3- amaliy mashg’ulot mavzu: Elektron raqamli imzo (eri) yordamida autentifikatsiyalash. Ishdan maqsad


Download 1.54 Mb.
bet3/3
Sana13.12.2020
Hajmi1.54 Mb.
#166041
1   2   3
Bog'liq
3-Amaliy ish boyicha korsatma


E-IMZO modulini o‘rnatish

  • Elektron raqamli imzo (ERI) ishlashi uchun kompyuterda ERI moduli o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

  • Agar kompyuterda e-imzo-3_41.exe dasturi o’rnatilmagan bo’lsa, uni rasmiy veb sayt (http://dls.yt.uz/E-IMZO-v3.41.zip) dan yuklab oling.



«E-IMZO dasturini yuklab olish» tugmasi bosilganda, yangi sahifa ochiladi va u yerda foydalanuvchi o‘ziga kerakli modulni tanlaydi: brauzer yoki ilova.



E-IMZO modulini yuklab olish namunasi.

Modul o‘rnatib bo‘lingandan so‘ng quyidagi oyna paydo bo‘ladi va bu yerda foydalanuvchi «Da» tugmasini bosishi kerak.



Pasport surati

Modul o‘rnatilib ishga tushgandan so‘ng, foydalanuvchi pasport rasmini (ma’lumot va foto joylashgan sahifa) hamda pasportini qo‘lida ushlab tushgan rasmini yuborishi kerak. Pasport bilan selfi-suratda ma’lumotlar aniq o‘qiladigan va tiniq bo‘lishi kerak.



Shuningdek, pasport bilan selfi-surat oyna effekti uslubida gorizontal shaklda burilib qolgan bo‘lishi mumkin: matn o‘ngdan chapga o‘qib bo‘lmaydigan bo‘lib qoladi. Bu muammo ayrim smartfon va kameralarda uchrab turadi va bunaqa surat qabul qilinmaydi.



Pasport rasmi Pdf, Png, Jpg, Jpeg, formatida bo‘lishi va maksimal hajmi 5 megabaytdan oshmasligi kerak.  «Выберите файл» tugmasi bosilib, kerakli rasm tanlanadi.

Pasport bilan selfi surat ham avvalgi qoidalarga amal qiladi va yuklash usulida ham farq yo‘q.

So‘ngra Pfx kalit fayli yaratilib saqlanadigan disk «Diskni tanlang» menyusida belgilanadi va kalit nomi avtomatik tarzda o‘rnatiladi.



Yakuniy bosqichda parol o‘rnatiladi va takroran «Parolni takrorlash» maydonida terilib, «*.pfx faylni yaratish va davom etish» tugmasi bosiladi.

Ma’lumotlarni tasdiqlash

Foydalanuvchi arizadagi ma’lumotlar to‘g‘riligini tekshirib«So‘rov yuborish» tugmasini bosadi. Keyin E-IMZO moduli oynasi paydo bo‘lib, parol kiritishni so‘raydi. Maxfiy parol kiritilgach, «OK» tugmasi bosiladi.



Agar parol to‘g‘ri kiritilsa, ariza qabul qilinadi va foydalanuvchi quyidagi mazmunda xabar oladi:



Shu bilan birga, ro‘yxatdan o‘tish paytida kiritilgan telefon raqamga qo‘yidagi mazmunda SMS-xabar keladi:





To‘lov

Murojaat yuborilgandan so‘ng Davlat xizmatlari markazi xodimi 8 ish soati ichida uni ko‘rib chiqadi. Ariza yuborilgandan so‘ng sakkiz soat ichida to‘lov qilinishi kerak, aks holda u bekor qilinadi.



To‘lov Click, Payme yoki Paynet orqali amalga oshirilishi mumkin. Jismoniy shaxslar uchun to‘lov eng kam ish haqqining 7% — 15 610 so‘mni tashkil qiladi, yuridik shaxslar uchun — 22 300 so‘m (eng kam ish haqqining 10%).

Arizani qidirish, holatini tekshirish va tasdiqlash

  • Ariza yuborilib, to‘lov qilingandan so‘ng uning holatini e-imzo.uz sayti orqali «Ariza topish/tasdiqlash» bo‘limida tekshirish mumkin.

Ariza raqamini kiriting va rasmdagi kodni tasdiqlab, «Qidirish» tugmasini bosing



Agar ariza ko‘rib chiqilib, qabul qilingan bo‘lsa sertifikat paydo bo‘ladi. Foydalanuvchi ma’lumotlar to‘g‘riligini tekshirib, «Tasdiqlash» tugmasini bosishi kerak.



Agarda ariza topilmasa, uning raqami to‘g‘ri kiritilganini tekshiring. Shuningdek, ariza to‘ldirish jarayonida xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, ariza ko‘rib chiqilmaydi va ro‘yxatdan o‘tish vaqtida ko‘rsatilgan telefon raqamga ariza qabul qilinmaganligi haqida SMS-xabar keladi.



Topshiriq

Talaba Elektron raqamli imzo (ERI) ishlash tizimini o’rganadi, qanday kriptografik algoritm qo’llanishini tahlil qiladi.

Crytool 1.4 dasturi yordamida ERI hosil qiladi va tekshiradi

Shaxsiy ERI olish uchun e-imzo.uz saytidan foydalanib ko’radi.



Bajargan ishi bo’yicha hisobot tayyorlaydi va modul tizimiga yuklaydi.
Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling