3 – mavzu: Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja: Falsafada metod va qonun tushunchasi va uning mohiyati. Qonun va qonuniyat
Download 276 Kb.
|
Dialektikaning muqobillari. Odatda rivojlanishning dialektikaga zid bo‘lgan yoki unga o‘xshamaydigan konsepsiyalari, bilish metodlari, dunyoni ma’naviy o‘zlashtirish usullari, ya’ni dialektikadan farq qiluvchi dunyoqarashga doir va metodologik mo‘ljallar nazarda tutiladi. Dialektikaning shunday muqobillaridan biri metafizika, sofistika, eklektika, sinergetika metodlaridir (ular haqidagi ma’lumot “Bilish nazariyasi” mavzusida berilgan).
Sofistik tafakkur uslubi dialektik fikrlashga zid tarzda dastlab qadimgi yunon falsafasida paydo bo‘lib, o‘rta asrlarda keng tarqaladi va rivojlanadi. Qadimgi yunon falsafasida biron-bir hunarni yoki bilim sohasini mukammal egallagan kishilar sofistlar deb atalgan bo‘lsa, keyinchalik, o‘rta asrlarga kelib, notiqlik, bilimdonlik, donishmandlikda nom chiqargan kishilar ham sofistlar deb atala boshlanadi. Sofistik tafakkur muhokama jarayonida ataylab yolg‘on asoslardan xulosa chiqarish asosida fikr yuritish usulidir. Shu sababli Forobiy sofistikani “yolg‘ondakam donolik” deb izohlaydi. Uning fikricha, sofistik tafakkur usuli bilan fikr yurituvchi kishi o‘rganilishi lozim bo‘lgan narsalarni anglashda aqlni to‘g‘ri yo‘ldan chalkashtiradi va yolg‘onni rost shaklda tasavvur qilishga majbur qilib, kishini to‘g‘ri fikrlashdan chalg‘itadi. Eklektik fikrlash usuli ham dialektikaning muqobili sifatida dastlab qadimgi yunon falsafasida yuzaga keladi. Keyinchalik o‘rta asr va yangi davr falsafasi sxolastiklari qarashlarida keng qo‘llaniladi. Hozirgi zamonda ham eklektik fikrlash bir-biriga zid narsalarni, g‘oya va nazariyalarni kelishtirishga qaratilga urinishlarda namoyon bo‘lmoqda. Eklektika (“tanlayman” degan yunoncha so‘zdan olingan) narsa va hodisalarning muhim va nomuhim, asosiy va asosiy bo‘lmagan xususiyatlari, ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarni mexanik ravishda birlashtirilib, qorishtirilib ifodalashga asoslangan fikrlash usulidir. Narsa va hodisalarga aniq, muayyan makon va vaqt, muayyan vaziyat va shart-sharoit nuqtai nazaridan yondoshmaslik, ulardagi asosiy va asosiy bo‘lmagan tomonlarni hisobga olmaslik asosida eklektik tafakkur usuli paydo bo‘ladi va bunday narsa vahodisalar mohiyatiga yuzaki yondashuv dogmatik fikrlashni keltirib chiqaradi. Download 276 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling