297 milliy iqtisodiyotgа toʻGʻridаn-toʻGʻri xorijiy investitsiyalаrni jаlb qilishni rivojlаntirish yoʻnаlishlаri


-rasm. 2017-2021 yillarda toʻgʻridan-toʻgʻri va boshqa xorijiy investitsiya va


Download 427.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana07.02.2023
Hajmi427.27 Kb.
#1175110
1   2   3   4   5   6   7
1-rasm. 2017-2021 yillarda toʻgʻridan-toʻgʻri va boshqa xorijiy investitsiya va
kreditlarni oʻzlashtirilishi (mln. AQSH dollar) [12]. 
Oʻzbekistonda iqtisodiyotiga jalb etilgan toʻgʻ-
ridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning yuqori oʻsish 
sur’atlari Qandim konlar guruhini oʻzlashtirish va 
zamonaviy gazni qayta ishlash zavodini qurish hiso-
biga ta’minlandi. Shuningdek, Qoʻngʻirot hududida 
geologik qidiruv ishlarini olib borilishi, Janubiy-
Gʻarbiy Hisor va Ustyurt hududlarida uglevodorod 
qazib chiqarish kabi yirik investitsiya loyihalar toʻgʻ-
ridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobidan ta’min-
landi. 2021-yilda milliy iqtisodiyotga yoʻnaltirilgan 
toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning umumiy 
hajmi 30149,2 mlrd. soʻm oʻzlashtirilib, 2020 yilga 
nisbatan 
2,3 

punktga 
koʻpayib, 
jami 
investitsiyalarning 20,2 %ini tashkil etdi. Toʻgʻridan-
toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning koʻpayishiga sabab 
investitsiya muhitining yaxshilanib boryotganidan 
dalolat beradi. 
Istiqbolda mamlakatimiz iqtisodiyotiga toʻgʻ-
ridan-toʻgʻri xorijiy inves-titsiyalarni jalb etish uchun 
tayyor investitsiya takliflarini ishlab chiqish, 
investitsiya va biznes forumlar, taqdimotlar («Road 
Show») va marketing kampaniyalari imkoniyatlari-
dan keng foydalanish davlat-xususiy sheriklik loyi-
halarini amalga oshirish boʻyicha ustuvor yoʻnalish-
larni tashkil etish ustuvor yoʻnalishlar sifatida qayd 
etiladi. 
Mamlakatimizdagi barqarorlik va qulay inves-
titsiya muhiti natijasida tashqi iqtisodiy aloqalar 
izchil rivojlanmoqda. 2021-yilda jami 10 milliard 
dollardan ortiq, jumladan, 8,6 milliard dollar toʻgʻri-
dan-toʻgʻri xorijiy investitsiya oʻzlashtirilgan. Buning 
natijasida 318 ta yirik va 15 mingdan ziyod hududiy 
loyihalar amalga oshirilib, 273 mingdan ortiq ish 
oʻrni tashkil etilgan. Yangi korxonalar jami 1 milliard 
dollardan ziyod eksport va 530 million dollarlik 
import oʻrnini toʻldirish imkoniyatiga ega boʻldi [13]. 
Albatta, koronavirus pandemiyasi hali-hamon 
iqtisodiy jarayonlarga jiddiy ta’sir oʻtkazmoqda. 
Shunga qaramay, eksportda izchil oʻsishga erishil-
moqda. Xususan, 2020-yilda mamlakatimizda eks-
port miqdori 9 milliard dollardan oshgan boʻlsa, 
2021-yilda 12 milliard dollarni tashkil etgan. E’tibor-
lisi, bunda tayyor va yarim tayyor mahsulotlar ulushi 
sezilarli koʻpaygan. 2022-yilda 9 milliard 500 million 
dollardan ziyod toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy sar-
moyalarni oʻzlashtirish, 282 ta yirik va 9 mingdan 
ortiq hududiy loyihalar ishga tushirish moʻljallan-
gan. Eksport hajmini 14 milliard dollarga yetkazish 
hisob-kitob qilingan [14]. 
Statistik ma’lumotlar tahlili shuni koʻrsatdiki, 
asosan tashqi dunyo oldidagi majburiyatlar boʻyicha 
oqimlar «Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar» 
komponentlariga toʻgʻri keladi. 2018-2020-yillarda 
«Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar» oqimi tu-
shib ketgani koʻrishimiz mumkin. 2020 yilda pande-
miya sababli toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya-
larning hajmi qisqardi. 2020-yil natijalariga koʻra, 
dunyoning koʻplab mamlakatlarida iqtisodiy oʻsish-
ning pasayishi tufayli toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy inves-
titsiyalarning sof oʻsishi pasayib ketdi. 
3184,6
3885,3
5872,5
6415,5
8612,4
0
2000
4000
6000
8000
10000
2017
2018
2019
2020
2021

Download 427.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling