kelgusi davr harajatlari-ayni paytda ishlab chiqarilayotgan, lekin kelajakdagi mahsulotlarga mansub bo‘lgan yangi turdagi mahsulotlarni tayyorlash va o‘zlashtirish harajatlari (masalan, asbob-uskunalarni qayta rejalashtirish, mahsulotlarning yangi turlarini tayyorlash va loyihalashtirishga sarflanuvchi harajatlar va boshqalar).
Aylanma ishlab chiqarish fondlari alohida tarkibiy qismlari yoki elementlari o‘rtasidagi foizlarda ifodalanuvchi o‘zaro munosabatlar aylanma ishlab chiqarish fondlarining tuzilmasini tashqil qiladi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari va muomala fondlari o‘rtasidagi xuddi shunday foizlardagi munosabatlar korxona aylanma mablag’larining to’zilmasi deb ataladi. 8.1 - chizmada korxona aylanma mablag’larining taxminiy (namunaviy) to’zilmasi ko‘rsatilgan.
Chizmadan ko‘rish mumkinki, ishlab chiqarish zahiralari aylanma ishlab chiqarish fondlarining asosiy qismini tashqil qiladi. Biroq bozor iqtisodiyoti, ayniqsa, barcha resurslar taqchilligi sharoitlarida ishlab chiqarish zahiralarining haddan tashqari oshirib yuborilishi korxona iqtisodiyotiga salbiy ta’sir qilishidan tashqari, resurslarni “bog‘lab” qo‘yadi hamda ularning yo‘qotilishiga olib keladi. Shu sababli aylanma mablag’lar hajmini optimallashtirish va ularni mahsulot ishlab chiqarish dasturlariga mos holga keltirish korxonaning tejamkorlik rejimida faoliyat yuritishi katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |