BIOS haqida boshlang‘ich ma’lumotlar
BIOS(Basic Input/Output System)
— asosiy
kiritish-chiqarish tizimi
bo‘lib,
motherboard
(materinskaya plata)’da alohida chip sifatida ishlaydi. Bu
chipning vazifasi kompyuter va operatsion tizimni bir-
biriga bog‘lashdan iborat. Har
safar kompyuter yoqilganda dastlab
BIOS
ishlaydi,
kompyuter uskunalari
parametrlarini tekshiradi va operatsion t
izim yuklanuvchi fayliga(dasturiga) o‘z
ishini beradi(NTLDR, bootmgr).
Kompyuter yongandagi har xil yozuvlar va tovushning chiqishi, ROM(Read
Only Memory)
xotirada yozilgan
BIOS’
ning ishi.
BIOS
quyidagi vazifalarni bajaradi:
— kompyuterni faollashtirish, barcha elementlarini boshlang‘ich
holatga
keltirish;
— kompyuter qurilmalarini dastlabki tekshiruvini amalga oshiradi(POST-
test);
— kompyuter qurilma qismini dastlabki sozlash ishlarini amalga oshiradi;
— tizim resurslarini taqsimlaydi;
— PCI qurilmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va sozlash;
— operatsion tizimni dastlabki yuklanishini amalga oshiradi(bootmgr);
— qurilmalarni bir-biri bilan moslashuvini tekshiradi;
— elektr ta’minotini boshqarish, kompyuterni o‘chirish,
uxlash holatiga
o‘tkazish.
BIOS’
ni to‘g‘ri sozlash, kompyuter ishlashiga ta’sir ko‘rsatadi, shuning
uchun dastlab shu dasturchani yaxshi o‘rganib olish lozim.
Har xil turdagi
motherboar’lar har xil
BIOS
turlarini
ishlatishadi, shuning uchun bitta yagona
qo‘llanma qilishning iloji yo‘q, lekin asosi baribir bir xil.
Protsessorlarning turi
rivojlangan sari,
BIOS
sozlashlari ham qiyinlashib bormoqda. Bu esa, qo‘shimcha
qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.
BIOS
dasturini asosan quyidagi firmalar ishlab chiqishadi:
—
American Megatrends (AMI)
;
—
Award Software
;
—
Phoenix Technologies
.
BIOS
turiga qarab, uning ko‘rinishi ham o‘zgarib boradi,
uning turidan
tashqari bir necha versiyalari ham mavjud, bu versiyalar
ham yangilanib borishi
lozim.