3- ma’ruza. O‘qish-yozish oqimlari (cin, cout) Reja


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana02.01.2022
Hajmi0.76 Mb.
#189822
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Maruza 3



3- Ma’ruza. O‘qish-yozish oqimlari (cin, cout)

 

 

Reja: 

 

1.  Oqimlar. 

2.  O‘qish oqimi (cin). 

3.  Yozish oqimi (cout). 



 

Kalit so’z va tayanch iboralar:  include, cout, cin, setw, o‘zgaruvchi, berilganlar, 

identifikator, int, double, char. 

 

1. Oqimlar 

Dastur uchta asosiy qismdan tashkil topgan, berilganlarni o‘qish, berilganlarni 

monipulyatsiya qilish, natijalarni chiqarish. Oldingi mavzularda sonli berilganlarni 

boshqarish  va  ular  ustida  arifmetik  amallar  bajarishni  ko‘rdik.  Keyingi 

mavzularimizda sonli bo‘lmagan berilganlarni boshqarish haqida gapiriladi. 

Modomiki berilganlarni o‘qish va natijalarni chop qilishda bir oz muammoga 

duch  kelinadigan  bo‘lsa,  C++da  berilganlarni  o‘qish  va  chop  qilishning  keng 

imkoniyatlari mavjud. 

C++ da berilganlarni o‘qish va chiqarish uchun oqim deb nomlanuvchi baytlar 

ketma-ketligi  mo‘ljallangan.  Baytlar-bu  belgilar  ketma-ketligi,  agar  dastur 

berilganlarning  boshqa  turini  (grafik  turini)  talab  etmasa.  Shuning  uchun  oqib 

berilganlarning belgilar ketms-ketligini o‘qish uchun mo‘ljallangan. Ikki turdagi 

oqimlar mavjud: 

Input stream: ilovadan berilganlarning belgilar ketma-ketligini kiritish; 

Output stream: ilovaga berilganlarning belgilar ketma-ketligini chiqarish; 

Standatr  holda  berilganlar  dastur  ilovasi  orqali  klaviaturadan  kiritiladi  va 

natija dastur ilovasiga chiqariladi. Klaviatura orqali kiritilayotgan berilganlar ketma-

ketligini qabul qilish va ekranga chiqarish uchun, har bir C++ dastur sarlavhasida 

iostream fayldan foydalanishi kerak. iostream fayli ikkita oqimdan tashkil topgan, 

istream – berilganlarni kiritish oqimi va ostream – berilganlarni chiqarish oqimi.  

 

Shuningdek  sarlavha  fayli  ikkita  operatordan  cin  -berilganlarni  oqimdan 



kiritish  va  cout  berilganlarni  oqimga  chiqarish.  Bu  operatorlar  o‘zgaruvchiga 

o‘xshaydi va quyidagicha tashkil topgan: 

istream cin; 

ostream cout; 

cin va  cout  operatorlaridan  foydalanish  uchun, har  bir  C++  da  tuzilayotgan 

dastur sarlavhasida quyidagi protsessor derektivasidan foydalanish kerak: 

#include  

 


Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling