3 -ma’ruza. Fagoцitoz. Reja


Fagotsitlarning ikkinchi vazifasi


Download 264.84 Kb.
bet3/4
Sana24.12.2022
Hajmi264.84 Kb.
#1064120
1   2   3   4
Bog'liq
maruza 3

Fagotsitlarning ikkinchi vazifasi antigenlar to`g`risidagi axborotni yetkazib berish. Bunda, mikroblarning oxirgacha parchalanmay qolgan asosiy antigen determinantlari (epitoplari) hujayra membranasi yuziga “chiqarilib”, immun tizim hujayralariga yetkaziladi, natijada organizmda muvofiq antigen tutuvchi mikroblarga qarshi immun javob rivojlanadi.
Fagotsitoz qiluvchi hujayralarning navbatdagi vazifasi, bu interleykin-1 (IL1 asosan monositlarda ishlab chiqariladi), prostoglandin, leykotrien, siklik nukleotidlar kabi biologik faol moddalarni ishlab chiqarishdir. IL-1 T-limfotsitlarni mikrob antigenni tanishi uchun faollashtiradi, bundan tashqari, gipotalamusning oldingi yadrosiga ta`sir qilib, gavda haroratini oshiradi. Bir qatorda fagotsitlar kislorod radikallari (02, N202), lizotsim, komplement komponentlari, interferon kabi moddalarni tashqariga ishlab chiqarib, yaqin atrofdagi bakteriya, viruslarni o`ldiradi.
Agar patogen mikroblar yuqorida sanab o`tilgan “to`siq” va nomaxsus himoya omillarini yengib o`tib, qonga tushsa, qonda komplement, properdin tizimlari, lizin, eritrin, leykin, S-reaktiv oqsil va interferon kabi nomaxsus bakteritsidlik xususiyatiga ega moddalar, monotsit va tabiiy killerlar ularni o`ldirib, organizmga tarqalmasligini ta`minlaydi.
Pinotsitoz - hujayraning tashqi muhitdan suyuqlik tomchilarini yoki kolloid moddalarning eritmalarini so`rib olishi. Pinotsitoz sodda organizmlar (amyobalar)da, hayvon va odamlarning turli hujayralarida kuzatiladi. Endotsitoz hujayra yuzasidagi retseptorlar orqali amalga oshadi. Endotsitoz fagotsitoz va pinotsitozdan hujayra ichidagi vezikulada ligandalar qolishi va retseptorlarning yana hujayra ustida paydo bo`lishi, jarayonning qaytarilishi bilan farq qiladi. Nomaxsus chidamlilikka buyrak, yuqori nafas yo`li, me`da-ichak, sut, so`lak va ter bezlarining ajratish faoliyati va bundan tashqari, boshqa a`zolarning ham ma`lum darajada chidamliligi, organizmni turli xil patogen mikroorganizmlar va boshqa zararli agentlardan xalos bo`lishida muhim ahamiyatga ega. Masalan, jigar organizmga tashqaridan tushgan zaharli moddalarni oksidlantirib, buyrak orqali chiqarib yuboradi.
Ko`pgina yuqumli kasalliklarda, arteriolalar tonusining buzilishi natijasida qon aylanishi izdan chiqib, qon bosimi tushib ketadi. Reflektor ravishda qon bosimi ko`tarilishi mumkin, bu holat ham organizmning himoya reaktsiyasi hisoblanadi, chunki bunda qon tomirlarining tonusi qayta tiklanadi.
Nomaxsus reaktsiyalarga stress ham kiradi. Buni keltirib chiqaruvchi omillarni G. Sele stressorlar deb atadi. Ushbu omillarga sovuq, issiq, ultrabinafsha nurlari, radiatsiya, patogen mikroorganizmlar, ularning toksinlari va organizmga, asosan, asabga salbiy ta`sir qiluvchi omillar kiradi. Moslashish (adaptatsiya) sindromi umumiy va mahalliy ko`rinishda kechadi. Moslashish, gipofizaradrenokortikal tizim ta`sirida sodir bo`lib, faoliyati vegetativ nerv sistemasi bilan bog`liq. Umumiy yoki mahalliy stressorlar ta`sirida gipofiz kuchli adrenokortikotrop gormon (AKTG) ajrata boshlaydi. Bu esa, o`z navbatida buyrak usti bezi faoliyatini oshirib, ko`p miqdorda yallig`lanishga qarshi kortizon gormoni ajralishiga olib keladi.
Bu gormon biriktiruvchi to`qimaning reaktivligini, organizmni himoya qiluvchi yallig`lanish reaktsiyasi va plazmatik hujayralarning antitelo hosil qilishini kamaytiradi. Natijada gipofiz yana somatotrop gormon (STG) ishlab chiqaradi, bu esa aksincha biriktiruvchi to`qimalarning reaktivligini oshiradi va yallig`lanish jarayonini kuchaytiradi. Ayrim hujayralarda areaktivlik holati ham mavjud. Buning ta`sirida murakkab va turli xil o`zgarishlar sodir bo`lib, natijada organizmning qon aylanish, nafas olish, issiqlik almashinuvi va boshqa faoliyatlari o`zgarmaydi. Areaktivlikning sabablaridan biri hujayra yuzasida patogen mikroblar bilan birikadigan retseptorlar yo`qligidir.
Organizmning himoyalanishida bakteriyalar interferensiyasi (lot inter-o`zaro, ferens-ko`tarish, urilish) ham muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, hayvonlarga brutsellalar yuqtirilganda, ularda kuydirgi kasalligi qo`zg`atuvchisiga nisbatan chidamlilik paydo bo`ladi. Interferentsiya brutsella bilan tulyaremiya bakteriyalari, sil mikobakteriyasi va chinchechak qo`zg`atuvchilari orasida borligi aniqlangan. Bu hodisaning sabablari hali oxirigacha to`liq o`rganilmagan.Viruslar interferentsiyasida ma`lum bir viruslar yoki ularning komponentlari boshqa viruslarga nisbatan antagonistik ta`sir etadi, ya`ni ularning ko`payishini to`xtatadi.
Birinchi virus interferentsiya qiluvchi, ikkinchisi esa interferentsiya qilinuvchi virus deb ataladi. Interferentsiya gomologik bo`lishi mumkin, bunda bu hodisa virusning bir xil shtammlari orasida yuzaga keladi. Geterologik interferentsiyada esa jarayon turli xil viruslar orasida kechadi. Interferentsiya asosida hujayra ustidagi retseptor va hujayra ichidagi moddalar uchun kurash yotadi. Bundan tashqari, organizmga kiritilgan viruslarga qarshi hosil bo`lgan interferonlar boshqa viruslar tushishidan himoya qiladi.

Download 264.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling