3- amaliy mashg’ulot M: Tugma (Knopka). Yorug‘lik diodini yoqish misolida tugmaning bosilishiga ishlov berish. Titrashga qarshi kurashish


Download 411.72 Kb.
Sana06.11.2023
Hajmi411.72 Kb.
#1751135
Bog'liq
3 L Tugma Knopka Yorug‘lik diodini yoqish Автосохраненный


3- Amaliy mashg’ulot

M:Tugma (Knopka). Yorug‘lik diodini yoqish misolida tugmaning bosilishiga ishlov berish. Titrashga qarshi kurashish.
Bugungi mavzu tugma bo'lganligi uchun uning tuzilishi haqida biroz malumot berib o’tamiz. Uning ishlash prinsipi xuddi uyingizdagi chiroqni o'chirib yoquvchi выключатель dak ishlaydi. Maktab darsliklarida esa kalit ham deb ataladi. Tugmaning vazifasi quvvatni uzush yoki ulashdan iborat bo'lib, arduino uchun maxsus kichik hajmdagilari mavjud.

Tugmaning ishlash prinsipi
LED haqida ham malumot bersam, bu o'zidan yorug'lik taratuvchi qurilma. LED da diod xususiyati ham mavjud, uning xususiyati shundan imorat-ki quvvatni faqat bir tomonga o'tkazadi. Cho'g'lanma lampalarga o'xshab quvvat 1 yoki 0 ishorali quvvatni tanlamaydi emas. Faqatgina "+" va "-" ishorali quvvatlarda ishga tushadi. LED ning ham arduino uchun maxsus turlari mavjud. LED arduinoning quvvatiga bardosh bera olishi uchun qarshilik ham ishlatamiz. LEDning qaysi tomoni musbat quvvatligini farqlash uchun uning simining uzunligiga yoki to'gri yoki qiyshiqligiga qaraymiz, uzun yoki qiyshiq tomon musbat hisoblanadi. 

LED ko'rinishi
Breadboard bu arduino pinlari ulanishi uchun maxsus tayyorlangan, har bir katakchasi o'z qatoridagi katakchalar bilan ulangan bo'ladi. Breadboard bu bir biriga malum bir tartibda ulangan katakchalar(pinlar) to'plami.


breadboard tuzilishi

1-tajriba. Bu tajribada hechqanday kod yozmaymiz ammo ishlash prinsipini tushuncha olamiz.
Buning uchun kerak :

  • Arduino qurilmasi

  • LED

  • Jumper(kabellar)

  • Tugma(Button)

  • Breadboard.

(Barcha qurilmalarmizni ishlash ishlamasligni bilib oling)
Ish ketma ketligi:

  1. Arduino qurilmamizni quvvatga ulab olamiz

  2. 5V pinini tugmaning bir uchunga ulaymiz

  3. Tugmaning yana bir uchini LEDning musbat tomoniga ulaymiz

  4. LEDning manfiy tomonini qarshilikka(resistorga) ulaymiz

  5. Resistorning boshqa uchini GND ga ulaymiz

  6. Tugmani bosib ko'ramiz LED yonsa biz maqsadga erishdik(yonmasa commentga yozing).


1-tajriba|| Tugma va LEDni birgalikda ishlatish
2-tajriba. Tugamani LED ga to'g'ridan to'g'ri ulamaymiz, arduino orqali tugmaning holatiga qarab LED ni yoqamiz.
Buning uchun kerak:

  • Arduino qurilmasi

  • LED

  • Jumper(kabellar)

  • Tugma(Button)

  • Breadboard.

Ish ketma ketligi:

  1. Arduino qurilmamizni quvvatga ulab olamiz

  2. 5V pinini tugmaning bir uchunga ulaymiz

  3. Tugmaning yanabir uchiga 8-digital pinni va resistor orqali manfiy GND ni ulaymiz

  4. 9-digital pinni LEDning musbat tomoniga ulaymiz

  5. LEDning yana bir tominiga resistor orqali manfiy(GND) ga ulaymiz.

  6. Arduino IDE dasturida code yozamiz

void setup() {
pinMode(8, INPUT);
pinMode(9, OUTPUT);


}


void loop() {
if(digitalRead(8)){
digitalWrite(9, HIGH);
}
else{
digitalWrite(9, HIGH);
}
}
Sizga notanish bo'lgan digitalRead(8) bu 8-digital INPUT pinni qanday holda ekanligini, quvvat bor yoki yo'q ekanligini qiymatini beradi. Agar 8-digital pinda quvvat bor bo'lsa(tugmamiz bosilgan bo'lsa) True qiymat qaytaradi.
Hulosa: "Agar tugmacha bosilsa LED yonadi bosilmasa o'chadi." degan ma'no kelib chiqadi bu yozgan codeimizdan!!! Nega men ba'zi joylarda qarshilik ba'zi joylarda resistor deb ketdim, chunki arduinoni o'rganmoqchimisiz sizga qarshilik va resistor degan so'zlar bir ma'noni anglatishi kerak!!!



Topshiriqlar

  1. Knopka bosilganda svetodiod o’chsin , bosmaganda yonsin.

  2. Knopka bosilganda 2ta svetodiod yonsin , bosilmaganda boshqa 2ta svetodiod yonsin.

  3. Knopka bosilganda 4ta svetodiod yonsin va “knopka bosildi va birinchi 4ta svetodiod yondi” , bosilmaganda boshqa 4ta svetodiod yonsin va “knopka bosilmagan va keyingi 4ta svetodiod yondi” degan yozuv monitor portga chiqsin.

  4. Knopka bosib turilganda svetadiod yonib-o’chib ishlab tursin. Qo’yvorilganda ishlashdan to’xtasin.

  5. Knopka bosib turilganda 3ta svetadiod ketma-ket yonib-o’chib ishlab tursin. Qo’yvorilganda o’chsin.

  6. Knopka bosib turilganda 5ta svetadiod ketma-ket yonib-o’chib ishlab tursin. Qo’yvorilganda ishlash tezligi2 marta kamaygan holda sekin yonib-o’chishda davom etsin.

  7. Knopka bosib turilganda o’ngdan chapga 8ta svetadiod ketma-ket yonib borishi va qo’yib yuborilganda teskari yo’nalishda xuddi shunday ishlashi kerak.

Download 411.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling