3- laboratoriya ishi. Bir jinsli va bir jinsli bo‘lmagan maydonlarda dielektriklar sirtidagi gazlarda razryadlanish jarayoni
Download 126.73 Kb.
|
ЮКТ 3-лаборатория иши
3- LABORATORIYA ISHI.BIR JINSLI VA BIR JINSLI BO‘LMAGAN MAYDONLARDA DIELEKTRIKLAR SIRTIDAGI GAZLARDA RAZRYADLANISH JARAYONIIshdan maqsad: bu laboratoriya ishini bajarishdan maqsad qattiq dielektriklardan tuzilgan izolatsiya konstruksiyalari sirti bo‘ylab gazlarda razryadlanishni o‘rganish va laboratoriya yo‘li bilan tekis taqsimlangan va bir jinsli bo‘lmagan maydonlarda dielektriklarning sirti bo‘ylab razryadlanish xarakteristikasini olish. 1. Nazariy qismDielektriklar sirti bo‘ylab gazda rivojlanadigan razryadlanish jarayoni ko‘p jihatdan gaz bilan dielektrikning bo‘linish sirti sohasidagi maydonlarning shakliga bog‘liq. Elektrodlar orasiga dielektrik kiritilganda uning razryadlanish kuchlanishi keskin o‘zgaradi. Razryadlanish kuchlanishiga dielektrikning materiali va uning razryad rivojlanayotgan sirtining holati hamda elek-trodlar orasidagi maydoning shakli ta’sir ko‘rsatadi. Elektrodlar orasidagi maydonda dielektrik uchta xarakterli ko‘rinishda joylashishi mumkin: 1. Bir jinsli elektr maydonda dielektrikning sirti maydon kuch chiziqlarining yo‘nalishiga parallel joylashtirilgan. Bu real izolatsiyakonstruksiyasida kam uchraydi. U asosan laboratoriyada dielektrik sirtidagi razryadning xossalarini o‘rganishda qo‘llaniladi. Bunda qattiq silindr ko‘rinishidagi dielektrik yasovchisi maydon kuch chiziqlariga parallel (3.1,a-rasm). 2. Bir jinsli bo‘lmagan elektr maydonda dielektrikning sirti elektr maydon kuch chiziqlari bo‘ylab joylashgan. Bunda maydon kuchlanganligining bo‘ylama tashkil etuvchisidan tashqari uning normal tashkil etuvchisi ham mavjud. Lekin dielektrik sirtining ko‘p nuqtalari maydon kuchlanganligining bo‘ylama tashkil etuv-chisi bo‘ylab joylashgan, ya’ni E < En. Bunga misol elektr qurilmalarining tayanch izolatorlari bo‘ladi (3.1,b- rasm). 3. Elektrodlar dielektrik sirti bilan gazning bo‘linish sirti bo‘ylab keskin bir jinsli bo‘lmagan elektr maydoni hosil qiladi. Dielektrikning sirti elektr maydon kuch chiziqlari bo‘ylab joylashgan, lekin uning sirtida maydon kuchlanganligining normal tashkil etuvchisi uning tangensial tashkil etuvchisidan katta, ya’ni En >> E , bu tayanch izolatorlarida (3.1,d,e-rasm). Download 126.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling