emas, tillani. 

   Bu she’rning har bir misrasi o’ynoqi, tez yodda qoladigan asarlardan biridir. Buning 

uchun yuqoridagi parchalarga, ayniqsa, “Pilla emas, tillani” iborasida qayta nigoh tashlash 

kifoya.  

    Shoir bu she’rida bolalarni mehnatsevarlikga, Vatan va xalq oldidagi burchini muqaddas 

deb bilishga undaydi. 


 

    Qudrat Hikmat ijodida bolalarning ona-Vatanga nisbatan bo’lgan muhabbatlari “Mening 



Vatanim”, “Men tug’ilgan kun” kabi she’rlarida yaqqol o’z ifodasini topgan. Jumladan, 

“Mening Vatanim” she’rida jonajon O’zbekistonimizning go’zalligi, yurtimizdagi barcha 

xalq aka-ukaday do’st bo’lib hayot kechirayotganligi o’ynoqi misralarda aks ettirilgan” 

 

Ko’kday bepayon 



Boyliklarga kon, 

Keng paxta maydon 

Mening Vatanim. 

 

    Qudrat Himatning “Chovkar” , “Toshbaqalar hujumi” ,”Qum ostida qovunlar”, “Ilonshox 



va uning amaldori ari haqida ertak”, “Chirchiq farzandi” kabi poema va ertaka-dostonlarini 

bolalar huzur qilib o’qiydilar va kata estetik zavq oladilar. 

    Qudrat Hikmatning  “Bobodehqon hangomasi” , “Toshbaqalar hujumi” ,”Qum ostida 

qovunlar” poemalarida bolalarning kattalar mehnatiga qiziqishlari, ulardan o’rnak olishga 

intilishlari yoritiladi. 

    Bolalar shoirning “Ko’milgan oltin, vaysaqi xotin va tadbirkor ovchi qissasi”, “Ilonshoh 

va uning amaldori ari haqida ertak” singari ertak dostonlarini ham yaxshi biladilar. 

 

 



 

Safar Barnoyevning “Oq laylaklar” asari tahlili. 

       Safar  Barnoyevning “ Oq laylaklar” , “Tinchlikni ulug’laymiz”  hikoyalar to’plamida, 

tug’ilib o’sgan ona qishloq haqida sara hikoya va qissalar jamlangan. Hususan, adibning 

“Oq laylaklar” hikoyasi Avaz ismli bolaning ona qishlog’i haqida yozilgan. Bola 

qishlog’ining nomi “Laylakxona” deb nomlanishidan or qiladi. Uni jamoat joylarida, to’y-

marosimlarida boshqa qishloqdagi bolalar mazax qilib, ustidan kulishar ekan. Masxara 

bo’laverishdan bezor bo’lgan bola bir kuni buvasidan “Qishlog’imizning nomini 

o’zgartirsak bo’lmaydimi ?”- deb so’raydi. Avazning buvasi avval kuladi, keyin 

nevarasining astoydil hafa bo’lganini ko’rib, qishloq tarixini batafsil tushuntirib beradi. 

Uning aytishicha, ularning qishlog’ini dastlab Mingchinor deb atashgan. Oq laylaklar 

chinoriga in qurib ketgach, atrof qishloq odamlari Mingchinorni unutib “Laylakxona” deb 

nom berishgan ekan. Avaz esa uni aslo tushungisi kelmasdi. Hovlisidagi tut daraxtiga 

qo’yilgan laylak inini buzib, bir juft laylaklarni qaytmas qilib uchirib yubordi. Bundan 

keyinchalik afsuslanib qoladi ham. Shunda qishloqlarining nomi o’zgarmaydi… 

    Bu kabi kichik va sermazmun hikoyalar bolalar qalbidan chuqur joy oladi. O’z ona 

Vatanga bo’lgan, mo’jazgina qishlog’iga bo’lgan mehr- muhabbatini tobora oshirib 

boradi. Vatanga bo’lgan sadoqat ana shu usul bilan tarbiyalanadi. 

    Safar Barnoyev ijodida vatanparvarlik va tinchlik g’oyalari birgalikda tarannum etilgan. 

Shunisi muhimki, bu mavzuni yoritishda tiniq poetic kechinmalar, hayotiy obrazlar, jonli 

tasvirlar tobora ko’proq egallab boradi. Adib ona Vatan tabiatining oshufta kuychisi o’z 

asarlarida bu aziz Vatan tabiatining rango- rang manzaralrini yaratar ekan, shu bilan bir 



 

qatorda ulkan ma’naviy- ma’rifiy vazifani ham bajaradi. Zero, bolalar adabiyoti mustaqil 



O’zbekistonning kelajagini yaratuvchi yosh avlod ma’naviyatini shakllantirishga ham 

mas’uldir.  

     Erta- indin ulg’ayib, jazirama issig’u, qaxraton qishini pisand qilmay, kechani kecha, 

kunduzni kunduz demay Vatan sarhadlarida posbonlik qiladigan bo’lg’usi askar yigitlar 

ham, Vatan tuprog’ini gullab yashnagan bog’u-bo’stonga aylantiruvchi fidokor dehqon 

ham chevar qizlaru, lobar ayollar ham, hullas, o’z halol mehnatini ona Vatan taraqqiyoti 

yo’lida, tinchligi yo’lida, huzur halovatiga bag’ishlagan barcha kasb sohiblari  Safar 

Barnoyev singari ijodkor asarini o’qib, vatanparvarlik hissini o’zlarida singdiradilar. 

     Bolalar va o’smirlar adibi Safar Barnoyevning  tarjimayi holi haqida so’z yuritar 

ekanmiz, uning hayotining dastlabki yillari, o’ta mashaqqatli, ayriliqlar azobida o’tganiga 

guvoh bo’lamiz. Hattoki, adib o’z tug’ilgan yilini va sanasini ham aniq bayon eta olmagan. 

Bu haqda u o’zining tarjimayi holida shunday yozadi: “Odatda tarjimayi hol yozgan yoki 

biror rasmiy hujjat to’ldirgan odam,  “ men falon yili, falon oyning, falon kunida 

tug’ilganman”, deb aniq yozadi. Afsuski, men bunday qilolmayman. Sababi, to men 

maktabni bitirguncha rahmatli onam Ro’zigul Sobir qizining qo’lida hech qanday hujjat 

bo’lmagan. Tug’ilgan qishlog’im Buxoro qishlog’idagi Dilkusho degan joyda qishloq raisi 

bo’lib ishlagan odamdan xujjat so’ralganda, u hech ikkilanmay “ bolangiz mening o’g’lim 

bilan barobar”, deb guvohnoma to’ldirib bergan. Unda mening tug’ilgan kunim 1938-yil 

6-may deb ko’rsatilgan. Mana shu hisob bilan yashab kelaman. Birov surishtirgani yo’q… 

      Adibning onasi Ro’zigul aya esa Safarning yoshligida “sen tut pishig’ida, kimningdur 

to’yi kuni tug’ilgansan”, deb ta’kidlagan. Rasmiy ravishda esa adib yuqorida ta’kidlab 

o’tilgan sanada tavallud topganligi qayd etiladi. 

      Adib olti oyga to’lgan paytida otasi urushga ketadi. O’zining tarjimayi holida bayon 

etilishicha” otasi,ketar chog’ida “ mening kafanim bo’ynimga o’ralangan, qaytib senlarni 

ko’rolmayman” , deya safarni bag’riga bosib yig’lagan. Shuning bilan adibning otasi o’g’li 

bilan bir umrga hayrlashgan. 

       Safar Barnoyev yoshligidanoq she’r yozishga va mutolaa qilishga  ishtiyoqi baland 

bo’lgan. U lotin alifbosi iste’moldan chiqib, kiril harflariga o’tilgan ayni vaqtlarda 

boshlang’ich sinflarga boradi. Ammo o’sha vaqtda badiiy adabiyotlarning ko’pchiligi lotin 

alifbosi bo’lgan. Shu sababli bo’lajak shoir uni osongina o’zlashtirib oladi.  

    Safar Barnoyev shoirlarning she’rxnliik kechalarida, hajviyachilarning askiya- 

bazmlarida o’smirlik davridayoq faol ishtirok etib borardi. Bazmlarda ko’zga tashlanib 

qolgan Safar kechalari tinmay badiiy va she’riy kitoblarni mutolaa qilardi. Abdulla 

Qodiriyning “ O’tgan kunlar”, Cho’lponning “Kecha va kunduz”  singari badiiy asarlar, “ 

Alpomish”, “Kuntug’mish” va “Go’ro’g’li” sikliga kirgan o’qib chiqganligi fikrimizga 

dalil bo’la oladi.  

   Shu tariqa oyatlar ohangiyu, dostonlarning sehrli og’ushida ulg’aygan Safar Barnoyev 

bugungi kunga kelib bolajonlarning sevimli shoiri sifatida elga tanildi. Boshqacha qilib 

aytganda uning bu darajada mashhurlik shox supasiga ko’tarilishida bolalik hayotidagi 


 

o’ziga hos adabiy muhitning shakllanishi asosiy omil bo’lgan, desak,  mubolag’a 



bo’lmaydi. 

   Ikkinchi jaxon urushidan keying og’ir yillarda barcha tengqurlari qatori qiyinchiliklarni 

va zahmatlarni o’z boshidan kechiradi. Oilada yakka o’g’il bola Safar boshoq terish, 

burgan o’rish, shuvoq topish qo’y va mol boqish, o’tin bog’lash kabi og’ir ishlar bilan 

mashg’ul bo’ladi. Pul toppish ilinjida ovulidagi ko’pchilik honadonlarda mardikorlik 

qiladi.  

    Xayotning ana shunday mashaqqatli sinovlari, achchi-achchiq savdolari shoirni juda 

juda qiynab qo’yadi. Azob uqubatlar iskanjasida Safar binoyidek adib bo’lib qoladi. 

Boshdan kechirgan qiyinchiliklariga qaramay, adib abadiy kitoblarni yig’ish, mutolaa 

qilish, adiblar va shoirlar ijodini o’rganish bilan birga, o’zi ham ijod olamiga sho’ng’ib 

ketadi. 

     Safar Barnoyev Buxoroi sharifda 10-sinfni 1959-yili tugatgan. Tirikchilik ilinjida biro z 

muddat ishlagan. Ana shu davrda adibning dastlabki she’rlari  Respublika gazetalarida 

nashr qilina boshlanadi. Adibning hayoti davomidagi eng unutilmas damlaridan biri 

birinchi she’ri “ lager qo’ynida” nomi bilan “Tong yulduzi” gazetasida 1959-yilda e’lon 

qilinishi bo’ldi. Shundan so’ng shoir olimlaru, shoir-ulamolar davrasida bo’lishga imkon 

yaralgandek bo’ladi. 1960-yil Safar Barnoyev harbiy hizmatga boradi.  Hizmatdan 

qaytgach Toshkent Davlat Dorilfununing jurnalistika bo’limiga o’qishga qabul qilinadi. 

Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohatlari” asarida ilgari surilgan 

g’oya. 


        GULLIVERNING SAYOHATLARI-  Jonatan Sviftning shox asari. Bu roman 

satiriko- fantastic janrida yozilgan. Asarning to’liq nomi  “ Lemyuel Gulliverning 

jaxondagi bir necha olis mamkalatlarga avvalo jarroh, keyinchalik esa bir necha 

kemalar kapitani sifatida qilgan sayohatlari”. Roman 1726-1727-yillarda, Londonda 

birinchi marta nashr qilingan. Asar to’rt qismdan iborat.  

       Ushbu asar “Gulliverning sayohatlari” romani yozuvchi nomini butun dunyoga 

mashxur qildi. Adib  yetuk, teran badiiy asarida o’zi yashagan davrda keng tarqalgan 

ijtimoiy- siyosiy illatlar ustidan qattiq kuladi, yuqori tabaqaga mansub kishilar- rasmiy 

amaldor hayoti va turmushidagi mavjud nuqsonlar boshqa idora tartiblarida keng 

tarqalgan hushomadgo’ylik, laganbardorliik, bilimsizlik, o’zga xalqlarni mensimaslik, 

bosqinchilik urushlarini avj olish kabi  noxush kamchiliklarni shavqatsiz fosh etadi. 

Sviftning  achchiq hajviyasi kimlarga qaratilganligi aqli raso zamondoshlari o’z vaqtida 

juda tez ilg’ab olgan  edilar.  Mazkur asar dunyodagi barcha xalqalr tillariga tarjima 

qilingan. Ko’pgina ijodkorlar uni bolalar uchun qayta hikoya qilib berganlar. 

      1-qism. Kema shifokori, Lamuel  Gulliver, “Lilliputiya” davltiga tushib qoladi. U 

yerda odamlardan o’ ikki marta kichkina bo’lgan odamchalar yashaydi. Ular Gulliverni 

asga oladilar. Keyinchalik u lilliputlarga itoat qilishga so’z beradi va Lilliputiya  shoxi 

uni ozod qiladi.  



 

    Lilliputlar Gulliverni hushmuomilalik bilan qabul qiladilar. Unga yashashg joy 



beradilar va ovqat bilan ta’minlab turadilar. Uning kattaligi uchun, unga “Tog’Odam” 

ismini beradilar. Asta sekin Gulliver davlat hayoti bilan tanishadi. Ularning hayoti, 

yevropaliklar hayotidan umuman boshqacha tuzilgan bo’ladi. U Lilliputiyada ikki 

partiya mavjudligini va biri ikkinchisidan har hil balandlikdagi  poshna kiyishi 

farqlanishini bilib oladi. Ular orasida doim shavqatsiz baxslar kelib chiqaveradi. 

Oradan oz vaqt o’tib Lilliputiya va Vlefusk  davlatlari o’rtasida jang boshlanadi. 

Urushga sabab, pishgan tuxumni qaysi tarafidan (uchli tarafidanmi yoki tekis tarafidan) 

sindirga ma’qulroqligi haqida baxs bo’ladi.  Gulliver Lilliputiya davlatining g’alaba 

qozonishiga yordam beradi. Vlefusk qiroli Gulliverni o’z davlatiga taklif qiladi. U 

taklifni qabul qiladi. Guliver Lilliputiyaning qahramoni hisoblanadi, unga “Nardak” 

unvoni (mamlakatdagi eng baland unvon) beriladi.  

    Lekin keyinchalik Lilliputiyada uning dushmanlari paydo bo’ladi. Ular Guliverni 

hiyonatlikda ayblaydilar. Gulliverni birinchi ko’r qilib, keyin ovqatini kamaytirib 

ochdan o’ldirmoqchi bo’ladilar. Lekin, Gulliverning do’stlari uni vaqtida 

ogohlantiradilar va Gulliver Vlefuskga qochishga majbur bo’ladi. U yerda qayiq topib 

oladi, uni ta’mirlaydi va Vlefuskni tark etadi. Yo’lida kemani uchratadi va Angliyaga 

qaytib keladi. Gulliver uyiga kichkina qo’ychalar olib keladi. 

    2-qism.  Brobdingnegga sayohat. Gulliver devqomat odamlar davlatiga tushib qoladi.  

Uni bo’yi 22-metr bo’lgan femer topib oladi. Dev Gulliverni vatandoshlariga ko’rsatadi 

va shu orqali pul ishlaydi. Gulliver buni haqoratomuzlik deb biladi. Keyinchalik 

Brobdingnegning qirolichasi Gulliverni sotib oladi. Qirolicha unga o’yinchoqdek 

munosabatda bo’ladi. Gulliver uchun maxsus quti yasaladi. Sayohatlarga Gulliverni 

shu qutida olib yuradilar. Kichik, lekin havfli sarguzashtlar orasida u qirol bilan 

yevropa siyosatini mulohaza qiladi. Bu yerda, huddi 1-qismdagidek, jamiyat hulq-

atvorlari satiric ravishda tasvirlanadi. Faqat lilliputlar niqobi ostida emas, qirolning 

nutqida. Safarlarning birida, Gulliverning qutisini ulkan burgut olib ketadi va dengizga 

tashlab yuboradi. Gulliverni dengizchilar qutqaradilar va uyga qaytaradilar. 

    3-qism.  Laputa, Balnibarbi, Laggnegg, Glabbdobdrib va yaponiyaga sayohat.  

Gulliver Laputa nomli uchar orolga tushib qoladi. Bu orol Balnibarbi davlatining 

poytaxti. Gulliver davlatning qit’a qismiga tushadi. U yerda barcha ziyoli odamlar 

haddan tashqari matematika va musiqa bilan band bo’lganlari uchun, boshqa hech 

narsaga e’tibor bermaydilar. Qit’ada  “projektorlar akademiyasi” mavjud. U yerda har 

xil ilmiy bo’lmagan, kulgili  tashabbuslar hayotga tadbiq qilinadi. Davlat xokimiyati 

esa bularni qo’llab quvvatlaydi. Shu sabali Davlatning rivoji past darajada bo’ladi. 

Kitobning bu qismida, muallif yashagan vaqtda mavjud bo’lgan, chayqovchilikga 

asoslangan nazariyalarga o’yuvchi satira mavjud. Gulliver, kemasi kelguncha, 

Glabbdobdribga sayohat qiladi. U yerda o’lganlarning soyalarini chaqira oladigan 

afsungarlar bilan tanishadi va buyuk ilm arboblari bilan suhbat quradi. U o’zining 

zamondoshlari va ajdodlarini taqqoslaydi. Bundan keyin Gulliver Laggnegg davlatiga 

keladi. Bu yerda struldburglar- abadiy yashaydigan, o’lmas odamlarni ko’radi. Ular 

doimiy, mazmunsiz, azob va kassaliklarga to’la hayotga mahkum bo’ladilar. 

Hikoyaning  oxirida Gulliver Yaponiyaga yo’l oladi. Svift yashagan Zamonda 



 

Yaponiya yevropa uchun deyarli yopiq edi (yevropaliklardan  faqat gollandiyaliklar 



Yaponiyaga kira olgan) u yerdan Gulliver vataniga qaytib ketadi. 

   4-qism. Guigngnmlar davlatiga sayohat.    Gulliver  aqlli va xushkor otlar- 

Guigngnmlar davlatiga tushib qoladi. Bu davlatda jirkanch yexurlar- odamlar ham 

yashaydi. Yexurlarning xulq-atvorlari misolida odamlarning nuqsonlari ko’rsatilgan. 

Guigngnmlar  Gulliverni yexurlarga o’xshatadilar, lekin ularga qaraganda aqliy va 

madaniy rivoji balandroqligini ta’ n oladilar. Hikoyaning oxirida Gulliver bu 

utopiyadan haydaladi va u Angliyaga, o’z oilasiga qaytib keladi.      

     


2-TOPSHIRIQ.  She’rni adabiy tahlil qolipi  namunasi  bo`yicha tahlil qiling: 

1. Hajmi (misralar yoki betlar soni). 

2. Mavzusi. 

3. Ilgari surilgan g`oyalar. 

4. Badiiy san’atlar. 

5. She’riy asar qofiyalar tizimini aniqlash. 

 

Shukur Sa’dulla 

Bahor 


Keldi bahor, gul bahor 

Erib bitdi oppoq qor. 

Uchib keldi qushlarjon, 

Daraxtlar taqdi marjon. 

Suvlar oqar shildirab, 

Yulduz boqar mildirab, 

Chumolilar yayrashar, 

Sho‘h bulbullar sayrashar. 

Endi ilk sof navbahor, 

Chunki bizda gulbahor. 

Bog‘da qizil lolalar 

Terib oling bolalar. 

Tog‘ bag‘rida qo‘zilar, 

Ma’rab o‘tga cho‘zilar. 

Tolbargak taqib qizlar 

Chuchmomalarni izlar. 

Quyosh nurlarin sochdi, 

Atirgul g‘uncha ochdi. 



10 

 

Yuring chiqaylik, bog‘lar 



Bizni kutar o‘rtoqlar. 

JAVOB: 


1.  Hajmi: 20 misra, 5 band. 

2.  Mavzusi: Tabiat, Bahor tabiati. 

3.  Ilgri surilgan g`oyalar: Tabiatda uyg`onish fasli boshlanganligi, bahor faslining 

intiqib kutilganligi , tabiatdagi o`zgarishlar aks ettirilgan. Shoir bu she`rda bahor 

tabiatining go`zalliligini, undan zavq olish g`oyalarini ilgari surgan. Dalalar bog`lar, 

daraxtlar gullar bilan bezanganini, quyoshning iliq nurlariyu, suvlarning shildirab 

oqishini go`zal misralar bilan ifodalagan. 

4.  Badiiy san`atlar:Tashxis, tanosub 

5.  She`riy asar qofiyalar tizimini aniqlash: barmoq vaznida yozilgan misralardan 

iborat. 


3-TOPSHIRIQ.  PIRLS – baholash tizimi topshiriqlari asosida badiiy asarni tahlil 

qiling va test tuzing. 

“Hikmatli boylik” 

          Hikoyada ikki kishi sayohat qilib yurib, bir g’orga duch kelishgani, g’orning ichida 

kumush eshikli xonada bir sandiq kumush tanga, tilla eshikli xonadan ham bir  sandiq tilla 

tanga topishibdi. Har ikkala sayohatchi cho’ntaklarini va qo’ynilarini tilla tangaga to’ldirib 

olishibdi. Ketmoqchi bo’lib turishganida yog’och eshikli xonani ham ko’rib qolibdilar. Bu 

xonada  yog’och  sandiq  ichida  to’la  kitoblarni  ko’rib,  birinchi  sayohatchi:  “Kitoblarni 

bunchalik  ichkariga  yashirishning  nima  hojati  bor  edi?  Bu  sandiq  g’orning  og’zida    tursa 

ham bo’lar edi” deb orqasiga qaytibdi. Ikkinchi sayohatchi esa: “Bu sandiqning ichkariga 

yashirilishining bir hikmati bo’lsa kerak”,  deb tillalarni to’kib, kitoblardan ko’targanicha 

olibdi.  Sherigi uning qilgan ishidan kulib, har ikkalasi o’z yo’lida davom etibdi.  

        Oradan  yillar  o’tib,  tilla  olib  kelgan  odam  boy-badavlat  bo’lib  ketibdi.  Kitob  olgan 

odamning esa bolalari kitoblarni o’qib, elga tanilgan olimlar bo’lib yetishibdi. Bu paytda 

esa  ikki  sayohatchi  keksayib  qolgan,  tilla  olib  kelgan  odamning  bolalari  otasining 

boyligini  talashib,  bir-birlari  bilan  urushib,  har  tomonga  tarqab,  otasini  ham  unutishibdi. 

Kitob  olib  kelgan  odamning  bolalari    esa  otasiga  minnatdorchilik  bildirib,  uni  qarigan 

chog’ida parvarish  qilishibdi.   

 


11 

 

JAVOB:  PIRLS- 4-sinf o`quvchilarining matnni o`qish va tushunish darajasini baholash. 



Bu xalqaro baholash tizimi hisoblanadi. Biz matnni o`qib tushunishni 1-sinfdan boshlab 

o`rgatib kelamiz. Bu esa o`uvchilarni tushunib ongli o`qishga o`rgatadi. Biz buni o`qish 

darslarida va sinfdan tashqari o`qish mashg`ulotlarida qo`llasak bo`ladi. 

PIRLS TEST 

1.  Sayohatchilar 1sandiq tillani qayerdan topib olishdi? 

 

a)g`orga yetmasdan. 



 

b)g`ordan. 

 

c)g`or ichidagi tilla eshikdan



     2.  kitoblar qaysi sandiqdan topildi? 

a)tilla sandiqdan.  

b)yog`och sandiqdan

c)kumush sandiqdan. 



    3.   Kimning bolalari olim dono bo1lib yetishibdi? 

          a) tilla olgan kishining bolalari. 

          b)kumush olgan kishining bolalari. 

           c)kitob olgan kishining bolalari

   4.   Xikoya nima haqida ekan? 



         a) kitob haqida. 

         b)boylik haqida. 

         c)sayohat haqida. 

  5.   demak inson oqil dono bo`lib voyaga yetishi uchun  nima kerak ekan? 

        a)pul, tanga. 

       


b) kitob, ilm. 

       c) tilla, kumush. 



 

12 

 

4-TOPSHIRIQ.  TEST



 

16-VARIANT 

1. G`.G`ulomning qaysi asarida ovutish motivi yetakchilik qiladi? 

a) «Ola buzoq» b) «Sog`inish» c

)  «Sen yetim emassan»

 d)   «Netay» 

2. Obrazlashtirish, taqqoslash, o‘xshatish topishmoqning qaysi qismida beriladi?  

A

)  savol  qismida

  B)  javob  qismida  C)  har  ikkala  qismida  D)  obrazlashtirish,  taqqoslash, 

o‘xshatish topishmoqqa xos xususiyatlar emas.                                                  

3. Erta ketar laylixon,  

Kechda kelar laylixon,  

Turli-tuman bog‘chalardan  

Yig‘ib kelar laylixon.   

Ushbu topishmoqning javobi qaysi javobda berilgan? 

A) 

asalari 

B) sigir C) kapalak D) ari    

4. Avloniy qaysi janrlarda ijod qilgan? 

a) hikoya, qissa  b) Tragediya, ashula  c)  Roman, komediya d)   

sheriyat, drama

 

5. Avloniy qaysi asarida axloqiy-didaktik g`oyalarni talqin qiladi? 

a) «It va gado» b) «Yaxshilik yerda qolmas» c)  

«Turkiy guliston yoxud axloq»

 d)   «Ittifoq» 

6. “Dum” she’rining g’oyaviy – badiiy maqsadi qaysi javobda? 

A)  Insonning qudratini ko’rsatib beradi B) Dumlarning turlari va vazifalari haqida bolalarga 

tushuncha berish  C) Odobsizlirni qoralash  D) 

O’quvchilarni yaxshi o’qishga undash

   

7. Q.Muhammadiy she’rlari asosan qaysi yoshdagi bolalarga mo’ljallangan? 

A)3-7 yoshdagi bolalarga B)kichik maktab yoshidagi bolalarga) C)

o’smir yoshdagi bolalarga

 

D)katta maktab yoshidagi bolalarga 

8. O’zbek bolalar nasriga “Kenjatoy”, “Yonar daryo”, “Tohir va Zuhra” kabi asarlari 

bilan salmoqli hissa qo’shgan adib kim? 

A) Nosir Fozilov B

) Hakim Nazir

 C) Zafar Isomiddinov D) Ilyos Muslim 

9. Shukur Sa’dulla bolalar adabiyotining qaysi janrlarida samarali ijod qildi? 

A

)  she’r,  dramatik  asarlar,  hikoya,  qissa,  doston

  B)  chiston,  ertak,  she’r,  doston,  topishmoq                 

C) qissa, roman, drama, topishmoq, ertak D) hikoya, qissa doston, topishmoq 

10.  Shukur Sa’dullaning xalq og’zaki ijodi unsurlari aks etgan asarlarini belgilang 

A) “Sen nima qilding?”, “Chol va bo’ri” B) “Gulxan”, “May qo’shig’i” C

) “Yoriltosh”,

 

“Chol va bo’ri”

 D) “May qo’shig’i” “Yoriltosh” 

11.“Tinish belgilarining majlisi” she’ri muallifi kim? 

A)  G’.G’ulom B) Q. Muhammad C) C.Sh.Sa’dulla D) 

Sulton Jo’ra

 

12 . P. Mo‘minning  jismoniy mehnatning aqliy mehnatga yordam berganligi haqidagi 

she’ri qaysi javobda berilgan?  

A)  «O’qituvchi baho qo’yganda»  B) «Tuganmas kon»   C) 

”Yer chopildi — javob topildi»

 D) 

«Bilsa bo’lar yekan-ku!»  

13. P. Mo‘minning  qo‘shiqlari nomlari noto‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.  

A) «

Ko’chalarni to’ldirib»

 B) «Xursandmisiz?, Xursandmiz!» C) «Sentabrim»  D) «Uch baho 

— puch baho»  

14. “Besh bolali yigitcha” romani qaysi yo’sinda yozilgan?  

A) fantastik B) 

realistik 

C) hajviy D) yumoristik 

15. Tursunboy Adashboev ijodining eng muhim fazilatlaridan birini toping? 

13 

 

A)  kulgiga  boy,  hazil-mutoyibani  ko’p  ishlatish  B) 



qisqa  va  lo’nda  qilib  she’rlar  yozish



qissadan hissa chiqarish

       C) kitobning qadr-qimmatiga yetishga undash D) tabiat tasvirini 

aks ettirish 

16.O'rta va kattayoshdagi bolalar uchun mo'ljallangan ertak qaysi? 

a)

Pahlavon Rustam

  b)Ayyor tulki   c)O'tinchi yigit  d)Oltin tarvuz 

17.O'zbek xalq ertagini toping. 

a) 

Ona yer farzandi

 b) Donishmand qiz c) Shag'zoda Plombir d)Bronza to'ng'iz. 

18.O'tgan asrning 30-40 - yillaridaO'zbek bolalar adabyoti  Poezyasida qanday ijodkorlar 

ijod qilgan? 

a) Hakim Nazir b) Majid Fayziy d) Dorjiya Oppoqova e) 

Sulton Jo'ra

 

19.Bolalar adabyotidan prozaik adibni toping. 



a) Majid Fayziy b) Sulton Jo'ra d) Dorjiya Oppoqova e) 

Hakim Nazir

 

20.Bolalar adabyotidan dramma janrida ijod qilgan ijodkorlarni toping. 

a) 

Zafar Diyor

 b) Majid Fayziy c) Sulton Jo'ra  d) Shukur Sa'dulla 

21.ANavoiy "ko'ngil xazinasining qulfi" deb nimani aytadi? 

a)

 tilni

   b) so'zni     c) bilimni   d) ustozlarni 

22.Vatansiz inson -... 

a)  

kuysiz bulbul

  b) pulsiz kaymon  c) birovga mehmon  d) qurigan daraxt 

23.Har bir aytilgan gapga e'tiborli bo'lishga undovchi she'r qaysi? 

 a) O'ylamasdan so'ylama

  b) avval o'yla -keyin so'yla  c) Yolg'onchining jazosi  d) Rost 

so'ylang bolalar    

24. T.Adashboyev ijodiga xos yetakchi xususiyatni belgilang.  a) Satira b) Yumor c)  

Maishat d)   

Odob-axloq.

 

25. T.Adashboyev o´zini qaysi xalqlar farzandi deb biladi? a) o`zbek, rus b) 

qirg`iz, o´zbek

 

c)  qozoq, qirg`iz d)  turkman, o´zbek. 

 

 



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling