297 milliy iqtisodiyotgа toʻGʻridаn-toʻGʻri xorijiy investitsiyalаrni jаlb qilishni rivojlаntirish yoʻnаlishlаri
-rasm. 2017-2021 yillarda toʻgʻridan-toʻgʻri va boshqa xorijiy investitsiya va
Download 427.27 Kb. Pdf ko'rish
|
1-rasm. 2017-2021 yillarda toʻgʻridan-toʻgʻri va boshqa xorijiy investitsiya va
kreditlarni oʻzlashtirilishi (mln. AQSH dollar) [12]. Oʻzbekistonda iqtisodiyotiga jalb etilgan toʻgʻ- ridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning yuqori oʻsish sur’atlari Qandim konlar guruhini oʻzlashtirish va zamonaviy gazni qayta ishlash zavodini qurish hiso- biga ta’minlandi. Shuningdek, Qoʻngʻirot hududida geologik qidiruv ishlarini olib borilishi, Janubiy- Gʻarbiy Hisor va Ustyurt hududlarida uglevodorod qazib chiqarish kabi yirik investitsiya loyihalar toʻgʻ- ridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobidan ta’min- landi. 2021-yilda milliy iqtisodiyotga yoʻnaltirilgan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 30149,2 mlrd. soʻm oʻzlashtirilib, 2020 yilga nisbatan 2,3 % punktga koʻpayib, jami investitsiyalarning 20,2 %ini tashkil etdi. Toʻgʻridan- toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning koʻpayishiga sabab investitsiya muhitining yaxshilanib boryotganidan dalolat beradi. Istiqbolda mamlakatimiz iqtisodiyotiga toʻgʻ- ridan-toʻgʻri xorijiy inves-titsiyalarni jalb etish uchun tayyor investitsiya takliflarini ishlab chiqish, investitsiya va biznes forumlar, taqdimotlar («Road Show») va marketing kampaniyalari imkoniyatlari- dan keng foydalanish davlat-xususiy sheriklik loyi- halarini amalga oshirish boʻyicha ustuvor yoʻnalish- larni tashkil etish ustuvor yoʻnalishlar sifatida qayd etiladi. Mamlakatimizdagi barqarorlik va qulay inves- titsiya muhiti natijasida tashqi iqtisodiy aloqalar izchil rivojlanmoqda. 2021-yilda jami 10 milliard dollardan ortiq, jumladan, 8,6 milliard dollar toʻgʻri- dan-toʻgʻri xorijiy investitsiya oʻzlashtirilgan. Buning natijasida 318 ta yirik va 15 mingdan ziyod hududiy loyihalar amalga oshirilib, 273 mingdan ortiq ish oʻrni tashkil etilgan. Yangi korxonalar jami 1 milliard dollardan ziyod eksport va 530 million dollarlik import oʻrnini toʻldirish imkoniyatiga ega boʻldi [13]. Albatta, koronavirus pandemiyasi hali-hamon iqtisodiy jarayonlarga jiddiy ta’sir oʻtkazmoqda. Shunga qaramay, eksportda izchil oʻsishga erishil- moqda. Xususan, 2020-yilda mamlakatimizda eks- port miqdori 9 milliard dollardan oshgan boʻlsa, 2021-yilda 12 milliard dollarni tashkil etgan. E’tibor- lisi, bunda tayyor va yarim tayyor mahsulotlar ulushi sezilarli koʻpaygan. 2022-yilda 9 milliard 500 million dollardan ziyod toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy sar- moyalarni oʻzlashtirish, 282 ta yirik va 9 mingdan ortiq hududiy loyihalar ishga tushirish moʻljallan- gan. Eksport hajmini 14 milliard dollarga yetkazish hisob-kitob qilingan [14]. Statistik ma’lumotlar tahlili shuni koʻrsatdiki, asosan tashqi dunyo oldidagi majburiyatlar boʻyicha oqimlar «Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar» komponentlariga toʻgʻri keladi. 2018-2020-yillarda «Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar» oqimi tu- shib ketgani koʻrishimiz mumkin. 2020 yilda pande- miya sababli toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya- larning hajmi qisqardi. 2020-yil natijalariga koʻra, dunyoning koʻplab mamlakatlarida iqtisodiy oʻsish- ning pasayishi tufayli toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy inves- titsiyalarning sof oʻsishi pasayib ketdi. 3184,6 3885,3 5872,5 6415,5 8612,4 0 2000 4000 6000 8000 10000 2017 2018 2019 2020 2021 Download 427.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling