3.4. Aylanma mablag’larning to’zilmasi va harakati hamda ularning korxona iqtisodiyotiga ta’siri
Aylanma tuzilmalarni rejalashtirish va boshqarishning hozirgi paytdagi amaliyotida ushbu mablag’larning tarkibi va tuzilmasini baholash va tahlil qilishga, shuningdek, ularning funksional roli va harakatiga katta e’tibor qaratiladi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari korxona aylanma mablag’larining eng faol qismi bo‘lsa, muomala fondlari ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmaydi hamda yangi iste’mol qiymatini yaratmaydi. Bu yerda umumiy qoida shundayki, aylanma mablag’lar doimo aylanishda bo‘lishi zarur - ularning samaradorligi va korxona iqtisodiyotiga ta’siri aynan shunda ko‘zga tashlanadi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari korxona aylanma mablag’larining asosiy va salmoqli qismi sifatida o‘z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |