3- mavzu. Iqtisodiy tebranishlar. Ishsizlik. Masalalarni yechilishi bo‘yicha namunalar
Download 439.22 Kb. Pdf ko'rish
|
3- MAVZU. IQTISODIY TEBRANISHLAR. ISHSIZLIK.
3- MAVZU. IQTISODIY TEBRANISHLAR. ISHSIZLIK. Masalalarni yechilishi bo‘yicha namunalar 1-masala Quyidagi ma’lumotlar asosida ishsizlik darajasini aniqlang: Jami aholi – 450 ming kishi, jumladan: 16 yoshgacha bolalar – 80 ming kishi; –pensionerlar – 60 ming kishi, shundan 10 ming kishi hali ishlaydi; –ishsizlar - 13 ming kishi; –muddatli harbiy xizmatda – 5 ming kishi; –litsey va kollej talabalari – 20 ming kishi; –uy bekalari - 5 ming kishi; Yechish: Ishsizlik darajasi rasman ro‘yxatga olingan ishsizlar sonini ishchi kuchi soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi, ya’ni: Ишсизлик даражаси = ишсизлар сони ишчи кучи сони × 100 shchi kuchi soni = 450-80-50-5-20-5 = 290 qo‘shimcha ishlovchi pensioner ishchi kuchi tarkibiga kiradilar Ishsizlik darajasi= (13/290) ×100%=4,5% 2-masala 2009 yilda shartli iqtisodiy tizimda aholi soni tarkibi to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar mavjud edi: - ishchi kuchi soni – 350 mln. kishi, - ishsizlar – 30 mln. kishi, jumladan: - 15 mln. kishi korxona bankrotligi natijasida ishsiz bo‘lib qoldi, - 3 mln. kishi yangi kasbni o‘rganadi; - 3 mln. kishi ishlab chiqarish qisqartirilgani natijasida ishdan bo‘shatilgan; - 5 mln. kishi korxona yangi faoliyat turiga o‘tganligi tufayli ishdan bo‘shatildi; - 4 mln. kishi ishlamaydi, chunki yosh bolalari va qari ota-onalari mavjud. Tabiiy va haqiqiy ishsizlik darajasini hisoblang. Ouken qonunidan foydalanib, agar potensial YaIM 4 mlrd. pul birligini tashkil etgan bo‘lsa, YaIMning uzilishini aniqlang. Yechish: 1. Joriy yilda tabiiy ishsizlik = yangi kasbni o‘rganuvchi (friksion ishsizlik) 3 mln. kishi + yosh bolalari va qari ota-onalari mavjud 4 mln. kishi + korxona yangi faoliyat turiga o‘tganligi natijasida ishdan bo‘shatilgan 5 mln. kishi = 12 mln. kishi. 2. Davriy ishsizlik = korxona bankrotligi natijasida ishdan bo‘shatilgan 15 mln. kishi + ishlab chiqarish qisqartirilgani natijasida ishdan bo‘shatilgan 3 mln. kishi = 18 mln. kishi. 3. Haqiqiy ishsizlik = 30 mln. kishi % 4 , 3 350 100 12 . . 100 . . . . сони кучи Ишчи сони ишсизлар Табиий даражаси ишсизлик Табиий 4. % 6 , 8 350 100 30 .. .. .. .. .. сони кучи Ишчи сони Ишсизлар даражаси ишсизлик Хакикий Haqiqiy ishsizlik darajasining tabiiy ishsizlik darajasida ortiqligi= 8,6% - 3,4% = 5,2%. 5. YaIMning uzilishini Ouken koeffitsientidan foydalangan holda aniqlanadi, u -2,5% x 5,2% = 13%ga teng. YaIMning uzilishining mutlaq miqdori = 4 mlrd. pul birl. x 13%) : 100% = 0,52 mlrd. pul birl. Binobarin, YaIMning haqiqiy hajmi potensial hajmidan, haqiqiy ishsizlik darajasi tabiiy darajadan oshishi natijasida 0,52 mlrd. pul birligiga kam. Download 439.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling