3- mavzu: Kimyo va oziq ovqat sanoati korxonasining asosiy kapital va ishlab chiqarish quvvati reja
Aylanma mablag’larning tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi
Download 62.72 Kb.
|
3-мавзу маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashina-so’zlik Energe-tika Engil sanoat Oziq-ovqat sanoati
- Jami aylanma ishlab chiqarish fondlari 100,0 100,0
- Birinchi bosqichda
- Uchinchi bosqichda
- O’zini-o’zi tekshirish uchun savollar
Aylanma mablag’larning tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi
Aylanma fondlar to’zilmasi nafaqat sanoatning turli tarmoqlarida, hattoki bir tarmoq va bir korxonaning o‘zida ham farqlanadi. Bunday farqlanishga turli hildagi xom ashyo va materiallar, ishlab chiqarish texnologiyasi va texnikasidagi farqlar, korxonalarning geografik joylashuvi, ishlab chiqarishning tashqil etilishi va mehnat taqsimoti, moddiy-texnika ta’minoti sabab bo‘lishi mumkin. Korxonalar aylanma mablag’lari tarkibi va to’zilmasiga xo‘jalik yuritish qobiliyati va uning samaradorligiga rioya qilish qoidalari katta ta’sir ko‘rsatadi. Yani korxona ishlab chiqarish zahiralarini va aylanma mablag’larning ta’minlanganligini haddan tashqari oshirishga intilmasligi zarur. Amaliyotning guvohlik berishicha, bu, resurslarning halok bo‘lishiga va sun’iy tanqislikning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Shu sababli xom ashyo va materiallarni sarflashning texnologik normalariga rioya qilish, ularni saqlashni to‘g‘ri yo’lga qo‘yish, chiqitlar va yo‘qotishlarni kamaytirish, zamonaviy va arzon materiallardan foydalanish katta ahamiyat kasb etmoqda. Biroq arzon materiallardan foydalanish doim ham korxona imkoniyatlari va xohishidan kelib chiqavermaydi va tashqi muhit, birinchi o‘rinda ishlab chiqarishdagi hamkorlar, bahoni shakllantirish, umumiy iqtisodiy barqarorlik va boshqa omillar bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Korxona iqtisodiyotiga aylanma mablag’larning tarkibi va to’zilmasidan tashqari, ularni ishlab chiqarish, takror ishlab chiqarish va muomalaning turli bosqichlarida izlab topish katta ta’sir ko‘rsatadi. Aylanma mablag’larning to‘liq aylanishi uch bosqichdan iborat bo‘lib, bu jarayonda mahsulot ishlab chiqariladi va sotiladi. Birinchi bosqichda aylanma mablag’lar pul shaklidan moddiy boyliklarning ishlab chiqarish zahiralariga aylanadi, yani pul - tovar (D-T). Ikkinchi bosqich ishlab chiqarish, yani mahsulotni tayyorlash jarayonini o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda aylanma mablag’lar va birinchi o‘rinda aylanma fodlar tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim tayyor mahsulotlar holiga keltirilib, tovar shaklini oladi (T). Uchinchi bosqichda aylanma mablag’lar tovar mahsuloti shaklida muomalaga kiritilib, sotiladi va yana pul shaklini oladi (T-P). Shu tariqa aylanma mablag’lar barcha bosqichlardan o‘tib, to‘liq aylanishni amalga oshirishini quyidagi tarzda aks ettirish mumkin: 1-bosqich - pul-tovar (P-T); 2-bosqich - ishlab chiqarish (I.CH); 3-bosqich - tovar-pul (T-P). Shuni qayd qilib o‘tish muhimki, korxonaning aylanma mablag’lari bir vaqtning o‘zida uchala bosqichda ham pul mablag’lari, ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ko‘rinishida mavjud bo‘lishi mumkin. Korxonaning aylanma mablag’lari harakati ma’lum bir iqtisodiy qonunlar asosida ishlashi hamda ulardan ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida oqilona foydalanishni ko‘zda tutishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu qonunlardan va aylanma mablag’lardan foydalanish qoidalaridan chetga chiqish aylanma mablag’larning yetishmasligiga yoki samaradorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin. O’zini-o’zi tekshirish uchun savollar 1. Asosiy fondlar nima va ularning kengaytirilgan ishlab chiqarishdagi roli qanday? 2. Asosiy ishlab chiqarish fondlari to’zilmasi deganda nima tushuniladi hamda ularning sanoat tarmoqlari bo‘yicha farqlanishiga nima sabab bo‘ladi? 3. Zamonaviy amortizasiya siyosatining mohiyati va ahamiyati nimada? 4. Aylanma mablag’lar ishlab chiqarish aylanma fondlaridan qanday farq qiladi? 5.Aylanma mablag’larni tashqil qiluvchi asosiy elementlar qaysilar? 6.Aylanma mablag’lar to’zilmasi deganda nima tushuniladi? Qaysi omillar uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi? 7.Qaysi ko’rsatkichlar ishlab chiqarish aylanma fondlari va aylanma mablag’lardan foydalanish darajasini tavsiflaydi? 8.Qaysi omillar aylanma mablag’larning aylanish darajasiga ta’sir ko‘rsatadi? 9.Korxonaning normativ bazasi deganda nima tushuniladi? 10.Korxonaning normativ bazasini mukammallashtirish qanday ahamiyatga ega? Download 62.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling